ℓ
2
= 0,3
ℓ
1
(2.1,v-
rasm).
Konstruktiv shakliga ko’ra plitali, qovurg’ali va qutisimon oraliq
qurilmalar farqlanadi (2.1-rasm, 1, 2, 3, 4).
Armaturalash turiga ko’ra – zo’riqtirilmaydigan armaturali (2.1-rasm, 1, 2,
6, 7) hamda zo’riqtiriladigan armaturali (2.1-rasm, 3, 4, 5) konstruksiyalarga
bo’linadi. Тemir yo’l va avtoyo’l ko’priklarida sterjenli zo’riqtiriladigan
armaturali betonni qisman zo’riqtirib qo’llashga ruhsat etiladi. Bunday oraliq
qurilmalarda betonning yoriqbardoshligi doimiy yuklar ostida ishlashida
ta’minlanadi. Harakatlanuvchi vaqtincha yuk ularda oraliq qurilmaning
20
cho’zilgan zonada yoriqlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ishchi armaturani tortib
taranglash kuchi shunday tanlanadiki, betondagi yoriqning ochilishi,
armaturada korroziyani keltirib chiqaradigan chegaraviy qiymatidan kamroq
bo’lsin. Yuk ko’prikdan tashqariga chiqib ketishi bilan yoriqlar berkiladi.
Ishlarni amalga oshirish usuli bo’yicha, ko’prik qurilish joyida bunyod
qilinadigan quyma (monolit) (2.1-rasm, 6, 7); zavodda yoki poligonda
yasaladigan yig’ma (2.1-rasm, 1, 2, 3); yig’ma-quyma oraliq qurilmalar
farqlanadi. Oxirgi holatda oraliq qurilma, quyma o’rnatmalar bilan
barlashtiriladigan yig’ma elementlardan iboratdir. Oraliqlari 40 m va undan
ortiq bo’lgan oraliqlarga ega temirbeton ko’priklarni bunyod qilishda, qoidaga
ko’ra, ortiqcharoq bikrlikka ega bo’lgan qutisimon kesimli to’sinlar (2.1-rasm,
4) qo’llaniladi.
2.1-rasm. Qatnov ballast uzra bo’lgan temirbeton oraliq qurilmalarning
to’sinli tizimlari va eguvchi momentlarning epyuralari: a – uzluklilardagi;
b-c – konsollilardagi; 1 - 7 – ko’ndalang kesimlarning turli xillari
Тemir yo’l ko’priklari uchun uzunligi 16,5 m gacha bo’lgan oraliq
qurilmalar, qoidaga ko’ra, zo’riqtirilmaydigan armaturali oddiy temirbetondan,
zo’riqtirilgan armaturali yirik oraliqlarda esa – ihtisoslashgan zavodlar va
poligonlarda turkumiy loyihalar bo’yicha yasaladi. Oraliq qurilmalarning har
xil o’lchamlilarini qisqartirish uchun, ular unifikatsiyalanadi. Oraliq
21
qurilmalarning turli detallari ham – armatura o’ramlari, to’rlari, trotuar bloklari,
panjara-to’siqlari, suv qochirish detallari, tayanch qismlari, gidroizolyatsiya va
hokazolar
unifikatsiyalanadi
.
Хolbuki,
butkul
unifikatsiya
va
optimallashtirishga erishishning amalda iloji yo’qligi sababli, barcha temirbeton
oraliq qurilmalar seriyalarga bo’lingandir
. Тipovoy oraliq qurilmalarning asosiy
tafsilotlari 2.2-2.5-rasmlarda keltirilgan.
2.2-rasm. Plitali temirbeton oraliq qurilma: a – umumiy ko’rinish;
b – bo’ylama qirqim; v – ko’ndalang qirqim
Kenglik amalda o’zgarishsiz qolmoqda, uni yangi ko’priklar uchun to’ppa-
to’g’ri uchastkalarda 418 sm, almashtirishda esa – 400 (418) sm ga teng deb
qabul qilmoq lozim. Bitta blok plitasining kengligini mos tarzda 208 sm yoki
199 sm ga teng deb qabul qilmoq lozim. Chaqiqtoshni uni tozalagich
mashinalar vositasida mexanizatsiyalashgan tozalovi ko’zda tutiladigan temir
yo’l uchastkalarida oraliq qurilma bitta bloki plitasining kengligini 257 sm ga
(to’ppa-to’g’ri uchastkadagi ko’prik) hamda 279 sm ga (radiusi R > 300 m
bo’lgan egrilikdagi ko’prik) teng qabul qilmoq lozim. Chaqiqtoshtozalagich
mashinalarni o’tishida to’sinlararo masofa 240 sm gacha orttirilishi kerak.
Ballast koritasi plitasining qalinligini kamida 15 sm (qovurg’alar aro zonada)
hamda konsollarning uchlarida – kamida 10 sm qabul qilinadi. Oraliq qurilma
bloki tashqi bortchasining balandligi foydalanish sharoitlariga bog’liq holda 35
sm dan 70 sm gacha o’zgaradi. Gidroizolyatsiyani to’ldirib berkitish uchun
zarur bo’lgan ichki bortcha suv qochirish bir tomonlama bo’lganida ko’zda
tutilmaydi.
Plitali oraliq qurilmalarning ichi kavak bloklarida qovurg’alar va tepadagi
plitalar qalinligi kamida 10 sm, pastki plitalar qalinligi kamida 12 sm qabul
qilinadi
. Тemir yo’l ko’priklarining qovurg’ali oraliq qurilmalarida qovurg’a
qalinligi unda armatura o’ramlarining mavjud emasligida kamida 12 sm va
ularning mavjudligida esa kamida 15 sm bo’lishi kerak. Qutisimon oraliq
qurilmalarda ushbu qalinliklar, shuningdek pastki plitalarning qalinliklari mos
tarzda kamida 15 va 18 sm belgilanadi. Quyma (monolit) trotuarlarning eng
22
kam qalinligi 8 sm, yig’ma (yechma) trotuarlarning eng kam qalinligi 6 sm.
Diafragmalar va bikrlik qovurg’alarini kamida 10 sm qilib belgilamoq lozim.
Zo’riqtirilmaydigan ishchi armaturalar uchun betonning himoya qatlami kamida
3 sm; zo’riqtirilmaydigan xomutlar uchun – kamida 2 sm; zo’riqtiriladigan
armatura uchun – kamida 4 sm; zo’riqtiriladigan xomutlar uchun – kamida 3 sm
bo’lishi kerak.
Armatura sterjenlari aro masofa quyidagicha belgilanadi: bir qatorda
joylashtirishda kamida 4 sm; ikki qatorda – kamida 5 sm; armaturani uch va
undan ortiq qatorda joylashtirishda – kamida ikki diametrga teng (yoki 5 sm).
Armaturaning siqilishib joylashtirilishida ikki yoki uch sterjenlab tirqishsiz
guruh-guruh qilish ruhsat etiladi. Bunday hollarda sof oraliq mos tarzda kamida
5…6 sm bo’lmog’i lozim. Davriy profilli armatura sterjenlari, shuningdek
sterjenlarning (shu jumladan silliqlarining ham) uchlari payvandli to’rlarda
uchlari bo’yicha ilmoqlarga ega bo’lmasligi mumkin. Cho’zilgan zonada
joylashtiriladigan silliq sterjenlar o’z uchlarida ilmoqlarga ega bo’lmog’i lozim.
Bukmalarni egiluvchi konstruksiyaning siqilgan zonasida ankerlamoq lozim.
Cho’zilgan zona bo’ylama armatura sterjenlarini tayanch qism o’qi ortiga
sterjenning kamida 10 diametriga teng masofaga o’tkazish zarur
. Тo’sining yon
sirtlariga tutashadigan chetki sterjenlarni to’sinning boshi va oxirida 90°
burchakka bukmoq hamda uning tepa uchini to’sin balandligining yarmigacha
davom ettirmoq lozim. Zo’riqtirilgan armatura tashqi yoki ichki ankerlarga ega
bo’lishi kerak.
Plitalarning taqsimlovchi armaturasi 25 sm dan ortmaydigan qadam bilan
o’rnatiladi. Plitalar ishchi armaturasining qadami 15 sm dan ortiq qilib
belgilamaslik kerak. Uzlukli to’sinlar qovurg’alaridagi xomutlarning (ularning
balandligiga teng tayanch oldi uchastkalaridagi) qadamini ko’pi balan 10 sm;
bosh va oxirgi uchastkasining chegarasidan oraliqning ¼ qismigacha – ko’pi
bilan 15 sm, oraliqning ¼ qismidan uning yarmigacha – ko’pi bilan 20 sm qabul
qilmoq tavsiya etiladi. Plitali oraliq qurilmalarda to’sining boshi va oxiridan
uning oralig’i 1/4 qismigacha xomutlarning qadami ko’pi bilan 15 sm, 1/4
oraliqdan uning o’rtasigacha – 25 sm bo’lishi kerak. Ayrim to’rlar bo’ylama
sterjenlarining kamida 30 diametri uzunligida o’zaro ustma-ust o’tkazib
tutashtiriladi. Issiq ishlov berib puxtalangan sterjenli armatura, qoidaga ko’ra,
jilvirli doira vositasida choklar zonasidagi kuchlanishlarning konsentratorlarini
kontakt payvandlovi yordamida bartaraf etib tutashtiriladi. Payvandli
choklarning miqdori kesimning cho’zilgan zonasidagi ishchi armatura umumiy
miqdorining 25% idan oshmasligi kerak.
Oraliq qurilmalar ko’ndalang kesimining yakuniy geometrik o’lchamlari,
ishchi armaturaning miqdori va zo’riqtirilgan armaturaning oldindan
kuchlantirish zo’riqishini, yuqorida bayon qilingan konstruktiv talablarni
e’tiborga olgan holda tegishli hisob-kitoblar bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |