Kitoblar tasvirlarini har bir bo‘linmaning ichiga joylashtirish
Sistemali katalogni to’g’ri tuzish uchun bir bo’linmada birlashtirilgan tasvirlarni joylashtirish tartibi muhim ahamiyatga ega. Tasvirlarni ancha samaraliroq joylashtirish masalasi ko’pincha kutubxona matbuoti sahifalarida muhokama qilinadi va kutubxonalar tomonidan turlicha hal etiladi.
Katalogning bir bo’linmasiga qo’yilgan tasvirlarni joylashtirishning alfavit tartibi ma‘lum ustunliklarga ega. Bu tartib har bir kitobning tasviri tutadigan o’rinni aniq belgilab beradi, bir avtorning muayyan masalaga doir hamma asarlarini bir joyga to’plashni ta‘minlaydi, kitobxon kitobning nomini aniq eslay olmagan, avtorning, ismi va otasining ismini bilmagan, binobarin, alfavit katalogdan foydalana olmaydigan hollarda unga kerakli kitoblarning tasvirlarini qidirib topish imkonini beradi. Tasvirlar alfavit tartibida joylashtirilganda kutubxonachi muayyan bo’linmada ma‘lum.asarning aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligini tez tekshirish imkoniyatiga ega bo’ladiki, bu narsa katalogni tahrir qilishda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ta‘kidlab o’tish kerakki, bunday tartib sistemali .katalogning kitobxonga kitob tanlashda yordamlashishdan iborat bo’lgan vazifasiga to’la ma‘noda javob bermaydi. Tasvirlar alfavit tartibida joylashtirilgan paytda ilmiy jihatdan juda qimmatli kitoblar muayyan bo’limning oxiriga, uncha qimmatli bo’lmagan kitoblar esa bo’limning oldiga chiqib qolishi mumkin. Kitobxonlar esa hamisha ham butun bo’linma,mundarijasi bilan tanishavermaydilar, ko’pincha bo’linmaning boshida joylanshgan bir qancha tasvirlarni ko’zdan kechirish bilan cheklanib qo’ya qoladilar.
Ba‘zan kitob avtorini va sarlavhasini emas, balki nashr etilgan yilini asosiy belgi deb bilib, tasvirlarning alfavit tartibi o’rniga teskari xronologik tartib ko’llaniladi. Bu tartib qo’llanilganda nashrlar xronologiyasi kamaya borib, dastlab oxirgi yilda nashr etilgan kitoblarning, so’ngra undan oldingi yillarda nashr qilingan kitoblarning tasvirlari joylashtiriladi va hokazo. Kitobxonning birinchi galda har bir bo’linmada yangi kitoblar tasvirini, go’yo fanning hozirgi darajasini aks ettiruvchi tarvirini uchratishni, tasvirlarni joylashtirishning bunday tartibini, alfavit bo’yicha joylashtirish tartibidan ustunligi deb hisoblaydilar. Aslida esa kitobning nashr etilgan yili hamisha ham uning yozilgan vaqtiga to’g’ri kelavermaydi so’nggi yillarda chiqqan kitoblar orasida qayta nashr etilgan kitoblar oz emas va ularni birinchi o’ringa chiqarrib qo’yishni asosli bir narsa deb bo’lmaydi. Ayni vaqtda tasvirlarni nashr etish yilining teskari xronologiyasida joylashtirish katalogni tashkil qilishda ham, undan foydalanishda ham ko’p amaliy noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |