O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-MAVZU. BYUDJET NAZORATINI TASHKIL QILISH



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

21-MAVZU. BYUDJET NAZORATINI TASHKIL QILISH 
 
REJA: 
 
21.1. Byudjet nazoratining mazmuni, prinsiplari va ahamiyati 
21.2. Byudjet nazoratining turlari, shakllari va usullari 
21.3. Byudjet nazorati organlari, ularning guruhlanishi, ularning vazifa-
lari, huquq va majburiyatlari 
Tayanch so„z va iboralar:
davlat moliyaviy nazorati; byudjet-moliya nazorati; 
soliq nazorati; bojxona nazorati;valyuta nazorati;pul muomalasi nazorati; 
taftish;tekshirish; dastlabki nazorat; joriy nazorat; yakuniy nazorat; yoppasiga 
nazorat; tanlov asosidagi nazorat; kompleks nazorat; mavzuli nazorat; muqobil 
nazorat.
 
21.1.
 
Byudjet nazoratining mazmuni, prinsiplari va ahamiyati
 
Har bir mamlakatning iqtisodiy va ma‘naviy asosini davlat byudjeti tashkil 
etadi. Uning holatiga qarab nafaqat davlatning iqtisodiy qudratiga, balki ijtimoiy 
rivojlanishiga ketadigan sarf-xarajatlariga ham baho berish mumkin. Davlat byudjeti 
iqtisodiy siyosatning muhim vositasi hamda har qanday davlat moliya tizimining 
markaziy bo‗g‗inidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjeti nazoratini takomillashtirish 
muhim ahamiyatga molik masaladir. Rivojlangan mamlakatlarning deyarli barchasini 
o‗z domiga tortgan moliyaviy-iqtisodiy tanglikni keltirib chiqargan sabablardan biri 
davlat mablag‗ini haddan tashqari ko‗p, nazoratsiz sarflash ekani ayon bo‗lgan bir 
sharoitda bu muammo g‗oyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‗zbekistonda 
ishlab chiqilganInqirozga qarshi choralar dasturida qat‘iy tejamkorlik tizimini joriy 
etib, inqirozningsalbiy oqibatlarini yengillashtirish maqsadida byudjetmablag‗laridan 
foydalanishni nazorat qilishning qat‘iy choralari qo‗llanildi. Shuningdek, moliyaviy 
munosabatlarni tartibga solishda — soliqlar, tushumlar, bojlarning to‗liqvao‗z 
vaqtida to‗lanishi ustidan nazorat tizimini joriy etishda davlatning rolini oshirishga 
qaratilgan choralar ko‗rilayotgani o‗zini to‗liq oqlamoqda.
Mamlakat iqtisodiyoti va uning ajralmas qismi bo‗lgan byudjet tizimi samarali 
amal qilishining zaruriy sharti bo‗lib byudjet nazorati xizmat qiladi.
Byudjet nazorati davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ustidan davlat 
moliyaviy nazoratining tarkibiy elementi bo‗lib hisoblanadi. 
Bugungi kunda davlat moliyaviy nazorati ijtimoiy faoliyatning alohida bir 
sohasiga aylanib bormoqda. Davlat moliyaviy nazoratining obyekti bo‗lib 
boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va 
ishlatilishidagi taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi davlat 
moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va 
samarali, davlat mulkidan oqilona foydalanishni ta‘minlashga hizmat qilmog‗i lozim. 
O‗zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati quyidagilarni o‗z ichiga 
oladi: 


303 

dalat byudjeti va davlatning maqsadli jamg‗armalari mablag‗larining 
shakllanishi va ishlatilishi ustidan nazorat; 

pul muomalasini tashkil etish ustidan nazorat;
davlat kredit resurslaridan foydalanish ustidan nazorat; 

davlatning ichki va tashqi qarzlari holati ustidan nazorat; 

davlatning mulkidan foydalanish ustidan nazorat; 

davlat zahiralari ustidan nazorat. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, O‗zbekiston Respublikasida davlat 
moliyaviy nazoratiga quyidagicha ta‘rif berish mumkin. 
Davlat moliyaviy nazorati
tegishli davlat hokimiyati hamda mahalliy o‗z-o‗zini 
boshqarish organlarining davlat moliyaviy resurslari shakllanishi, taqsimlanishi, 
maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishi ustidan, shuningdek, davlat va mahalliy 
mulkdan qonuniy asosda foydalanish ustidan nazorat qilish yuzasidan moliyaviy 
huquq normalari bilan tartibga solinadigan maqsadli faoliyatdir. Bu faoliyatning 
asosiy maqsadi nazorat qilinadigan obyektlar faoliyatidagi kamchiliklarni topish va 
mansabdor shaxslarni jazolashdan iborat bo‗lib qolmasdan, balki bu kamchiliklarning 
oldini olish, ularga yo‗l qo‗ymaslik, ogohlantirishdan iboratdir 
Xozirgi kunda moliyaviy nazoratning muhim vazifalari sifatida quyidagilarni 
ajratib ko‗rsatish mumkin (21.1-rasm): 
 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish