23
oddiy turi – yon konsolli hamda ballast prizmasining to’kilishini oldini olish
to’sig’i uchun chetlarida bortlari mavjud bo’lgan sidra yaxlit plitadir (2.2,a-
rasm).
Plita va konsollar ballast koritasining butkul maydoni bo’yicha tepadan
gidroizolyatsiya bilan himoyalangandir. Koritadagi suv konsollarda o’rnatilgan
quvur-novlar orqali oqib ketadi yoki chetki tayanch ortiga qochiriladi. Keyinggi
holatda quvur-novlar talab qilinmaydi, biroq, plita va chetki tayanch orasidagi
chokni izolyatsiya bilan qoplamoq hamda chetki tayanch orqa devori ortida
yaxshi drenaj yaratish kerakdir. Plitali oraliq qurilmalar o’zida bosh-keti bilan
tayanchlarga tayangan keng to’sinlarni namoyon qiladi. Тo’sinning pastki qismi
yuk ostida cho’zilgandir. Shu tufayli sterjenlar armaturalarining salmoqli qismi
bayoni pastda (2.2,b-rasm) plitaning bor eni bo’ylab birtekislikda (2.2,v-rasm)
joylashgandir. Barcha bo’ylama armatura zo’riqishlarni to’sinning eni bo’ylab
yanada tekis-ravonroq qabul qilishi uchun plita oraliqqa ko’ndalang yo’nalishda
taqsimlovchi armatura bilan armaturalangan. Bunday armatura, oraliqning eni
bo’ylab bir xil bo’lmagan yuklantiruvda ko’ndalang yo’nalishdagi egilishdan
vujudga keladigan zo’riqishlarni qabul qiladi. Bunday zo’riqishlar oraliq
bo’ylab egilishdan paydo bo’ladigan zo’riqishlarga nisbatan sezilarsiz bo’lib,
shuning uchun ham taqsimlovchi armatura sterjenlarining diametri ishchi
armaturadagilarga qaraganda kamroqdir. Ballast prizmasini tutib turuvchi
konsollar bir oz boshqacharoq armaturalanadi. Yuk, konsolning erkin uchini
pastga egib, uni plitadan sindirib olishga intiladi. Shu o’rinda konsolning
tepasida cho’zilish, pastda esa – siqilish paydo bo’ladi, ya’ni uzlukli to’sinlar
hosil bo’ladiganiga teskaridir. Konsolda qiya cho’zuvchi kuchlanishlar ham
vujudga keladi. Shuning uchun ishchi cho’zilayotgan armatura konsolda
bukiklarini pastga qaratib tepada o’rnatiladi.
Ko’ndalang kesimlari 2.3,a-g -rasmda keltirilgan, plitali oraliq qurilmalar
odatda kichik ko’priklarda qo’llaniladi. Plitali qurilmalarning afzalligi – ham
quyma, ham yig’ma variantlarida konstruksiyasi va tayyorlanishining
soddaligidir. Hozirgi vaqtda barcha plitali oraliq qurilmalar industrial usulda
yasaladi, temir yo’l platformalarida bloklar ko’rinishida tashiladi va mahsus
kranlar vositasida o’rnatiladi. Plitali oraliq qurilmalarning asosiy kamchiligi –
beton va armaturaning ortiqcha sarflanishidir.
Chunonchi pastki cho’zilgan zona betoni ishda qatnashmaganligi tufayli,
plitali oraliq qurilmalarning pasti bo’ylab ko’ndalang o’lchamlarini kamaytirish
mumkin (2.3,v-rasm). Undan tashqari, ushbu variant bo’yicha bajarilgan oraliq
qurilmalarni qolipdan bo’shatish osonroqdir
. Тemir yo’l ko’priklarining,
turkumiy loyihalar bo’yicha yasaladigan plitali oraliq qurilmalari tepasi
bo’yicha ballast prizmasini shakllantirish uchun zaruriy doimiy 418 sm
kenglikka ega. Agarda eski plitali oraliq qurilmani almashtirish uchun yangisini
yasash talab qilinsa, oraliq qurilma kengligining tepasi bo’ylab 400 sm ga teng
qabul qilish mumkin (2.3,v,g-rasm). Oraliq qurilmaning balandligi oralig’ining