birinchidan,
davlat qarzi hisobidan moliyalashtirish. Davlat qarzi, o‗z
navbatida, ichki manbalar (bunda davlat byudjeti taqchilligi faqat mamlakat ichidagi
manbalar hisobiga moliyalashtiriladi) va tashqi manbalar (bunda taqchillik mamlakat
hukumati tomonidan xorijiy mamlakatlar hukumatlaridan, xalqaro moliya
institutlaridan hamda yirik xalqaro banklardan olinadigan davlat qarzlari) hisobiga
moliyalashtiriladi;
ikkinchidan,
muomalaga yangi pullarni emissiya qilish hisobiga.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu ikki guruhi ―qarzli moliyalash-
tirish va emissiyali moliyalashtirish‖
51
deb ham ataladi. Byudjet taqchilligini moliya-
lashtirishning bu ikki usuli bilan birga, davlat aktivlarini sotish orqali taqchillikning
ma‘lum qismini moliyalashtish usulidan ham foydalaniladi. Byudjet taqchilligini
moliyalashtirishning har qaysi usulini qo‗llashning iqtisodiyotga ta‘siri bir xil
bo‗lmaydi. Turli mamlakatlarda byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini
guruhlarga
ajratadigan
bo‗lsak,
ularning
bir
guruhi
emissiyali
(pulli)
moliyalashtirishga, boshqa bir guruhi qarzli moliyalashtirishga mansubligini ko‗rish
mumkin: (1) Markaziy bankdan qarz olish yoki taqchillikni emissiyali moliya-
lashtirish (pulli moliyalashtirish), (2) tijorat banklaridan qarz olish (qarzli
moliyalashtirish), (3) mamlakat ichkarisidagi bank bo‗lmagan sohalardan qarz olish
(qarzli moliyalashtirish), (4) mamlakatning valyuta zaxiralarini byudjet taqchilligini
49
Финансы, денежное обращение и кредит. Учебник. /Под ред. д.э.н. академика В.К. Сенчагова. –М.: Проспект,
2007.
50
Финансы, денежное обращение и кредит. Учебник. /Под ред. д.э.н. академика В.К. Сенчагова. –М.: Проспект,
2007.
51
Жумаев Н., Бурханов У. ―Молиянинг долзарб муаммолари‖. –Т.: Янги аср авлоди, 2003.
134
qoplashga safarbar qilish yoki boshqa xorijiy davlatlardan qarz olish (qarzli
moliyalashtirish), (5) davlat mulkini sotish (davlat aktivlarini sotish orqali
moliyalashtirish).
Byudjet taqchilligini boshqarishda mamlakat hukumati yuqorida ta‘kidlab
o‗tilgan usullarning biri yoki bir nechtasidan foydalanishi mumkin. Bunda
foydalaniladigan usullarning iqtisodiy tabiati turlicha, shu sababli ular mamlakatning
moliyaviy holatiga turlicha, ayrim holatlarda bir-biriga teskari ta‘sir ko‗rsatishi
mumkin. Byudjet taqchilligini qisqartirish borasida hukumat tomonidan noto‗g‗ri
siyosatning tanlanishi mavjud taqchillikning ortishi va buning natijasida iqtisodiy
holatning mushkullashuvi hamda aholi o‗rtasidagi noroziliklarga olib kelishi
mumkin.
Davlat byudjeti taqchilligini tartibga solishning quyidagi turlarini ajratib
ko‗rsatish mumkin:
1. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun mamlakat markaziy
bankidan kredit olish, ya‘ni muomalaga qo‗shimcha pul emissiyasini amalga oshirish.
2. Davlat byudjeti xarajatlari hajmini qisqartirish.
3. Davlat byudjeti daromadlarini ko‗paytirish, ya‘ni amaliyotga yangi soliq
turlarini kiritish yoki amaldagi soliq stavkalarini oshirish.
4. Davlat mulkini mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarga sotish.
5. Mamlakat aholisi, mahalliy xo‗jalik yurituvchi subyektlar, xorijiy mamlakat-
lar hukumatlari, xalqaro moliya tashkilotlari va yirik xorijiy tijorat banklaridan qarz
olish.
Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning eng oson, lekin juda qaltis
usuli mamlakat Markaziy bankidan qarz olishdir. Ta‘kidlash lozimki, Markaziy
bankdan kredit olish o‗z mohiyatiga ko‗ra, muomalaga qo‗shimcha pul emissiyasini
amalga oshirish hisoblanadi. Ushbu usul orqali mamlakatda davlat byudjeti taqchil-
ligining rasman moliyalashtirilishiga erishiladi, lekin Markaziy bankdan xaddan
tashqari ko‗p kredit olish mamlakatda shiddatli yoki jilovlanmagan inflyatsiyani
keltirib chiqarishi mumkin. Xalqaro amaliyotda ko‗plab rivojlanayotgan, shu
jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi mamlakatlarida 90-yillarning boshlarida
davlat byudjet taqchilligini moliyalashtirishda ushbu usuldan keng foydalanilgan.
O‗zbekiston Respublikasida ham davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda 2003
yilgacha
Markaziy
bank
kreditlaridan
foydalanilgan
52
.
Bugungi
kunda
mamlakatimizda kuchga kirgan yangi Byudjet kodeksining 151-moddasiga asosan,
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditlarini Davlat byudjeti taqchil-
ligini qoplash manbasi sifatida jalb qilishga yo‗l qo‗yilmaydi
53
, deb belgilab
qo‗yilgan.
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda byudjet xarajatlarini kamaytirish
usulidan foydalanishda mamlakat hukumati tomonidan juda ehtiyotkorlik bilan qat‘iy
siyosat olib borish talab etiladi. Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‗tayotgan
mamlakatlarda davlat byudjeti tomonidan ijtimoiy-madaniy sohalarga yo‗naltirila-
digan xarajatlarni qisqartirish mamlakat aholisi o‗rtasida norozilikni yuzaga chiqa-
52
Жумаев Н., Бурханов У. Молиянинг долзарб муаммолари. –Т.: Янги аср авлоди, 2003.
53
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi (O‗RQ-360-son. 26.12.2013).151-modda.
135
rishi mumkin. Ushbu xarajatlarni amalga oshirishda, asosan, ijtimoiy xarajatlarning
maqsadliligini ta‘minlash, boshqaruv va mudofaa xarajatlarini qisqartirish hisobiga
davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishga erishish mumkin. Ushbu usuldan, AQSh
Prezidenti R.Reygan (1980-1988 yillar) mehnatkashlar va ishsizlarga to‗langan
nafaqalarni qisqartirgan hamda ish haqini kamaytirgan. Buning natijasida AQShda
kambag‗al fuqarolar soni 1979-yildagi 26,1 mln. kishidan 1982-yildagi 55,3 mln.
kishiga yetdi. Ushbu holatni monetarizm g‗oyasining asoschisi Milton Fridmen ijobiy
baholagan, chunki uning fikricha, ijtimoiy xarajatlarning qisqartirilishi natijasida
AQShda davlat byudjeti taqchilligining qisqarishiga erishilgan. Ishsizlarga
beriladigan ijtimoiy nafaqalarni qisqartirish natijasida ular ishlashga majbur
bo‗lganlar va AQShda 1984-yildan boshlab, ishsizlar sonining ma‘lum darajada
kamayishiga erishilgan
54
. Mazkur holatni Yevropa Ittifoqiga a‘zo davlatlarning
byudjet siyosatida ham kuzatish mumkin. Yevrohududning 16 davlati moliya
vazirlarining muzokaralaridan so‗ng, 2010-yilda Gretsiyaga uch yil muddatga 110
mlrd.yevro miqdorida yordam paketi ajratiladigan bo‗ldi. Albatta, Yevropa Ittifoqi
tomonidan Gretsiyaga ko‗rsatiladigan yordam oddiy kreditdan boshqa narsa emas.
Ammo ajratiladigan kreditning foiz stavkasi bozordagi mavjud stavkadan pastroq
bo‗ladi (qariyb 5 foiz atrofida). Bunga javoban Gretsiya hukumatidan mehnat va
pensiya qonunchiligini erkinlashtirish talab etildi. Ushbu yo‗nalishda byudjet
tashkilotlaridagi ishchi xodimlar sonini qisqartirish, ishlayotgan xodimlarning ish
haqlarini ―muzlatib qo‗yish‖ kabi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu choralar
yaqin ikki yil mobaynida byudjet defitsitini 30 mlrd. yevroga qisqartirish imkonini
berishi kutilayotgan edi
55
.
Davlat byudjeti taqchilligi darajasini
kamaytirish usullaridan yana biri – byudjet
daromadlarini
ko‗paytirish
hisoblanadi.
Ushbu
usuldan
foydalanishda
asosan
quyidagilar amalga oshiriladi: amaliyotga
yangi soliq turlarini kiritish; mamlakatda
amal
qilayotgan
soliqlarning
foiz
stavkalarini ko‗tarish; amal qilayotgan
soliqlar bo‗yicha soliq to‗lovchilarga beril-
gan imtiyozlarni cheklash yoki umuman
bekor qilish. Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda faqatgina ushbu usuldan
foydalanilganda iqtisodiyotda ―Laffer samarasi‖ yuzaga chiqadi. A.Lafferning
fikricha, soliq stavkalarini asossiz ravishda oshirib yuborish natijasida ma‘lum
muddat davomida davlat byudjetiga daromadlarning ortishi kuzatiladi. Lekin soliq
stavkasi chegaradan ortib ketsa, soliq to‗lovchilarning ―soliqlardan qochishi‖ yuzaga
chiqadi. Ushbu holat esa, davlat byudjetiga to‗lovlarning kamayishiga olib keladi.
56
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, hozirda Yevropa Ittifoqiga a‘zo mamlakatlar-
da davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish maqsadida ayrim soliq turlari stavkalarini
54
Финансы капитализма. Учебное пособие. /Под ред. проф. Б.Г. Болдырева. –М.: Финансы и статистика, 1990.
55
http://korrespondent.net/business/economics/1072974-greciya-poluchit-110-mlrd-evro-ot-es-i-mfv
56
Laffer, A., & Seymour,]. (Eds.). (1979). The economics of the tax revolt: a reader. New York, NY: Harcourt Brace
Jovanovich.
Artur Laffer (1940
yil 14 avgustda
tug‘ilgan) –
amerikalik iqtisod-
chi, iqtisodiyotda
taklif nazariyasining
asoschilaridan biri.
AQSh Prezidenti
R.Reygan boshqaruvi
davrida mashhur
bo‘lgan.
136
(asosan qo‗shilgan qiymat solig‗i va aktsiz solig‗i) oshirish hamda boy fuqarolar
uchun qo‗shimcha daromad solig‗ini joriy qilish amaliyoti olib borilmoqda.
Fransiyada fuqarolardan olinadigan daromad solig‗ining eng yuqori stavkasi 75
foizga ko‗tarildi. Shuningdek, ayrim yevrohududdagi davlatlarda qo‗shilgan qiymat
solig‗i stavkasi oshirildi. Yana bir misol, Yaponiyada davlat byudjeti taqchilligini
qisqartirish maqsadida 2013 yildan boshlab savdodan olinadigan soliq stavkasi 5
foizdan 8 foizgacha ko‗tarilgan.
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishda o‗tgan asrning 70-yillaridan
boshlab, davlat mulkini xususiylashtirishdan
olingan mablag‗lardan foydalanish amaliyotga
kiritilgan.
―AQSh,
Buyuk
Britaniya,
Germaniya va boshqa iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda
keng
miqyosda
―reprivatizatsiya‖, ya‘ni davlat mulkini sotish
va davlat mulkiga asoslangan korxonalarni
aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish amalga
oshirildi. AQSh Prezidenti R.Reygan va Buyuk
Britaniya bosh vaziri M.Tetcher davlat mulkini xususiylashtirish va ular asosida
aksiyadorlik jamiyatlari hamda xususiy korxonalarni tashkil etishga juda katta e‘tibor
qaratganlar. Xalqaro amaliyotda ular olib borgan ushbu iqtisodiy siyosat
―reyganomika‖ va ―tetcherizm‖ deb ataladi. Ushbu siyosat natijasida davlat
mulkchiligidagi korxonalarni xususiylashtirish asosida tashkil etilgan xususiy
korxonalar raqobatbardosh ekanligi va davlat mulkidagi korxonalar yangi
investitsiyalarni moliyalashtirishni amalga oshirishga qodirmasligi isbot qilindi. Eng
asosiysi, xususiylashtirishdan kelgan juda katta miqdordagi mablag‗lar davlat
byudjeti taqchilligini qisqartirishga sarflandi.
Davlat byudjeti defitsitini o‗rganishga bag‗ishlangan ilmiy tadqiqotlarning
natijalari shuni ko‗rsatdiki, byudjet defitsiti jahon amaliyoti uchun nisbatan yangi
hisoblangan voqelik sanaladi. Xususan, XIX asrning o‗rtalariga qadar rivojlangan
ilg‗or mamlakatlarning davlat byudjetlari uchun daromadlarning xarajatlardan ortiq
bo‗lishi xarakterli xususiyat edi. Shuning uchun ham mazkur davlatlarda urushlar
davrida yoki katta talofat keltiruvchi tabiiy ofatlar yuz berganda paydo bo‗ladigan
byudjet defitsiti favqulodda holat hisoblanar edi. XX asrning 50-yillaridan boshlab bu
mamlakatlarda byudjetning defitsitlik holati, ularning jahon iqtisodiyotidagi o‗rnidan,
geografik, geopolitik mavqeidan qat‘iy nazar, tabiiy hol bo‗lib qoldi. Ushbu holat
hozirga qadar davom etib kelmoqda.
Masalan, AQShda 1974-yil uchun qabul qilingan Byudjet to‗g‗risidagi qonun-
ning qabul qilinishida Kongress federal byudjetning hajmi yoki byudjet defitsiti
borasida xavotirga tushadigan holatlarni bashorat qilmadi
57
. Faqat 1980-yillarga
kelib, Prezident Ronald Reygan ma‘muriyati davrida byudjet jarayoniga bo‗lgan
e‘tibor, yirik taqchilliklarning yuzaga kelish xavfi ta‘sirida jiddiy o‗zgardi.
58
57
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson,Philip G. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett Learning;
9 edition. USA, 2012. P. 308.
58
Joyce, P. (1996). Congressional budget reform: the unanticipated implications fo r federal policy making.
PublicAdministration&view, 56, 317-325.
137
Reygan prezidentligining dastlabki yillarida, AQSHning Byudjetni boshqarish
Departamenti muhim ahamiyatga ega bo‗la boshladi.
59
Reygan prezident etib
saylangach, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari masalasi asosiy siyosiy vazifa
darajasiga ko‗tarildi va bu ishlarni bajarish AQSHning Byudjetni boshqarish
Departamentiga yuklatildi.
60
Davlat byudjetidagi taqchillik hajmi 1981-yildan boshlab o‗sa boshladi.
22
Reygan ma‘muriyati 1981-yili iqtisodiyotni rag‗batlantirish va byudjet daromadlarini
ko‗paytirish maqsadida soliq stavkalarini pasaytirdi. Bu choraning nazariy jihatdan
to‗g‗ri bo‗lishiga qaramasdan, amaliyotda davlat qarzi qiymatining 1981-yilda 1,1
trillion $ga, 1985-yilda esa 2,1 trillion $ga ko‗tarilib ketishiga olib keldi.
61
Natijada
Reygan ma‘muriyati Kongressga ko‗plab ijtimoiy dasturlarni qisqartirishni taklif
qildi. Lekin bu bilan ham taqchillik oshib boraverdi, bunga sabab – daromad va
harajatlar o‗rtasida yirik nomutanosiblik mavjud edi.
Ana shunday siyosiy jihatdan tarang vaziyatda 1985-yilda Kongress Muvoza-
natlashgan byudjet va Favqulodda yuzaga keladigan kamomadni nazorat qilishi
to‗g‗risidagi
qonunni
qabul
qiladi.
Ushbu
qonun
loyihasining
yuzaga
kelishigaSenatorlar V. Filip Gramm, Uoren B. Rudman va ErnestF. Xolingslar hissa
qo‗shadilar.
Gramm-Rudman-Xollingslar sekvestr deb nomlangan yangi bir tizimni
yaratadilar. Ushbu tizim byudjet kamomadiga erishib bo‗lmagan hollarda, byudjetni
kamaytirishga mo‗ljallangan. Qisqartirilgan byudjetning yarmi ijtimoiy yordamga,
qolganlari mahalliy dasturlarga ajratilgan. Lekin Gramm-Rudman-Xollingslar
tomonidan taklif etilgan sekvestrlash usuli ham taqchillik muammosini bartaraf eta
olmadi.
62
Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish usullaridan biri mamlakat hukumati
tomonidan aholi, milliy xo‗jalik yurituvchi subyektlar, xorijiy davlatlar hukumatlari,
xalqaro moliya tashkilotlari va yirik tijorat banklaridan qarz olish hisoblanadi.
Ta‘kidlash lozimki, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirishning ushbu usuli eng
nozik, shuning bilan bir vaqtda, zamonaviy usuli hisoblanadi. Ushbu usuldan
foydalanadigan mamlakat hukumati o‗z nomidan davlat qimmatli qog‗ozlarini
chiqarish orqali milliy va xorijiy valyutadagi mablag‗larni jalb etadi. Yevropa
Ittifoqiga a‘zo mamlakatlardan Gretsiya, Portugaliya, Ispaniya va Italiyada markaziy
hukumat tomonidan davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish maqsadida muomalaga
davlat obligatsiyalarini chiqarish va ularni xorijiy sarmoyadorlar o‗rtasida
joylashtirish ishlari faol olib borilmoqda.
59
Johnson, B.(1984).Fromanalysttonegotiator:theOMB'snewrole.Journ alof PolicyAnalysisandManagement,3,501-515;
Johnson, B.(1989).TheOMBbudgetexaminerandthecongressionalbudget process. Public Budgeting & Finance, 9,
Spring, 5-14; Tompkin, S.( 1998). Inside OMB.
60
Stockman, D.(1986).The triumphof politics:how the Reagan revolutionfaile d. NewYork, NY:Harper
&Row.
61
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson,Philip G. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett Learning;
9 edition. USA, 2012. P. 309.
62
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson,Philip G. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett Learning;
9 edition. USA, 2012. P. 310.
138
Davlat byudjeti taqchilligini boshqarishni to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish, unga ta‘sir
etuvchi omillarni o‗rganish davlat byudjetini sog‗lomlashtirishda muhim o‗rin
egallaydi va mazkur mavzuning keyingi paragrafida batafsil yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |