O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Byudjet taqchilligining shakllari. Taqchillikni keltirib chiqaruvchi omillar



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

11.2. Byudjet taqchilligining shakllari. Taqchillikni keltirib chiqaruvchi omillar. 
Taqchillikni qoplash manbalari
 
 
Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham 
erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko‗p 
bo‗lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi. Aksincha, ba‘zi 
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridaharyilgi taqchillikning va tez o‘sib boruvchi davlat 
qarziningmavjud bo‘lishi kuzatiladi. 70-yillar boshlariga kelib, byudjet taqchilligining 
YaIMga nisbatan foiz hisobida o‘sgan davlatlar bu ko‘rsatkich pasayganmamlakatlarga 
nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan. AQSHda Ikkinchi jahon urushi yillarigacha byudjet 
taqchilligi bo‘lmagan, faqat urush yillarida davlat byudjetida taqchillik yuzaga kelgan. 


125 
hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko‗proq bo‗ladi. Shunga 
muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko‗p bo‗lishiga 
byudjet defitsitideyiladi. 
Taqchillikning hajmi: 

milliy valyutada absolyut summada; 

mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan; 

milliy daromad hajmiga nisbatan; 

byudjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
Boshqa hollar teng bo‗lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga kelishining eng 
umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo‗lishi mumkin: 

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital qo‗yilmalarini amalga 
oshirishning zarurligi; 

favqulodda hodisalarning mavjudligi; 

iqtisodiyotdagi tanazzulli (krizisli) holatlar va uning yemirilishi; 

moliya-kredit aloqalarining yetarli darajada samarali emasligi; 

hukumat tomonidan mamlakatdagi moliyaviy holat ustidan yetarli darajada 
nazorat qila olmaslik; 

ijtimoiy ishlab chiqarishning nisbatan past darajada samaradorligi; 

tashqi iqtisodiy aloqalarning nisbatan kam natijaliligi; 

byudjet xarajatlarining nooqilona tarkibiy tuzilishi (strukturasi); 

mamlakat miqyosida mavjud bo‗lmagan mablag‗lar hisobidan yashashga 
intilish; 

yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyotining mavjudligi; 

harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi; 

ichki real imkoniyatni yetarli darajada inobatga olmagan holda boshqa 
mamlakatlarga yordam berilishi; 

davlatga iqtisodiyot va sotsial sohani rivojlantirishga stimul sifatida 
foydalanish imkonini bermaydigan va yetarli darajada samarali bo‗lmagan byudjet 
mexanizmining mavjudligi va boshqa sabablar. 
Byudjet defitsitivujudga kelganda, unga nisbatan strategik yondoshuv 
quyidagilarga alohida e‘tibor berilishini taqozo etadi: 

byudjet defitsitining mavjudligini matematik yo‗l bilan hal qilishga harakat 
qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodiyotni ―davolash‖ o‗rniga uning kasalligi 
kuchayadi; 

byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko‗pligi sog‗lom va 
uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi. Byudjet defitsiti bo‗lishi 
mumkin; 

byudjet defitsitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi milliy 
mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq 
qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko‗rish kerak; 

byudjet defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli 
shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog‗ozlarini 


126 
moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi 
belgilarini zarb etuvchi uskunani (stanokni) ishga solmaslik kerak; 

byudjet defitsitining darajasini kamaytirishyoki unga barham berish uchun, 
birinchi navbatda, iqtisodiyotning o‗zini ―davolamoq‖ lozim. Aks holda, ana shu 
maqsadga 
erishish 
uchun 
ko‗zda 
tutilgan 
har 
qanday 
tadbir, 
albatta, 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 
Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi 
amalga oshirilishi lozim bo‗lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo‗nalishlari 
quyidagilardan iborat: 

byudjet xarajatlarining investitsion yo‗nalishini o‗zgartirish, ularni eng ko‗p 
samara beradigan yo‗nalishlarga yo‗naltirish; 

xo‗jalik yuritishning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy 
imtiyoz va jazolardan keng foydalanish

davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodiyoti sohasini qisqartirish, xorijiy 
davlatlarga yordam ko‗rsatishni keskin kamaytirish; 

harbiy xarajatlarniqisqartirish; 

eng muhim sotsial dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik 
byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to‗xtatib turish; 

qarzlarni davlat qimmatbaho qog‗ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib 
hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo‗yish; 

xorijiy sarmoyalarni jalb etish va boshqalar. 
Byudjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manbalarini aniqlab 
olmoq zarur. Moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz olishidir. 
Davlatning qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan 
iborat bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni 
qaytarish bo‗yicha kafolatchi sifatida hukumatning qarz majburiyatlari vujudga 
keladi.
Davlatning ichki qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat 
bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo‗yi-
cha kafolatchi sifatida hukumatning o‗z milliy valyutasida ifodalangan qarz majburiyatlari 
paydo bo‗ladi.
Davlatning tashqi qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat 
bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish 
bo‗yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan qarz majburiyat-
lari vujudga keladi.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari jalb qilingan mablag‗lar-
ning barcha asosiy turlari bo‗yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo‗ljallangan byudjet 
to‗g‗risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta tasdiqlanishi 
kerak.


127 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat Markaziy 
bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib olingan qarz 
majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas. 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo‗lish 
qabul qilingan: 
1)
ichki manbalar; 
2)
tashqi manbalar. 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni 
ko‗rsatish mumkin: 

mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit 
tashkilotlaridan olingan kreditlar; 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish orqali amalga 
oshirilayotgan davlat zayomlari; 

davlat mulkiga tegishli bo‗lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar; 

davlat zaxiralari va rezervlar bo‗yicha daromadlarning xarajatlardan o‗sgan 
qismi summasi; 

byudjet mablag‗larini hisobga oluvchi hisob varaqlaridagi mablag‗lar qoldig‗i-
ning o‗zgarishi va boshqalar. 
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar 
kiradi: 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish orqali xorijiy 
valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilin-
gan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning 
kreditlari. 
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro 
huquqning boshqa subyektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo‗yicha majburiyatlarni 
qo‗shgan holda) mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat 
qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki 
bilan to‗liq va hech qanday shartsiz ta‘minlanishi kerak. Bunda davlat hokimiyati 
organlari mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish 
uchunrespublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo‗yicha barcha 
vakolatlardan foydalanadilar. 
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo‗lishi mumkin: 

qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, 
xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va 
shartnomalari; 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish orqali 
amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to‗g‗risidagi 
shartnomalar; 

o‗tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyatlarini restrukturizatsiya 
qilish va muddatini o‗zgartirish to‗g‗risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan 
(shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnoma va boshqalar. 


128 
Mamlakatning qarz majburiyatlari o‗zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir 
yilgacha), o‗rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan 
yuqori) bo‗lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom 
shartlarini, jumladan, to‗lov muddatlari, foiz to‗lovlarining miqdori, muomala 
muddatlarini o‗zgartirmasdan) qaytarilishi kerak. 
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo‗lishi 
mumkin: 

hukumat davlat qimmatbaho qog‗ozlari bo‗yicha qarzining asosiy nominal 
summasi; 

hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarzning hajmi; 

mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo‗yicha majburiyatlar 
hajmi va boshqalar. 
O‗z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro 
moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafo-
latlari bo‗yicha majburiyatlar hajmi; 

xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro 
moliyaviy tashkilotlardan hukumatolgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarz hajmidan 
iborat bo‗ladi. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish