O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

 
 
 
12-mavzu. Turkiston o’lkasida jadidchilik harakati va siyosiy 
harakatlar. (4 soat) 
Reja: 
1.
Jadidchilik harakatining vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoitlar. Jadidchilik 
ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy va istiqlolchilik harakati 
sifatida maydonga chiqishiga turtki bo’lgan omillar. 
2.
Turkiston o’lkasi jadidchilik harakati namoyondalari va ularning milliy uyg’onishda 
va o’zlikni anglashda tutgan o’rni.
3.
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), 
Bexbudiy (1875-1919) va boshqalar faoliyati. 
4.
Jadid maktablari-«usuli savtiya», ya’ni tovush oxangiga asoslangan jadid 
maktablarining tashkil topishi va rivojlanishi.
5.
Jadid milliy matbuoti. Jadid madaniy-ma’rifiy tashkilotlari va jadid adabiyoti. 
6.
Jadidlarning siyosiy qarashlari. Turkiston o’lkasida yangi siyosiy partiyava 
tashkilotlar.
Tayanch tushunchalar: 
Jadid, Ismoil G’aspirali, Bog’chasaroy, Tarjimon, “Usuli 
savtiya”, Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Uchqun, Yosh buxoroliklar, 
yosh xivaliklar, Mirkomil Mirmo’minboyev, Tarbiyaiy atfol, Shuroi Islomiya, 
Turon.
 
Turkistonda o‘rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida 
yanada kuchaydi, mahalliy xalqni iqtisodiy jihatdan talash, ezish bilan birga, ularni jaholatda 
tutib turish, ma’naviy qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maq sadda 
o‘lkaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdo-sanoatchilar, muhandis-texniklar, ruhoniylar, 
ilmiy kuchlar, ishchilardan iborat malaylarini safarbar etgan edi. Zolimlar qanc halik 
urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodlik uchun intilishini so‘ndirolmadi, milliy-ozodlik 
harakati kuchayib bordi. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o‘ylovchi ziyolilar, mahalliy 
burjuaziya vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg‘otish, milliy ongini oshirish, birlashtirish 
uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi, jadidlar harakati vujudga keldi.
Jadidl arning asosiy g‘oya va maqsadlari Turkistonni o‘rta asrlarga xos qoloqlik va 
diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish, Buxoro va 
Xivada parlament, demokratik respublika tizimini o‘rtanish orqali ozod va farovon jamiyat 
qurilishdan iborat edi.
Sharq bilan G‘arbni taqqoslab, musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan, Rossiya 
tasarrufiga olingan musulmonlarning ja hon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar 
farzandi Ismoil Gaspirali (1851–1914) birinchilardan bo‘lib angladi. U turkiy xalql ar 
ma’naviyat-ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar daraja si ga ko‘tarish harakatini 
boshlab berdi. Ismoil Gaspirali maorifni isl oh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o‘qitish 
masalasini ko‘tar di. U 1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos 
soldi. 
«Jadid» arabcha so‘z bo‘lib «yangi» degan ma’noni bildiradi. Ismoil Gaspirali o‘zi 
tashkil etgan maktab o‘quvchilari uchun o‘quv das turi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun 
ichida 12 o‘quvchining savodini chiqariyb, tezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasinichi
qarib, o‘z g‘oyalarini yoydi. 1898-yilda «Rahbari muallimin yoki muall imlarga yo‘ldosh» 
kitobini nashr etib, jadid maktablarining qurilishi, dars o‘tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va 
imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi. 
Ismoil Gaspirali g‘oyalari Turkistonga ham kirib keldi. U 1893-yilda Turkistonga kelib, 
ilg‘or ziyolilar bilan uchrashdi, Buxoroda amir huzurida bo‘lib, bitta jadid maktabi ochishga 
rozilik oldi. Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usuli jadid» 
maktablarini tashkil etishga kirishdilar. 1898-yilda Qo‘qonda Salohiddin domla, 1899-yilda 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish