Sistemali katalogni rasmiylashtirish.
Ajratkich kartochkalar
Sistemali katalogdan oqilona foydalanish ko’p jihatdan uni chuqur o’ylab, puhtalik bilan rasmiylashtirishga bog’liqdir. Undagi mavjud bo’limchalarni aniq ajratib chiqish, katalogning murakkab pog’onali strukturasini kitobxonga tushunarli qilish, umumiy bo’lim bilan uning bo’linmalari o’rtasidagi, bilimning turli sohasiga oid bir-biriga yaqin tematik bo’linmalar o’rtasidagi mantiqiy bog’lanishni ko’rsatish zarur. Shuni aytish kerakki, sistemali katalogning ilgari aniqlangan bir qancha afzalliklarga ega bo’lgan kartochka formasi bu katalogni rasmiylashtirishda amaliy jihatdan ba‘zi qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Kitob shaklidagi bosma sistemali kataloglarning tekstiga zarur eslatmalar va tushuntirishlarni kiritish, yirik bo’limlar va juz‘iy bo’limchalarning sarlavhalari uchun har xil shriftlarni qo’llanish, noliprafiya jihatidan bezatishning boshqa hususiyatlaridan foydalanish oson bo’ladi. Kartochkali kataloglarda rasmiylashtirish imkoniyati juda cheklangan bo’lib, ularda ajratqich kartochkalar asosiy rol o’ynaydi, bu kartochkalarga kitobxon uchun kerakli hamma tushuntirishlar joylashtiriladi.
«Yana qaralsin» formasidagi har tomonlama yo’naltirgichlar qo’llaniladi.
Agar ikkita bo’lim tematikasini bir-biri bilan to’la-to’kis bog’lanib ketgan deb bo’lmasa, bu yo’naltirgich formasini qo’llanib bo’lmaydi, ammo bunda muayyan masalaga oid adabiyot boshqa bo’limda aks ettirilganligini ko’rsatish kerak. Masalan, qishlok ho’jalik iqtisodiyoti va mashinasozlik iqtisodiyoti bo’limlarini «yana qaralsin» formasidagi yo’naltirgichlar bilan bog’lab qo’yish noto’g’ri bo’lur edi, chunki bu bo’limlarning tematikasi xilma-xil bo’lib, kitobxon qishlok ho’jalik iqtisodiyoti masalalariga qiziqib turgan bir paytda uni nima uchun mashinasozlik iqtisodiyoti bo’limiga yo’llayotganliklari kitobxonga tushunarsiz bo’lib qolar edi. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’liqlik mashinasozlikka oid umumiy bo’limda ko’rsatilgan qishloq ho’jalik mashinasozligi iqtisodiyotiga nisbatangina ifodalanmog’i kerak. Bunday holda yo’naltirgichning boshqa formasi qo’llaniladi – tegishli masalaning nomi keltirilib, shu masalaga oid adabiyot qaysi bo’limdan qidirilishi lozim bo’lsa, o’sha bo’limning indeksi ko’rsatib qo’yiladi. Ajratkich kartochkalarni rasmiylashtirish
Yo’naltirgichlarning ko’rsatib o’tilgan hamma turlari ajratkich kartochkalarda ham keltiriladi. Kitobxonlarning sistemali katalog strukturasini bilib olishiga va o’zlari uchun kerakli bo’limchani topa olishiga yordam beradigan bo’limlarning sarlavhalari, asosiy bo’linmalar hamda yo’naltirgichlarning ro’yxatlari ajratkich, kartochkalarni aniq rasmiylashtirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |