93
6.1 Menejer tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari
.
Menejer
–bu boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va bozor sharoitlarida
faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma‘lum turlari bo‘yicha qarorlar qabul
qilish vakolatlarga ega bo‘lgan odamdir. Menejerlar tashkilotda har xil o‘rinlarni
egallaydilar (direktor, guruh rahbari, ishlarning ma‘lum
turlarining tashkilotchisi,
boshliq, mudir va h.k.), judayam bir xil bo‘lmagan masalalarni yechadilar, har xil
vazifalarni bajaradilar.
Tashkilot menejersiz mavjud bo‘lishi mumkin emas, chunki ular quyidagi
vazifalarni bajaradilar:
tashkilotdagi alohida operatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatadi- lar;
tashkilot
tomonidan
o‘zining
asosiy
belgilanishini
bajarilishini
ta‘minlaydilar;
tashkilot yoki bo‘linma jamoasiga rahbarlikni amalga oshiradilar;
obro‘si, yuqori kasbiy mahorati va ijobiy hissiyotlaridan foydalangan holda
qo‘l ostidagilarni o‘zining orqasidan olib borishga qodir yetakchi rolida bo‘ladilar;
tashkilot faoliyatining strategiyasini ishlab chiqadilar;
tashkilot faoliyatining natijalari uchun javobgarlikka ega bo‘ladilar;
tashkilotga tegishli bo‘lgan shaxslar yoki idoralarning mafaatlarini
ta‘minlaydilar;
tashkilotning tashqi muhit(hokimiyat, sheriklar va h.k.)
bilan aloqasi
bo‘yicha asosiy bo‘g‘in rolini bajaradilar;
jamoani tashkil qiladilar va uni rivojlanishini kerakli yo‘lga yo‘naltiradilar,
yuqori ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan holda, jamoa a‘zolarini tarbiyalaydilar;
hozirgi sharoitlardagi fanning rolini tushunuvchi, u yoki bu kashfiyot yoki ―
nou-xau‖ ni baholashni biluvchi va ularning darhol ishlab chiqarish (tijorat)ga
tadbiq etuvchi innovator rolida bo‘ladilar;
g‘oyani ishlab chiqadilar, undagi kuchli va zaif tomonlarini topadi- lar,
muammoning mohiyatiga qarashga, haqiqatgacha surishtirib bilishga intiladilar;
qilinganlarni tahlil qiladilar,
baholaydilar, ishlarining holati- ni yaxshilash
bo‘yicha tadbirlarni belgilaydilar va amalga oshiradilar;
tashkilotni har xil tadbirlarda nomoyon qiladilar.
Bu borada xorijiy olimlardan Ricky W.Griffin o‘zining 2015 yilda chop
etilgan ―Fundamentals of management‖ nomli kitobida menejerlar maqsadga
erishishda tashkilot resurslaridan foydalanishga ma‘suldirlar.
Aniqroq qilib
aytganda, menejer tashkilot samarali maqsadga erishish uchun tadbirlar natijasi,
ya‘ni rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat,
qaror qabul qilishda
ma‘suldir. Zamonaviy menejerlar o‘z faoliyatlarida turli vaziyatlar bilan
to‘qnashadilar. Yaxshi rahbarlar tashkilotni misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga,
qirollikga olib chiqishlari mumkin, aksincha bo‘lsa korxonani vayron qilishlari
mumkin.
8
Menejerning vazifalari va ular amalga oshirilayotgan
vaziyatlar turli
tumandir, shunga qaramasdan uchta asosiylarni ajratish mumkin.
8
Ricky W. Griffin. ―Fundamentals of management‖. Eighth Edition. year 2015 .
94
Birinchidan, menejer tashkilotning asosiy vazifalarini belgilaydi, resurslarni
taqsimlash masalalarini hal qiladi, joriy tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi,
bunda u qabul qilingan qarorning oqibatlari uchun javobgarlikka ega bo‘ladi.
SHuning uchun menejer nafaqat qarorning eng yaxshi variantini tanlashi, balki o‘zi
rahbarlik qilayotgan jamoani ma‘lum yo‘nalishga olib borishga jazm qilishi kerak.
Ikkinchidan, menejer ichki va tashqi muhit haqidagi axborotlarni to‘playdi,
ularni tarqatadi va nihoyat tashkilotning maqsadlarini tushuntirib beradi.
Menejerning ishining natijasi uning qancha axborotga ega bo‘lishiga bog‘liqdir.
Uchinchidan, menejer tashkilotning ichidagi va tashqarisidagi munosabatlarni
shakllantiruvchi, tashkilot a‘zolarini maqsadlarga
erishishga undovchi, ularning
harakatlarini muvofiqlashtiruvchi, tashkilotning vakili sifatida harakat qiluvchi
rahbar sifatida bo‘ladi. U odamlar orqasidan borishga tayyor bo‘lgan kishi bo‘lishi
kerak.
Menejerlarning tashkilotdagi o‘rniga, ular tomonidan hal qilinadigan
vazifalarga ko‘ra ushbu vazifalar ularga ko‘proq
yoki kamroq darajada mos
bo‘lishlari mumkin. Ammo har bir menejer albatta qarorlar qabul qiladi, axborotlar
bilan ishlaydi va tashkilot(bo‘linma)ning rahbari bo‘ladi.
Menejerlarni an‘anviy ravishda uchta darajaga: qo‘yi, o‘rta, yuqoriga
bo‘ladilar (5.1 rasm)
Yuqori darajadagi
menejerlari
O‘rtacha darajadagi
menejerilar
Quyi darajadagi
menejerilar
Do'stlaringiz bilan baham: