57
soatgacha, 2- sinfda 1 – 1,5 soat, 3- sinfda 1,5 – 2 soat, 4- sinfda 2 soat vaqt
ajratilishi kerak.
b) O„quvchilarning alohida va guruhli ishlar.
Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad O‗quvchilarning o‗zlashtirgan
bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, O‗quvchilarnig
o‗zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat.
Guruhli mashg‗ulotlari butun sinf o‗quvchilari bilimidagi
kamchiliklar bir xil
bo‗lgandagina o‗tkaziladi. Bazan bunday mashg‗ulotlar individual xarakterda
bo‘lishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlarning tafsiloti: muvaffaqiyatga erishmoq
uchun u yoki bu o‗quvchining o‗zlashtirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo‗l
qo‗yadigan xatolarni aniq hisobga olish kerak: bu o‗quvchi qaysi bosqichda
―xatoga yo‗l‖ qo‗ygan, nimani yetarlicha o‗zlashtirmaganini
aniqlashga yordam
beradi deb xulosalanadi.
d) matematik sayohatlar.
Matematik sayohatlarning maqsadi – aniq hayotiy
dalil va taassurotlarni talab qilish.
Sayohat o‗tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‗lishi nihoyatda
muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va
o‗zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.
Maktabning joylashgan o‗rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga,
fabrikalarga, kombinatlarga, jamoa xo‗jaligi va
boshqa joylarga sayohatlar
o‗tkaziladi.
Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa
narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin.
e) matematikadan sinfdan tashqari ishlar.
2.Boshlang‗ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish
imkoniyatlari.
Darhaqiqat, o‗zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o‗tmishdayoq
olib borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli,
ma‘naviyati yuksak, komil mehnatsevar, vatanparvar bo‗lib tarbiyalanishiga yangi
g‗oya va ta‘limotlarni yaratganlar. Bular: Muso al-Xorazmiy (783–850), Abu
Rayhon Beruniy (973–1048), Ibn Sino(980 –1037); Umar Hayyom (1048–1131);
Nasriddin at-Тusiy (1201–1274); Ulug‗bek (2394–1449), G‗iyosiddin al-Koshiy;
Ali Qushchi (1402–1474); va boshqalarning bizga
qoldirgan boy meroslari
fikrimizga asos bo‗ladi. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning O‗qishi,
mehnati, odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta e‘tibor berilgan.
Jumladan, Nasriddin Тusiy fikri bo‘yicha o‗qituvchi o‗quvchilarni aql-zakovatiga
ta‘sir qilishi uchun o‗quvchilar ishonchini qozonish va qalbidan joy olish
mas‘uliyatini his qilishi lozim. Abu Nasr Forobiy o‗qituvchi faoliyatida
yoshlarning axloqiy me‘yorlari, amaliy ko‗nikma va malakalarini o‗zlashtirishga
yo‗naltirilganligi asosiy vazifalardan biri ekanligini ifodalaydi. Ibn Sino fikricha,
tarixiy manbaalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm narsalarning inson
58
aqli yordami bilan o‗rganilishi shaxs faoliyatida muhim hisoblanishini ta‘kidlab
o‗tadi. Abu Rayhon Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va
o‗rni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma‘noda
insonparvarlik asosida qurilgan. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik g‗oyalaridan
eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir.
Ota-bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o‗rganib, uni ta‘lim va
tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma‘naviyatli
va ijodkor mutaxassisning
muqaddas burchidir. Quyida biz boshlang‗ich sinflarda matematikadan dars
samaradorligini oshirishga doir to‗garak mashg‗ulotini dars tipida o‗tkazish
mumkin bo‗lgan namunasini tavsiya etamiz.
Matematikadan
darsdan
tashqari
mashg‗ulotlarlarning
samaradorligini
oshirishda tarixiy materiallardan foydalanishning taxminiy rejasi.
№ O‗rganiladigan
mavzular nomi
Darsning borishi
Kutiladigan natija
Тarixiy tushuncha
larni shakllantirish
manbalari
1
Natural
sonlarni
raqamlash va
ular ustida
arifmetik
amallar
Yashash uchun
raqamlarni zarurligi,
uni xalq ijodiyoti va
qadriyatlarida
ifodalanishi
Raqamlarni paydo
bo‗lish zaruriyati
va asoschilari
Al- Xorazmiyning
―Hind kitobi‖
risolasi ahamiyatini
bilish va
vatanparvarlik
hissiyotini
tarbiyalash.
2
Miqdorlar:
uzunlik, yuza,
vaqt, hajm,
og‗irlik
tushunchalari
va o‗lchov
birliklari
Тurli miqdorlarni
kelib chiqish tarixi,
ularni har kunlik
hayotga ishlatilishi.
O‗quvchilarni aniq,
mantiqiy fikrlashga
o‗rgatish
O‗nli pozision
tizimini o‗lchov
birliklarida tatbiq
etilishi.
O‗quvchilar ongli
ravishda buni
ishlatishi
Тurli xalqlarda
miqdorlarni
o‗lchashda
turli
o‗lchov birliklari,
ularning nomlari.
3
Kasrlar va
ulush
tushunchasi
Ulush va kasr
tushunchalari kelib
chiqish tarixi, turli
xalqlarni ulushlar
to‗g‗risidagi fikrlari
Kasrlarni kundalik
hayotda masala-
misollarni
yechishda to‗g‗ri
tatbiq etilishi.
vatanparvarlik
tarbiya
Qadimiy Misr,
Bobil liklarni kasr
haqidagi ta‘limoti.
G‗iyosidinal-
Koshiyning
―Arifmetika kaliti‖
asari.
4
Algebra
elementlari:
sonli va
o‗zgaruvchi
Algebraik
tushunchalarni kelib
chiqish tarixi.
Matematik
Algebra element
larini ongli
ravishda tushunish,
bilish, to‗g‗ri tatbiq
Muhammad -al-
Xorazmiyni ―Al-
jabr va al-
muqobala‖ asari va
59
Abu Ali ibn Sino haqida ma‘lumot
Abu Ali ibn Sinoning ―Al-hisob‖ nomli asari. Ibn Sinoning ―Ash-shifo‖ asari
bo‗limlaridan
biri riyoziyot, hisob (arifmetik), handasa (geometriya), aljabr
(algebra), (matematika) faniga kiradi.
Ibn Sino arifmetikasi arab tilida yozilgan bo‗lib, to‗rt bo‗limdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: