21.1-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining muhim vazifalari
137
Rasmda ko‗rsatilgan ro‗yxat bilan davlat moliyaviy nazoratining vazifalarini
chegaralash mushkul. Chunki moliyaviy qonunchilikning o‗zgarishi bilan moliyaviy
nazoratning vazifalari ham o‗zgaradi va aniqlashtiriladi.
Masalan, byudjet islohotlarining dastlabki bosqichlarida davlat moliyaviy
resurslarini maksimal darajada iqtisod qilish asosida byudjet taqchilligining o‗rnatil-
137
VahobovA., MalikovT. Moliya. Darslik. –T.: IQTISOD-MOLIYA. 2010. 68-bet
304
gan darajasini ta‘minlash ustidan qattiq nazorat olib borish davlat moliyaviy nazorati-
ning muhim vazifalaridan biri bo‗lgan bo‗lsa, islohotlarning bugungi bosqichidagi
davlat moliyaviy nazoratining vazifalaridan biri – ajratilgan mablag‗lardan maqsadga
muvofiq samarali foydalanish, ularning iqtisodiyotning ustuvor yo‗nalishlariga va
ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi tarmoqlariga safarbar etilishi ustidan qat‘iy
nazoratni olib borishdan iborat bo‗lmoqda.
Ma‘lumki, mamlakatimizda oxirgi 10 yillar davomida byudjet nazorati
―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi, ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi to‗g‗risida‖gi
qonunlar asosida amalga oshirib kelindi. Ushbu qonunlar yurtimizda byudjet
qonunchiligining umumiy huquqiy asoslarini, davlat byudjetining shakllanish va
tuzilish prinsiplari, uni ko‗rib chiqish, qabul qilish va bajarish tartibini belgilab berdi,
shuningdek, unda davlat byudjeti daromadlarining shakllanishi hamda sarflanishi,
davlat byudjeti mablag‗lari operatsiyalarini amalga oshirishda hisobga olish va
hisobot, nazorat prinsiplari mustahkamlab qo‗yildi. ―Davlat byudjeti g‗azna ijrosi
to‗g‗risida‖gi qonun esa davlat byudjetini g‗aznachilik asosida ijro etish tartib-
qoidalarini belgilab berdi. 2014 yilga kelib bu qonunlarni takomillashtirish talabidan
kelib chiqqan holda ―Byudjet Kodeksi‖ qabul qilinib, 2014 yil 1 yanvardan boshlab
amalga kiritildi.
Ushbu Kodeksning IX bo‗limi ―Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosini nazorat
qilish‖ deb nomlangan bo‗lib, unda belgilab qo‗yilishicha, ―Davlat moliyaviy
nazorati byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat obyektlari
tomonidan buzilishini aniqlash, bartaraf etish va ularga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida
davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi‖
138
.
Umumdavlat moliyaviy nazorati butun mamlakat miqyosida tegishli vakolat-
larga ega bo‗lgan ixtisoslashgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan
amalga oshiriladi. Umumdavlat moliyaviy nazorati quyidagi nazorat turlarini qamrab
oladi:
byudjet-moliya nazorati;
soliq nazorati;
bojxona nazorati;
valyuta nazorati;
pul muomalasi nazorati.
Nazoratning bu turlari ichida alohida o‗rin egallaydigani byudjet-moliya
nazorati hisoblanadi. Byudjet-moliya nazorati barcha darajadagi byudjetlarning,
davlatning byudjetdan tashqari fondlarining shakllanishi, davlat moliyaviy resurslari-
ning qonuniy va maqsadga muvofiq ishlatilishi ustidan nazoratni ta‘minlaydi.
Nazoratning bu turini O‗zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, uning qoshidagi
nazorat-taftish boshqarmasi, Moliya vazirligi G‗aznachiligi kabi ixtisoslashgan
operativ boshqarish va nazorat organlari amalga oshiradilar.
Davlat moliyaviy nazorati (22.2-rasm):
138
―O‗zbekistonRespublikasiByudjetKodeksinitasdiqlashto‗g‗risida‖giO‗RQ-360-son (26.12.2013)
O‗zbekistonRespublikasiQonunibilanqabulqilinganByudjetKodeksi. 26-bob, 170-modda.
305
Do'stlaringiz bilan baham: |