132
tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi davrda davlat byudjeti taqchilligi muammosi nafaqat iqtisodchi olimlarning,
balki dunyodagi qashshoq yoki rivojlanayotgan mamlakatlar bilan bir qatorda,
iqtisodiyoti taraqqiy topgan mamlakatlar hukumatlarining
ham asosiy diqqat-
e‘tiboridagi umumiqtisodiy holat hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu muammo hamon
davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda
jiddiy tus olmoqda. Ushbu holatga e‘tiborini qaratgan O‗zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti I.A. Karimov quyidagilarni alohida ta‘kidladi: ―Inqiroz yillarida
ko‗plab davlatlar o‗z iqtisodiyotiga, ayniqsa, moliya-bank
sohasini saqlab qolish
maqsadida aynan shu sohaga ulkan mablag‗larni yo‗naltirishga majbur bo‗ldi. Bu, o‗z
navbatida, bir qator davlatlarda, avvalo, rivojlangan mamlakatlarda katta miqdordagi
davlat byudjeti taqchilligi va davlat qarzlarini keltirib chiqardi, moliyaviy
nomutanosiblikning yuzaga chiqishiga sabab bo‗ldi‖
48
. Har bir alohida olingan
mamlakatda davlat byudjetini boshqarishda byudjet taqchilligi va uni boshqarish
masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat byudjeti
taqchilligi davlat oldiga
qo‗yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga o‗zining salbiy ta‘sirini ko‗rsatadi.
Ta‘kidlash lozimki, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjeti taqchilligi
har doim ham salbiy holatni bildirmaydi.
J.M.Keynsning eng asosiy g‗oyasi shundan iboratki, u davlat xarajatlarini
oshirish va ushbu mablag‗lar yetmagan taqdirda ―qarz yordamida moliyalashtirishni‖
taklif etdi. Uning g‗oyasi davomchilari ushbu nazariyani ―taqchillik asosida
moliyalashtirish‖ deb nomladilar. J.Keynsning fikricha, davlatning joriy xarajatlarini
qarz hisobiga moliyalashtirish ―iste‘molga moyillikni‖ oshiradi va buning natijasida
―investitsiyalarga moyillik‖ ham ortadi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, J.M.
Keynsgacha davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining mutanosib bo‗lishi hamda
byudjet taqchilligining faqat salbiy holat sifatida qabul qilinishiga asoslangan
yondashuv mavjud edi. J.Keyns ushbu dunyoqarashlarga chek qo‗ydi. Uning fikricha,
ssuda kapitali bozorida Markaziy bank yordamida ―samarali talab‖ga
erishish
mumkin va shu asosda, davlat byudjeti taqchilligi milliy iqtisodiyotni tartibga solib
turuvchi vositalaridan biriga aylanadi. Yuqoridagi nazariyadan farqli ravishda,
monetaristlarning fikricha, pul-kredit siyosati yalpi
ichki mahsulot miqdorini
o‗zgartirishning g‗oyatda qudratli vositasidir. Byudjetdagi taqchillikni o‗ziga maqbul
darajada saqlab turish uchun davlat o‗z xarajatlarini kelib tushayotgan daromadlariga
muvofiq holga keltirish maqsadida ularni davlat foydasiga jilovlab turadigan
siyosatni muntazam ravishda olib boradi. Monetarizm tarafdorlari byudjet-soliq
siyosatini amalga oshirish xech qanday ijobiy samara bermaydi, deb hisoblashadi.
Monetaristlarning fikricha, iqtisodiyotni rivojlantirishda eng asosiy e‘tiborni
muomaladagi pul miqdoriningo‗zgarishiga
qaratish lozim, binobarin davlat
byudjetidan makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun foydalanmaslik kerak.
Yuqorida ta‘kidlab o‗tilganidek, jahon amaliyotida davlat byudjeti taqchilligi
mamlakat milliy iqtisodiyotiga jiddiy xavf tug‗diradimi yoki buning aksi – taqchillik
iqtisodiyotni rivojlantirishda foydalimi, degan savol hozirda ham dunyoning yetakchi
48
Karimov I.A. ―Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga
xizmat qiladi‖. T.: O‘zbekiston, 2011. B - 4.
133
iqtisodchi olimlari o‗rtasida baxs-munozaralarga sabab bo‗ladi. Yevropa Ittifoqiga
a‘zo rivojlangan mamlakatlar o‗zlarining rivojlanish bosqichlarida davlat tashqi qarzi
va davlat byudjeti taqchilligini boshqarishda o‗ziga xos tajribaga egadirlar. Aynan,
yevrohudud mamlakatlarida Maastrixt shartnomasida Yevropa Ittifoqiga a‘zo
mamlakatlar uchun ―yevrohudud‖da ishtirok etishlari uchun 1993 yil 2
maydan
boshlab qat‘iy mezonlar o‗rnatilgan
49
:
davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,0 foizdan
ortmasligi lozim, agarda belgilangan ushbu normativ buzilsa, uni buzgan davlatga
nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‗llaniladi;
davlat tashqi qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60,0 foizdan
ortmasligi lozim (yoki ushbu ko‗rsatkichga barqaror yaqinlashib borish mumkin).
Mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi muammosini o‗rganish bilan birga,
iqtisodi taraqqiy topgan va rivojlanayotgan mamlakatlarning
davlat byudjeti
taqchilligining yuzaga kelish sabablarini tahlil etish va ularda byudjet taqchilligini
qisqartirish bo‗yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‗rganish, bizga, ushbu
sohada kelajakda yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan xatolarning oldini olish imkoniya-
tini yaratadi.
Xalqaro amaliyotda yetakchi iqtisodchi olimlar o‗rtasida byudjet taqchilligini
moliyalashtirishning usullari to‗g‗risida turli qarashlar mavjud. I.A. Pogosovning
fikricha, ―davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning asosan ikki usuli
mavjud
50
:
Do'stlaringiz bilan baham: