O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Mavzu bayoni 


275 
Bu xabar tez orada butun Samarqand viloyatiga va boshqa hududlarga ham tarqab ketdi. 
Jumladan 7-iyulda Xo‘jand voqeasidan xabar topgan Samarqand viloyatining Dahbed 
qishlog‘ida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Bir necha ming kishi qatnashgan bu qo‘zg‘olonga mulla 
Usmon Abdurasulov, Gadoy Abduqodirov, Xolmo‘min Xolmurodov, Azizqulmurodov, 
Muxtor Hafizov singari xalq fidoyilari boshchilik qiladilar. Qo‘zg‘olonchilar bo‘lim 
boshqaruvchisining mirzasi Qobulovni o‘ldirdilar. Qo‘zg‘olon qatnashchilaridan Usmon 
Abdurasulov boshchiligida 30 kishi hibsga olindi va turmagatashlandi. 
Qo‘zg‘olonning asosiy markazi Jizzax shahri va uyezdi edi. Qo‘zg‘olon ko‘targan 
Jizzax xalqi chor ma’murlarining kamsituvchilikdan iborat mustamlakachilik siyosatiga 
qarshi kurashga otlandilar. Podsho farmoniga ko‘ra Jizzax viloyati bo‘yicha 10531 kishi 
mardikorlikka safarbar etilishi kerak edi. 
Shu jumladan Jizzax shahridan 655 kishi, Zomin volosti bo‘yicha 731 kishi, Sangzor 
volostidan 2891 kishi, Sintob volostidan 508 kishi, Bog‘dod volosti bo‘yicha 2311 kishi1 
front orqasidagi ishlarga olinishi ko‘rsatildi. Ammo podshoning safarbar bo‘yisha tadbirlari 
mehnatkash xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi, aksincha, ommaning qahr g‘azabi va 
nafrati kuchayib, ommaviy
qo‘zg‘olongaaylanib ketdi.
Bu qo‘zg‘olon davomida o‘zining butun qalbi-vujudini mehnatkash xalq baxtiga 
baxshida etgan haqiqiy qahramonlar yetishib chiqdilar. 
Nazirxo‘jaAbdusalomov, Mulla 
Mahamad Rahim, Ziyoqori Abdullayev, Mamasharif Husanov, M.O‘rinxo‘jayev, Musabek 
To‘rabekov, Abdulla Ochilov
va boshqalar shular jumlasidandir.
Sho‘rolar hokimiyati yillarida laganbardor tarixchilar Jizzax qo‘zg‘olonining asl 
mohiyatini soxtalashtirib, buzib talqin qiladilar va unga diniy tus berdilar. 
Masalan, 
1960-yilda 
Moskvada 
A.V.Pyaskovskiy, 
T.A.Elionov, 
A.G.Zima, 
O.K.Kuliyev, X.T.Tursunovlar tahririda nashr qilingan «O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi 
1916-yil qo‘zg‘oloni. Hujjatlar to‘plami»da chor podshosi arxividan olingan 508 ta e’lon 
qilinmagan hujjatlar berilgan. Ammo bu qo‘zg‘olonning tub mohiyatini ochib beruvchi bir 
qator hujjatlar to‘plamga atayin kiritilmagan.
Masalan, Samarqand viloyati gubernatori, general-mayor N.S.Likoshinning 1916-yil 
20-sentabrdagi Samarqand atrofidagi 50 qishloqni yer bilan yakson qilish uchun bergan 
hammaga ma’lum buyrug‘i, Harbiy tribunalning qo‘zg‘olon rahbarlariga qo‘ygan ayblari va 
1916-yil dekabrda chiqargan hukmi, qo‘zg‘olonga qarshi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 
ishlarning rejalari, general-gubernator Kuropatkinning qo‘zg‘olonni majaqlab tashlash 
to‘g‘risidagi buyrug‘i va qo‘zg‘olon avj olgan joylarning xaritasi kabi hujjatlar to‘plamga 
kiritilmagan. Mazkur hujjatlar to‘plamida Turkiston milliy burjuaziyasi podsho tarafida 
turganligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri fikr ilgari suriladi. 
A.V.Pyaskovskiyning bu to‘plamga yozgan so‘zboshisi ham deyarli ilmiy ahamiyatga 
ega emas. Ammo bu to‘plam mazkur mavzuni o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Bu qo‘zg‘olonning milliy-ozodlik xarakterini xaspo‘shladilar. Holbuki Jizzax 
qo‘zg‘olonini qon bilan bostirgan chor Rossiyasi zobitlarining o‘zlari bu qo‘zg‘olonni 
Rossiya hukumatiga qarshi qaratilganligini o‘z vaqtida ochiq-oydin tan olib aytganlar.
Samarqand viloyati harbiy gubernatori N.Likoshin bergan axborotda jumladan 
quyidagilarni o‘qiymiz: «Norozilik harakati ko‘tarila bordi, goh u yerda goh bu yerda ur-
yiqitlar va o‘ldirishlar sodir bo‘ldi. Mahalliy amaldorlarning tushuntirishlari va 
ogohlantirishlari xalqqa ta’sir qilmadi. Ma’murlarning so‘zlariga xalqning mutlaqo ishonchi 
qolmadi, nihoyat bu harakat Rossiya hukumatiga qarshi ochiq qo‘zg‘olon tusini oldi».
Chor Rossiyasining Jizzax qo‘zg‘olonining milliy mustamlakachilik zulmiga qarshi 
umumxalq qo‘zg‘oloni ekanligini tasdiqlaydigan adolatli qarashlari 1916-yildagi boshqa 
rasmiy hujjatlarda ham tan olingan. Jumladan, chor hukumat tomonidan qo‘zg‘olonchilarni 
jazolash uchun tuzilgan favqulodda sud aybnomalarining birida Jizzax volostidagi qo‘zg‘olon 
xalq harakati ekanligi e’tirof etilgan. Ana shu aybnomada bayon qilinganidek 12–13-iyul 
kunlari Jizzax uyezdi Yom volosti aholisi qo‘zg‘alib, otliq va yayov bo‘lib, mustamlaka 
ma’murlari, volost boshqaruvchisi va oqsoqollarga qarshi shiddatli hujum boshladi.
Qirq qishlog‘ida Karim Orziqulov boshliq olomon ellikboshilardan Norcha va 
Qulbeklarni o‘ldirishdi. Qo‘zg‘olonchilarni Turdibek Xudoynazarov boshchiligidagi 500 


276 
kishilik yana bir guruhi Chuqurtoqqishloq oqsoqoli Mulla Mahkamboy Mulla Ro‘ziqulovni 
toshbo‘ron qilib o‘ldirdi. Zomin pristavi Sobolev qurolli qo‘zg‘olon soqchilar va tarjimoni 
bilan Yom volostiga kelib qo‘zg‘olon tashabbuschilaridan yetti kishini, shu jumladan, Karim 
Orziqulov bilan Turdibek Xudoynazarovni qo‘lga tushirib, soqchilar hamda Yom volost 
boshqaruvchisi Mulla Fozilov bilan Zominga jo‘nadi. Lekin ular yo‘lda 800 kishilik 
qo‘zg‘olonchilarning hujumiga duch keldi. Yom volostidagi singari qo‘zg‘olon harakatlari 
Yangi qo‘rg‘on, Zomin va boshqa volostlarda ham bo‘lgan.
Mana shunday eng og‘ir va hal qiluvchi damlarda mahalliy hokimiyat vakillari 
mustamlakachi chor ma’murlariga yordam berganlar va o‘z millatlarining manfaatlariga 
xiyonat qilganlar. Buni quyidagi dalil yorqin ifoda etadi.
Jizzax shahri mehnatkashlarining qo‘zg‘olonlaridan tashvishga tushgan Jizzax uyezdi 
hokimi Rukin Eski shahar aholisining bir qismini katta masjidga to‘plab, agar ular 
hukumatga qarshilik ko‘rsatsa, hammaning mol-mulki musodara qilinib, uylari yakson 
qilinajagini aytgan. Mahalliy ma’muriyat vakillari Akrom to‘ra, Muxtorxon to‘ra, Abdusamad 
Maxsum va boshqalar uyezd boshlig‘iga ta’zim qilib, podsho farmonini to‘la ma’qullab, uni 
shubhasiz bajarish va xalq harakatini bostirishda chor ma’murlariga yordam ko‘rsatishga 
va’da berishdi. Mirzaahmad tilmoch hokimning so‘zini tarjima qiladi va «Imperator a’zam 
janoblari xalqdan mardikorlikka odam olishni buyurgan. Imperator janoblarining buyruqlari 
shariat qonunidan ham afzal, shuning uchun albatta bajarilishi kerak», – deb yaltoqlik qiladi.
Mustamlakachi va mahalliy ma’murlarning o‘zaro til biriktirib xalq ommasiga nisbatan 
ishlatgan zo‘ravonlik, do‘q-po‘pisa siyosati mehnatkashlarning nafrat va nadomatini yanada 
battar oshirdi. Mehnatkash xalq milliy zulm va zo‘rlikka qarshi yoppasiga qo‘zg‘olonga 
ko‘tarildi. 
G‘azabi to‘lib toshgan xalqning erk uchun kurashi o‘z qahramonlarini yaratdi. O‘zbek 
shoiri Fozil Yo‘ldosh(1872–1955) ning «Jizzax qo‘zg‘oloni» dostonida bu qo‘zg‘olon 
manzarasini yorqin bo‘yoqlardaaks ettirgan. Fozil Yo‘ldosh o‘z dostoni-ni yaratishdan oldin 
qo‘zg‘olonning bevosita qatnashchilari 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish