k
kuchlanish bilan cho’zish orqali uni
mutanosiblik chegarasini oshirishga
asoslangan.
σ
k
kuchlanish bilan qayta
cho’zilganda,
uning oquvchanlik
chegarasi ko’tariladi (2-egrilik).
Armaturali sterjenni ketma-ket kichrayadigan teshikdan zo’rlab sug’irish
yo’li bilan ham mexanik usulda puxtalasa bo’ladi. Bunda
σ
s
–
ε
s
bog’lanish
deyarli armatura uzilishigacha to’g’ri chiziqli bo’lib qoladi (3-egrilik) va bu
uning me’yoriy qarshiligi qilib qabul qilinadi.
Po’lat armaturani 3...5 % ga cho’zilsa, uning ichki kristall tuzilishi ma’lum
darajada o’zgaradi, bu o’zgarish armatura mustahkamligini oshiradi. Armatura
qayta cho’zilsa, cho’zilish diagrammasi boshlang’ich diagrammadan farq
qiladi.
Ma’lumki, po’latning asosiy fizik-mexanik xossalari material namunasini
cho’zishga sinash jarayonida olinadigan «kuchlanish – deformatsiya» (
σ – ε)
diagrammasida o’z aksini topadi. Bu diagrammaga ko’ra armatura po’latlari
quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Oqish chegarasi aniq ko’rinadigan yumshoq po’latlar;
2. Oqish chegarasi aniq ko’rinmaydigan o’tda toblangan po’latlar;
3. Deyarli uzilgunga qadar «
σ–ε» diagrammasida chiziqli bog’lanishga ega
bo’lgan o’ta mustahkam po’latlar.
Po’latning asosiy mustahkamlik tavsiflari quyidagilardir:
– birinchi turdagi po’latlar uchun oqish chegarasi
σ
u
elastiklik chegarasida
bo’ladi (1.2,a-rasm);
– ikkinchi va uchinchi turdagi po’latlar uchun shartli oqish chegarasi
σ
0,2
(bu kuchlanishning shunday qiymatiki, namunaning qoldiq deformatsiyasi 0,2%
ni tashkil etadi), shartli elastiklik chegarasi bo’ladi (1.2,b-rasm);
– po’latning vaqtli qarshiligi (mustahkamlik chegarasi) –
σ
su
, uzilishidagi
15
chegaraviy uzayish va h.k.
Kam uglerodli po’latlarda oqish maydonchasi mavjud bo’lib, plastikligi
20% ni (
ε
n
=20%) tashkil etadi. Mo’l uglerodli po’latlarni plastikligi ikki
marotaba kam bo’ladi. Chegaraviy uzayishi qisqa bo’lgan armaturalar mo’rt
bo’lib, yuk ta’sirida birdaniga uzilishi, natijada konstruksiya buzilishi mumkin.
Plastiklik xossalari yuqori bo’lgan po’latlar temirbeton konstruksiyalarining
ishlashi uchun qulay sharoit yaratadi; statik noaniq tizimlarda, shuningdek,
dinamik kuchlar ta’sirida buning ahamiyati ayniqsa kattadir.
Me’yoriy xujjatlarda armaturaning uzilishidagi nisbiy uzayishining eng
kam miqdori beriladi. Bu qiymatlar A–I – 25%; A–II – 19%; A–III – 14%; A–
IV – A–VI – 6% ga va termik mustahkamlangan armaturalar uchun esa At–IV;
At–V; At–VI nisbiy uzayishi 8,7 va 6% ga teng.
Yumshoq po’latlar (A–I, A–II, A–III) oddiy haroratda tob tashlamaydi.
Yuqori uglerodli armaturalar esa betonga o’xshab tob tashlash xususiyatiga ega.
O’tda toblangan armaturalarni payvandlash yaramaydi, chunki bunda armatura
qiziganda mustahkamligi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |