51
mehnat topshirig‗idir. Dars o‗quv shakli sifatida XVII asrdan ya‘ni 300 yildan
buyon mavjud. Darsni bolalar faqatgina o‗qib olmasdan balki jamoa bo‗lib
ishlaydir unda muloqotga bo‗lish qoidalariga o‗rganadilar va har biri alohida
o‗rganilayotgan narsada bir-biriga o‗qituvchiga o‗z munosabatlarini
bildiradilar
ana shu narsa tarbiyadir.
Darsning tuzilishi haqidagi masala matematika metodikasining umumiy qismi
asosiy masalalardan biridir.
Matematika darslarining tuzilishi xususiyatlarini tamoman tushunib olish uchun
har bir darsning tuzilishida hisobga olish lozim bo‗lgan didaktik qoidalar
bilan
tanishib olish va darsning tuzilishiga qanday bo‗lmasin ta‘sir qiladigan matematika
shu jumladn arifmetikada xos bo‗lgan xususiyatlarni nazarda tutish kerak.
Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar.
Darsni o‗tkazishga tayyorgarlik
ko‗rishda eng oldin darsning asosiy maqsadlarini aniq oydinlashtirib olish zarur.
Darsda nazariya bilan amaliyotning bog‗liqligi, algеbraik va gеomеtrik
elеmеntlarning arifmеtika bilan bog‗liqligi, didaktik maqsadlar amalga oshiriladi;
yangi matеrial bilan tanishtiriladi va mustahkamlanadi, malaka, ko‗nikmalar hosil
qilishga doir ishlar o‗tkaziladi. Har bir darsda turli
xil didaktik maqsadlar
ko‗zlanadi ular orasida bittasi bosh maqsad bo‗lib hisoblanadi, uni darsning asosiy
didaktik maqsadi deyiladi.
Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning
yordamida o‗qitilayotgan mavzuning mazmunini o‗quvchilarga ochib beradi. Bu
holda yangi tushunchalar bilan o‗quvchilarni tanishtirish bo‗lsa, ikkinchi holda
tanishtirilgan tushunchani kengaytirsh va chuqurlashtirish, uchinchisida esa, bilim,
malaka va ko‗nikmalarni tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida
aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O‗tilganlarni
takrorlash, o‗tilgan
bilimlarni yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o‗z ichiga oladi.
Yаngi materialni bayon qilish har kuni mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.
Maktablarning tajribasi darsning ma‘lum tuzilishini biladiki, ko‗pchilik
o‗qituvchilar bu tuzilishga rioya qilib, ma‘lum natijalarga erishmoqda. Odatda
darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o‗tgan
mavzu takrorlanadi, so‗ngra
o‗tgan mavzu yuzasidan savol – javob o‗tkaziladi. Shundan keyin yangi material
bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o‗quvchilarga misol va masalalar
yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa va unga
ko‗rgazmalar beriladi. Ba‘zan bu maqsadlardan bittasiga bag‗ishlanishi mumkin.
Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar
unga bo‗ysunadi.
Misol uchun ―Ikki xonali sonlarni xona birliklarining yig‗indisi bilan
almashtirish‖ mavzusiga bag‗ishlangan darsni qaraylik.
Dars maqsadi.
1. O‗quvchilarni 2 xonali sonlarni xona birliklarining
yig‗indisi bilan almashtirishga o‗rgatish.
52
2. Nollar bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo‗shish va ayirish
malakalarini mustahkamlash.
3. Sonni yig‗indiga qo‗shish xossalarini o‗rgatishga doir tayyorgarlik ishini
o‗tkazish.
Texnologik xarita tuzish darsni aniq rеjalashtirishga yordam bеradi.
Texnologik xarita darslarning to‗la ishlanmasidan iborat bo‗lmay, balki, shu dars
uchun majburiy bo‗lgan asosiy bosqichlarini o‗z ichiga oladi.
1. Dars № vaqti.
2. Mavzu:
3. Maqsadi:
4. O‗tilganlarni takrorlash, yangi mavzuni bayon qilishga tayyorlanish.
5. Yangi matеrialni bayon qilish usuli.
6. Mustahkamlovchi mashqlar tizimi.
7. Mustaqil ish.
8. Ko‗rgazmali vositalar.
9. Uyga vazifa.
Dars maqsadlarini muvoffaqiyatli amalga oshirishning to‗g‗ri yo‗llarini
topishga darsning ta‘limiy
va tarbiyaviy vazifalarini, irodani qiziqishlarini va
qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vazifalarni aniqlash yordam bеradi.
Dars mazmunini aniqlash uchun o‗qituvchi quyidagi talablarga rioya qilishi
kеrak.
1. Dars mazmuni dasturiga mos kеlishi va uning maqsadlaridan kеlib chiqishi.
2. G‗oyaviylik va e‘tiqodni tarbiyalash. Darsda o‗quvchilar dunyoqarashlarini
kundalik axloq asoslari sifatida shakllantirish uchun eng qulay, yaxshi sharoit
yaratish zarur.
3. Darsni turmush bilan, o‗quvchilarning shaxsiy tajribasi bilan bog‗liqligi.
4. O‗quv matеrialining o‗quvchilarga tushunarli
va ularning kuchlari
yеtadigan bo‗lishi.
Dars mazmuniga har xil masalalar, mashqlar kiradi. O‗qituvchi dars
mazmuniga mos bo‗lgan masalani tanlashi lozim.
Masalan: ―Ko‗paytirishning guruhlash qonuni‖ni quyidagi masala bilan
boshlash mumkin.
Zoomagazinga qushlar qamalgan qafaslar kеltirildi. Qafaslarni uch qatorga
har birida 5 tadan qafas qilib joylashtirildi. Har bir qafasda 2 tadan qush bor.
Qafaslardagi hamma qush qancha?
Qafasni to‗g‗ri to‗rtburchak, qushni uchburchak shaklida tasvirlashga kеlishib
olamiz va masalani modellashtiramiz.
53
Model bеrilgan va izlanayotgan miqdorlar orasidagi
munosabatlarni aniq
ko‗rsatish bilan birga o‗quvchilarning muammoli vaziyat mazmunini bilib
olishlariga, hamda mumkin bo‗lgan yеchish usullarini topishga yordam bеradi.
Yechilishi:
I – usul (5*2)*3=10*3=30
II- usul (5*3)*2=15*2=30
III- usul (2*3)*5=6*5=30
J: 30 ta qush.
Matеmatika darslarida bajariladigan asosiy ish turlari:
Do'stlaringiz bilan baham: