O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

birinchisi

davlatningiqtisodiyotga aralashuvi bilan bog‗liq xarajatlarining ko‗payishi bo‗lsa, 
ikkinchisi,
davlatning noishlab chiqarish xarakteridagi xarajatlari hajmining keskin 
oshib ketishi hisoblanadi. 
Bizning fikrimizcha, byudjet defitsitining yuzaga kelishini mamlakatdagi 
iqtisodiy inqiroz holatlari bilan bog‗lash maqsadga muvofiqdir. Buning sababi 
shundaki, iqtisodiy inqiroz paytida soliq tushumlari keskin kamayadi, hukumatning 
qimmatli qog‗ozlarini sotish darajasi pasayadi va h.k. Buholatlar, pirovard natijada, 
davlat byudjeti daromadlarining rejalashtirilgan miqdorda tushmasligiga sabab 
bo‗ladi. Natijada, byudjet defitsitining hajmi yanada oshadi va hukumat uchun bank 
tizimi kreditlaridan foydalanishdan qulayroq va osonroq yo‗l qolmaydi. Shuning 
uchun, fikrimizcha, iqtisodiy inqiroz holatlarining yuzaga kelishini alohida sabab 
sifatida e‘tirof etish maqsadga muvofiqdir. 
Shunisi xususiyatliki, rivojlangan ilg‗or mamlakatlar amaliyotida tarkibiy 
defitsit tushunchasi ham qo‗llaniladi. 
Tarkibiy defitsit deganda aholining to‗liq bandligi sharoitida davlat 
byudjetining salbiy qoldig‗i tushuniladi. Bunda byudjet defitsitining miqdori davlat 
tomonidan iqtisodiyotni tartibgasolishning joriy tadbirlari bilan emas, balki tsiklik 

47
Родионова В.М и др. Финансы.–М.: Финаны и статистика, 2013. –С. 29-38. 




130 
tebranishlar bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar paytida, odatda, ishsizlik 
ko‗payadi, bu esa, tarkibiy defitsit miqdoriga bevosita ta‘sir qiladi. Demak, iqtisodiy 
inqirozlarni nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlar, balki rivojlangan mamlakatlar 
amaliyoti uchun ham xos bo‗lgan omil sifatida qayd etish mumkin. 
Davlat byudjeti defitsiti yuzaga kelishining obyektiv sabablarini tan olmaslik, 
defitsitsiz byudjet siyosatiga tayanish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga jiddiy ziyon 
etkazganlik holatlari xalqaro amaliyotda bir necha bor kuzatilgan.
Davlatbyudjeti defitsitining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochib berishga 
xizmat qiladigan asosiy masalalardan biri byudjet defitsiti hajmini aniqlash 
metodologiyasini tahlil qilish hisoblanadi. 
Xalqaro amaliyotda byudjet defitsitining hajmini aniqlashda ikkita 
metodologiyadan keng foydalanilmoqda: sof defitsit va umumiy defitsit. Sof 
defitsito‗z tarkibiga byudjet investitsiyalaridan tashqari bo‗lgan davlat byudjeti 
xarajatlarini oladi. Umumiy defitsit esa, o‗z ichiga nafaqatto‗g‗ri byudjet 
investitsiyalarini, balki joriy byudjet yilida qaytariladigan va hukumat tomonidan 
kafolatlangan kredit hisobidan amalga oshiriladigan investitsiyalarni ham oladi.
Bizning fikrimizcha, umumiy defitsitbyudjet defitsitining real hajmini to‗laroq 
ifoda etadi. Chunki, bunda hukumat kafolatlangan kreditlardan samarali 
foydalanishni nazorat qilish imkoniga ega bo‗ladi. 
Ikkinchi metodologiyaning O‗zbekiston Respublikasi hukumati uchun katta 
ahamiyatga ega ekanining asosiy sababi shundaki, hozirgi kunga qadar mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga jalbqilingan kreditlarning 80 foizdan ortiq qismi respublika 
hukumatining kafolati asosida olingan kreditlardan iboratdir. Demak, ulardan 
foydalanishni nazorat qilishni kuchaytirish davlat byudjeti defitsitini oshishining 
oldini oladi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishning zarurligi yirik 
investitsion xarajatlarni talab qildi. Xususiy sektorga mansub korxonalarning xorijiy 
investitsiyalar va investitsion kreditlarni jalb qilish imkoniyati cheklangan sharoitda, 
davlat bosh islohotchi sifatida, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish 
muammosining chuqurlashuviga yo‗l qo‗ymadi. Bu esa, o‗z navbatida, mamlakatimiz 
hukumatining xorijiy valyutadagi majburiyatlari ko‗payishiga olib keldi. 
Davlat byudjeti defitsitining iqtisodiyotga ta‘siri va uning mo‗‘tadil darajasini 
baholash masalalari ham murakkab va ko‗p qirrali masalalardan hisoblanadi. 
J.M.Keynsning byudjet-soliq siyosatining iqtisodiyotni barqarorlashtirishda 
birlamchi ahamiyatga ega ekanligi xususidagi qoidasiga ko‗ra defitsit yoki 
profitsitning miqdori ijtimoiy talab, daromadlar va baholar darajasini aniqlashda 
markaziy o‗rinni egallaydi. Bunda J.Keyns byudjet defitsitini hukumat byudjet-soliq 
siyosatining natijasi sifatida iqtisodiyotni muvozanatlashtiruvchi asosiy omil deb 
baholadi. Ammo hozirgi vaqtda,ayrim rivojlangan davlatlarning amaliyotida shunday 
holatlar sodir bo‗lyaptiki, uni Keynsning byudjet-soliq siyosati xususidagi ta‘limoti 
doirasida tushuntirib bo‗lmaydi. Masalan, Yaponiyada 1999 yilda davlat byudjetining 
defitsiti yalpi ichki mahsulotning 11,4 foizini tashkil etganiholda, to‗lov balansining 
ijobiy qoldig‗i 130 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Holbuki, Keynsning qoidasi 
bo‗yicha davlat xarajatlarining oshishi baholar darajasining o‗sishiga olib kelishi 


131 
lozim edi. Ammo Yaponiyada baholar darajasining o‗sish sur‘ati boshqa bir qator 
yetakchi ilg‗or mamlakatlardagiga nisbatan sezilarli darajada past bo‗ldi. 1990 yilda 
Yaponiyada byudjet profitsitining yalpi ichki mahsulotdagi salmog‗i 2,9 foizni 
tashkil qildi va 1990-1999 yillar mobaynida iqtisodiyotning barqaror o‗sish sur‘ati 
kuzatildi. 
Demak, byudjet defitsitining iqtisodiyotnimuvozanatlashtirishdagi roliga baho 
berishda har bir mamlakatning moliya-byudjet siyosatidan kelib chiqish lozim. 
Byudjet defitsitini o‗sishi natijasida makroiqtisodiyko‗rsatkichlarda qanday ijobiy 
o‗zgarishlar yuz berganini aniqlash lozim. Masalan, davlat byudjeti defitsitining 
yuqori darajada o‗sishi davlat investitsiya xarajatlarining o‗sishi oqibati bo‗lishi 
mumkin. Bunday sharoitda byudjet defitsitining iqtisodiyotga ta‘sirini baholash 
uchun iqtisodiy o‗sish sur‘atidagi, soliq tushumlaridagi o‗zgarishlarni va ishsizlik 
darajasini baholash kerak. Chunki investitsion xarajatlar ishlab chiqarishning 
samaradorligini oshirish, yangi ish o‗rinlarini yaratish imkonini beradi. Ayni vaqtda, 
investitsiya xarajatlarini samarasiz tarzda amalga oshirish byudjet defitsitining 
iqtisodiyotga nisbatan salbiy ta‘sirini yuzaga keltiradi. Xususan, davlatning 
mablag‗lari hisobiga moliyalashtirilgan investitsion loyihalar o‗zini oqlamasligi 
qilingan xarajatlarning «o‗lik» kapitalga aylanishi, hukumat to‗lovlarining oshib 
ketishiga olib keladi. Buning oqibatida byudjet defitsitini qoplash muammosi yanada 
chuqurlashadi va ko‗pchilik hollarda, hukumat defitsitni qoplashning inflyatsion 
manbalaridan foydalanishga majbur bo‗ladi. Bunda byudjet defitsiti o‗zining passiv 
shakliga kiradi. Byudjet defitsitining oshishi hisobiga iqtisodiy o‗sishni 
rag‗batlantirishga erishilsa, u holda byudjet defitsitiaktiv shaklga ega bo‗ladi. 
O‗zbekistonda byudjet defitsitini boshqarishda quyidagi talablarga e‘tibor 
berish maqsadga muvofiqdir: 
- milliy valyuta barqarorligini saqlashning aniq dasturlari ishlab chiqilishi; 
- byudjet defitsitini qoplashning samarali yo‗llari qidirib topilishi; 
- davlat byudjeti hisobidagi tarmoqlarni iqtisodiy moliyalashtirishni qisqarti-
rish, harbiy xarajatlarga oqilona mablag‗ sarflash; 
- sekvestr mexanizmini ishlab-chiqish (xarajatlarni proportsional ravishda 
qisqartirish) va ularning bajarilishiga bevosita erishish. 
Umuman, byudjet defitsitini boshqarish byudjet siyosatining ustuvor yo‗nalishi 
bo‗lib, bunda iloji boricha mablag‗larni ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga 
yo‗naltirish va aholining ish bilan bandligiga to‗liq erishishni talab qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, byudjet defitsitini qoplashning noinflyatsion usullaridan 
foydalanishga ustuvorlik berish, byudjet defitsitining darajasini xalqaro byudjet 
amaliyotida qabul qilingan mo‗‘tadil darajada saqlab turish, iqtisodiy kategoriya 
sifatida davlat byudjeti defitsitining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga 
nisbatan yuzaga keladigan salbiy ta‘siri oldini oladi. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish