20-mavzu anordoshlar oilasi o’simliklarining arealining o’zgarishi sabablari. Anordoshlar



Download 22,26 Kb.
Sana31.05.2022
Hajmi22,26 Kb.
#622045

20-MAVZU ANORDOSHLAR OILASI O’SIMLIKLARINING AREALINING O’ZGARISHI SABABLARI.
Anordoshlar (Punicaceae) – yopiq urug‘lilar bo‘limiga mansub o‘simliklar oilasi. A. buta yoki kichikroq daraxt bo‘lib, gullari ikki jinsli, to‘g‘ri (ak-tinomorf), kosachasi qo‘ng‘iroqsimon, tojbarglari 5–9 ta, changchilari ko‘p, barglari mayda, uzun, yonbargchasiz. Shox va novdalari tikanli. A.ning faqat bir turkumi – anor bor. O‘zbekistonda bit-ta yovvoyi tur (P. granatum L.) o‘sadi. Eki-ladigan anor navlari ham ana shu turdan kelib chiqqan.
ANOR (Punica granatum L.) — anordoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub, subtropik meva oʻsimligi; boʻyi 2—10 m daraxt yoki buta. Vatani Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afgʻoniston; yovvoyi turlari Oʻrta dengiz atrofi, Oʻrta Osiyoning jan. da, Qrim, Kavkaz, Eron, Afgʻoniston, Old Osiyo va Dogʻistonda uchraydi. Oʻzbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob (Vargʻanza) tumanlari aʼlo sifatli Anor lari bilan mashhur. Botanik tavsifi. Barglari mayda, nashtarsimon, shoxlari tikanli (shirin mevalisida tikani kamroq). Iyun—iyulda gullaydi. Gullari ikki jinsli, yirik (diametri 8 sm gacha), och kizil, shoxi uchida bitta, ikkita, baʼzan beshtagacha joylashadi. Urugʻchisi (onaligi) normal rivojlangan, koʻzachasimon guli meva tugadi, urugʻchisi qisqa, qoʻngʻiroqsimon gullari odatda meva tugmaydi. Anor chetdan changlanadi. Mevasi yirik, dumaloq, qizgʻish (qizil poʻst) yoki oqish (oq poʻst) boʻlib, ogʻirligi 250—1000 g keladi. Mevasi 6—12 uya (xona) li, doni och pushti yoki toʻq qizil. Taʼmi shirin, chuchuk-nordon va nordon, sersharbat (40—60%), tarkibida 14—21% kand, 0,3—9% limon kislota, tanin, vitamin V, S bor. Pusti 29—50%, doni 10 — 20% ni tashkil etadi. Mevasi, poʻsti, ildiz poʻstlogʻida 28% gacha oshlovchi moddalar bor. Xoʻjalik ahamiyati. Anor asosan, meva sifatida isteʼmol etiladi. Anordan qandolat va tibbiyotda keng foydalaniladi, teri oshlashda va gazlamalarni boʻyashda ishlatiladi. Gulbargi va meva poʻstidan boʻyoq, donidan sharbat tayyorlanadi. Yovvoyisidan limon kislota olinadi. Baʼzi turlari xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi. Biologik xususiyatlari. Anor asosan, qalamchadan koʻpaytiriladi. Unumdor qumoq, nami yetarli tuproqlarda yaxshi oʻsadi. Qurgʻoqchilikka chidamli, lekin namsevar. Yerning unumdorligiga qarab, koʻchat oraligʻi 4×4 va 5×4, tomorqalarda 3×3 m qilib ekiladi. Oʻzbekiston sharoitida kech kuzda xashak, qamish bilan yopiladi yoki tuproqqa koʻmilib, bahorda ochiladi. Vegetatsiya davri 180—215 kun. Yozdan kuzgacha gullaydi. Mevasi 120—160 kunda — sent. ning ikkinchi yarmida pishadi. — 15° —17° sovuqqa chidaydi, — 20° da yer usti qismi (tanasi)ni sovuq urib ketadi. Anor 3—4 yoshdan meva tuga boshlaydi, 8—10 yoshdan toʻliq hosilga kirib, 30—40 yil meva beradi. Hosildorligi 200 s/ga gacha boradi. Agrotexnikasi. Anor koʻchati eqilganidan keyin birinchi yildan boshlab 30—40 sm balandlikda 4—5 ta asosiy shox qoldirib past boʻyli daraxt koʻrinishida yoki 3—4 asosiy shox qoldirib butasimon shakl beriladi. Har yili qurigan, nimjon rivojlangan, eskirgan oʻzak novdalar kesib turiladi. Vegetatsiya davrida 6—10-marta sugoriladi, qator oralari yumshatiladi, begona oʻtlardan tozalanadi, oziqlantiriladi.
Zararkunandalari — mevaxoʻrlar, bitlar, kanalar; kasalligi — novdalar qorasoni.
Navlari. Kolleksiyalarda Anorning 69 navi hisobga olingan. Lekin Oʻzbekistonda ixtisoslashgan xoʻjaliklarda asosan achchiqdona va qozoqi Anor koʻp ekiladi, qay Anor, qizil Anor, oq dona, ulfi va b. navlari ham keng tarkalgan. Achchiqdona. Jaydari nav. Mevasi 400—600 g. Mazasi nordon, sharbati qizil, tarkibida 15—16% qand bor. Poʻsti qalin, 5 oygacha yaxshi saqlanadi. Tupi 30—35 kg hosil beradi. Fargʻona vodiysida keng tarqalgan. Qay A. Jaydari nav. Mevasi yirik (500—700 g). Nordonxushxoʻr, sharbati qizgʻish. Tarkibida 19—20% qand bor. Poʻstining qalinligi oʻrtacha, martgacha saqlanadi. Tupi 35—40 kg hosil beradi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida bor. Qizil A. Bu ham jaydari nav. Sharbati tarkibida qand 15—16%, poʻsti yupqa, uzoq saqlashga chidamsiz. Qozoqi Anor Xalq seleksiyasi yoʻli b-n yetishtirilgan. Mevasi 250—300 g, ayrimlari 600 — 700 g. Mazasi nordonshirin, sharbati kizil. Tarkibida 18—19% qand bor. Poʻsti qalin, 6 oygacha saqlanadi. Tupi 50—60 kg hosil beradi. Toshkent, Andijon, Surxondaryo viloyatlarida keng tarqalgan. O q dona (shirin anor) A. Jaydari nav. Mevasi 250—350 g, ayrimlari 500—600 g. Mazasi shirin. Sharbati pushti, tarkibida 19— 21% qand bor. Poʻsti yupqa yoki oʻrtacha qalinlikda, qizgʻish-pushti, baʼzisi oq, 2—3 oy saqlanadi. Tupi 25—30 kg hosil beradi. Oʻzbekistonning koʻpchilik viloyatlarida oʻstiriladi.
Download 22,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish