Varieties hand out notes uzb


O‘stiruvchi garmonlardan foydalanish



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/134
Sana13.06.2022
Hajmi7,88 Mb.
#660671
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-Anorchilik

O‘stiruvchi garmonlardan foydalanish 
“IBA 500 ppm + borax 1%” qorishmasidan foydalinganda eng yaxshi natijaga 
erishilgan. Qalamchalar 5 soniyaga qorishmaga botirib ekiladi.
O‘stiruvchi garmonlardan ikki usulda foydalaniladi, kukun yoki suyuqlik 
ko‘rinishida. Qalamchalar namlab kukunga botiriladi va nam opilkada ildiz 
ottiriladi.
Eritma usulida esa garmon organik Eritma aseton (ethylalcohol) bilan birga 
ishlatiladi.
Garmondan eritma ko‘rinishida foydalanish eng ko‘p tarqalgan usul.
Demak, aksariyat hollarda qalamchalar 3-5 soniyaga garmonli suyuqlikka 
botiriladi va ekiladi.
Keyingi bosqichda qalamchalardan hosil bo‘lgan ko‘chatlar tanlangan 
maydonlarga, tuproqqa o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. 
Tuproq unumdorligiga bog‘liq holatda ko‘chatlarning oralig‘i 4×4; 5×4, 
shuningdek, tomorqa xo‘jaliklarida 3×3 m belgilanadi. Vegetatsiya davri 180 -215 
kun, mevasi 120-160 kunda pishib yetiladi (sentabr oyining 2-yarmida). Anor 
ko‘chati ekilganidan keyin 3-4 yilda meva hosil qiladi, 8-10 yilda juda yaxshi
rivojlanadi agar agrotexnik talablarga amal qilinsa, o‘rtacha 30-40 yil davomida 
optimal hosildorligini saqlaydi. Hosidorlik ko‘rsatkichi gektariga 200 sentnerni 
tashkil etadi. 1-yildan boshlab bo‘yi 30-40 sm, 4-5 ta yoki 3-4 ta novda qoldirib, 
butasimon shakl beriladi. Vegetatsiya davrida 6-10 marta sug‘oriladi
8

O‘zbekiston iqlim sharoitida anor tupi kech kuzda tuproq o‘simliklar qoldiqlari 
bilan ko‘milib, erta bahorda ustki qismi ochiladi, Vegetatsiya davri 180-215 sutkani 
tashkil qiladi. Anor -15...-17°C haroratga chidamli, -20°C dan past harorat 
sharoitida o‘simlik tupini sovuq urishi qayd qilinadi.
8
Anorning 
qaysi 
navlari 
ko‘proq 
ekiladi? 
// 
[Elektron 
resurs]. 
Kirish 
rejimi: 
https://mirishkor.uz/bogdorchilik/anorning-qaysi-navlari-koproq-ekiladi/ Kirish sanasi: 28.07.2019 y. 


32 
Anor o‘simligi 3-4 yildan boshlab meva hosil qila boshlaydi, 8-10 yilda to‘liq 
hosilga kiradi, 30-40 yil meva berishi qayd qilinadi, hosildorligi gektariga 200 
sentnerni tashkil qiladi.
O‘zbekiston sharoitida anor mevasi 120-160 sutkada pishib yetiladi 
(sentabrning ikkinchi dekadasi). 
O‘zbekiston iqlim sharoitida anor kurtaklari aprel oyining o‘rtalarida, ob-havo 
harorati +13...+14°C ga teng bo‘lgan sharoitda rivojlana boshlaydi, nisbatan janubiy 
hududlarda bu jarayon mart-aprel oylarida kuzatiladi. Anorning gullash jarayoni ob-
havo harorati +19...+22,5°S sharoitda boshlanadi. O‘rta Osiyo sharoitida anorning 
vegetatsiya davri, rivojlanish fazalarida ayrim fiziologik ko‘rsatkichlarining 
o‘zgarish dinamikasi ayrim tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Anor ko‘chatini 
ekish uchun eng maqbul vaqt noyabr oyidir. Bu paytda ulgurilmasa, 22- fevraldan 
21- martgacha bo‘lgan davrda ham o‘tkazish mumkin. Bu muddatda o‘tkazilgan 
anor daraxtining o‘q tomiri kuchli, mayda tomirlari ko’p bo‘ladi. Anor ko‘chatini 
ekish uchun ikki yoshga to‘lgan, yaxshi tomirlagan ko‘chatlar tanlab olinadi. 
Avvalo tomirning katta-kichikligiga moslab chuqur qazib olinadi. So‘ngra bir oz 
chirigan go‘ng solinadi va o‘sha chuqurdan chiqqan tuproq bilan tomir ko‘miladi.
Anor ko‘chatini qaysi tarafga qaratib ekish to‘g‘risidagi masalaga eng maqbul 
tomon janub tomonni tanlash maqsadga muvofiq (bu yerda ko‘mishni hisobga olib, 
45 darajada ekish mo‘ljallanadi). Negaki shamol yo‘liga teskari, ikkinchidan hamma 
daraxtlar quyoshga intilib yashaydi hamda anor daraxtining hamma tomoniga 
quyosh bemalol o‘z issig‘ini bera oladi 
Anor ko‘chatini ayrim bog‘bonlar qator oralarini 5x3 sxemada qilib, ba’zilar 
4x4 usulda ekadilar. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ko‘chatlar qator orasini 4 m va 
tup orasini 3m qilib ekilsa, hosildorlik ortadi. Bunda bir gektar yerga 830 tup anor 
ko‘chatini o‘tkazish mumkin. Har tup anor daraxtidan o‘rtacha 40 kg dan hosil 
olinadigan bo‘lsa, shu ko‘rsatkichga nisbatan daromad hisoblanadi. Texnika bilan 
ishlov beriladigan maydonlarda qator oralari 5m tup oralari 3 m qilib ekiladi, bunda 
bir gektar yerga 666 tup ko‘chat joylashtiriladi. Anor daraxti quruq va nami kam 
yerni yoqtiradi va bunday yerlarga ekilgan nihol tez avj oladi, ham uzoq yashaydi.


33 

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish