45
1.7.Navlar kolleksiyasi va genofond.
Sovuqqa chidamli anor navlari
Butun dunyo bo‘ylab turli milliy, mintaqaviy va xalqaro navlar kolleksiyasida
2000 dan ortiq mahalliy navlar mavjud. Anorning yovvoyi va mahalliylashtirilgan
kolleksiyalari Sharqiy Osiyo, Yevropa, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada
xususan, Albaniya, Kipr, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Isroil,
Portugaliya, Rossiya, Tunis, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina, AQSh, O‘zbekiston,
Hindiston,
Marokash, Gretsiya, Misr, Eron, Xitoy, Tojikiston, Kiprda mavjudligi
ma’lum.
Turli xil navlar kolleksiyalari orasida Garrigala-Turkmaniston,
Sankt-
Peterburg-Rossiya, Eronda juda katta navlar kolleksiyalari mavjud. Garrigala-
Turkmaniston kolleksiyasidagi navlar, anorning kelib chiqish joyi sifatida
qaraladigan Markaziy Osiyo geografik mintaqasida to‘plangan namunalar
bo‘lganligi sababli Turkmanistonning Garrigala navi kolleksiyasiga alohida qiziqish
mavjud. Garrigala navi kolleksiyasida
Zakavkaziya va Ispaniya, AQSh, Eron,
Tojikiston, Hindiston kabi xorijiy mamlakatlardan anorlarning namunalari mavjud.
Boshqa muhim 200-300 xil anor navlari Ozarbayjon, Ukraina, Tojikiston va
O‘zbekiston davlatlari tomonidan kolleksiyalarga kiritildi. (masalan, Toshkentdagi
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy
tadqiqot institutining o‘zbek anorlari).
Tijorat navlari
Umuman olganda, butun dunyoda 500 dan ortiq anor navlari
yetishtiriladi va
ular orasida bir nechta mashhur tijorat navlari mavjud. Anor navlari hajmi, ta’mi,
po‘stlog‘i va donlarining rangi, urug‘ning yumshoqligi, hosildorligi, bo‘linishi,
kasalliklarlarga chidamliligi, saqlanishi, shakar
va sharbat miqdori, pishish vaqti va
boshqalar bilan farqlanadi. Anor navlari odatda ularning titrlangan kislota miqdoriga
asosan uchta asosiy guruhga bo‘linadi: TA qiymatlari 0,32, 0,78 va 2,72% (A/A)ga
mos ravishda “shirin”, “shirin-nordon” yoki “nordon” kabi bo‘ladi. Misol uchun,
46
Ispaniyada O‘rta Yer dengizi iqlimiga moslashgan 40 ta navning 35 tasi shirin, uchta
shirin-nordon, ikkita nav esa nordon hisoblanadi.
“Wonderful” (Amerika Wonderful navi) butun dunyo bo‘ylab yetishtiriladi va
turli xil klonlarga ega bo‘lib pishib yetish vaqti, kattaligi va kislota miqdorining
(kamroq) farqli bo‘lishiga qaramasdan, jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Tijorat maqsadida yetishtirilgan boshqa muhim navlar quyidagilardir: Isroilda-
Shani-Yonay Emek, Hershkovich,
Akko va Kamal navlari; Turkiyada-Hichaz;
Marokashda-Safri, Kharazi, Laaroussi; Hindistonda-Ganesh, Arakta, Bhagva va
Rubi;
Ispaniyada-Mallar, Elche va Valensiya; Eronda-Malas-e-Savex, Rabob-e-
Neyriz, Malas-e-Yazdiy, Sishe Kape-Ferdos va Naderi-e-Budrood;
Hindistonda-
Ganesh, Mirdulla (Arkta), Bhagva (Kesar), Rubi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: