Furqat (1858-1909).
O`zining xalqchil va demokratik ruhda yozilgan asarlari bilan
xalq ommasi o`rtasida katta obro` va e`tibor topgan shoirlardan biri Furqat Xolmuhammad
Zokirjon o`g`lidir. U shoirlar maskani Qo`qonda tug`ilgan. Ammo umrining talaygina qismini
o`z ona diyoriga sig`magan Furqat Mustamlakachi to`ralar, mahalliy betamiz va farosatsiz
zolim boyvachchalardan qochib xorijiy mamlakatlarda xoru-zorlikda o`tkazadi.
Siyosiy dunyoqarashi va saviyasi yetarli darajada charxlanmagan ba`zi bir
vatandoshlari singari Furqat ham dastlabki davrlarda Turkistonni bosib olgan chor
ma`murlariga umid nigohini tikadi, hatto rus ilm fani, texnikasi va madaniyatini madh etuvshi
asarlar yozib, o`z xalqini unga da`vat etadi. «Gimnaziya», «Ilm xosiyati», «Vistavka
xususida», «Suvorov», «Nag`ma bazmi xususida» kabi yozgan asarlari bu fikrimizning
isbotidir. Ammo hayot jumboqlari va haqiqati borgan sayin Furqatning ko`zini ocha boradi,
uning ongi, dunyoqarashi tadrijiy bir tarzda o`sib boradi. Bu o`rinda shoirning «Furqatnoma»
asari fikrimizga yorqin dalildir.
«Turkiston viloyatining gazeti»da «Ho`qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti,
o`zi yozg`oni» sarlavhasi ostida chop etilgan bu asar gazetaningning 1891 yilgi o`n ikkita
sonida
alohida
maqolalar
tarzida
berilgan. «Furqatnoma»ning bosh mavzusi-
ma`rifatparvarlikdir. Unda Furqatning Yangi Marg`ilonga (hozirgi Farg`ona shahri),
Xo`jandga, Toshkentga, Samarqandga qilgan safarlari xotiralar tarzida hikoya qilinsa-da, har
bir voqea, jarayon tasviri, har bir tafsilot bosh mavzu bilan chambarchas bog`liqdir. Xarakteri
asarda yorqin namoyon bo`lgan ma`rifatparvar ijodkor zamonasining ilg`or, yuksak ongli
kishisidir. Uning o`z xalqiga mehr-muhabbati g`oyat kuchli, shu boisdan mustamlakachilarga-
chorizm vakillariga qattiq nafrat bilan qaraydi. Asta-sekin asar qahramoni o`z qarashlarini,
munosabatlarini o`zgartira boshlaydi. Mavjud shart-sharoitlar, voqelik unga saboq beradi.
Ma`rifatparvarlik g`oyalarining yetakchiligi «Furqatnoma»- dagi madaniy-ma`rifiy
muhit tasvirida g`oyat kuchli seziladi. Furqat, avvalo o`zbek madaniyatining ildizlari,
sarchashmalari haqida batafsil so`z yuritgan. Buning tagida g`oyat ulkan va keng ma`no
yotibdi. Shoir o`zining qanday ta`lim-tarbiya olganligini, qanday kitoblar mutolaa qilganligini
bayon etar ekan, istye`dodli, bilimdon kishilarni yetishtirishga qodir shart-sharoitlar chorizm
istilosidan oldin ham mavjudligini mahorat bilan ko`rsatib o’tadi. O`z xalqi mustamlakachilar
241
o`ylaganidek «johil, qoloq» emasligi, yuksak madaniyat-ma`rifatga egaligini muallif o`ziga
xos yo`sinda ifoda etgan. Bu vatanparvar, xalqparvar ijodkor»ning o`z milliy g`ururini,eliga
mehr-muhabbatini namoyon qilishi edi, istilochilarning kamsitishlariga, zo`ravonliklariga
qarshi pinxoniy noroziligi, yaShirin isyoni edi.
Furqat asrlardan beri shakllangan milliy ta`lim tizimi bu sohada darslik qo`llanma
sifatida foydalaniladigan asarlar haqida ma`lumotlar beradi. U o`qigan kitoblar ro`yxatiga
nazar tashlasak ajdodlarimizning «atigi ikki foizi savodli» bo`lgani haqidagi gaplar naqadar
puchligini anglaymiz. Dastlabki boshlang`ich ta`limdan keyin «Qur`oni sharifni xatm qilib,
«Chor kitob» ibtido qildim» (Furqat. T A 2-tom, 1958, 134-bet) deb yozadi shoir. Shundan
so`ng u quyidagi asarlarni mutolaa qilish, o`rganish orqali o`z bilimlarini boyitib boradi.
1.Fariduddin Attor. «Mantiqut tayr», 2.Hofiz Shyeroziy devoni. 3. Mirzo Abdulqodir Bedil
devoni, 4.Mir Alisher Navoiy «Chor devon», 5.Fuzuliy g`azaliyoti, 6.»Maslaqul muttaqin»,
7.»Avvali ilm» risolasi, 8.»Mu`zi Vazanjoniy» risolasi, 9.»Avomil», «Harakot» risolalari,
10.»Qofiya» kitobi, 11.»Sharhi mulloyi Jomiy», 12.Risolai Shamsiya».
Ushbu ro`yxat ta`lim jarayonida badiiy adabiyotning mumtoz namunalari keng o`rin
olganligini, dunyoni anglash tafakkurini shakllantirish borasida badiiy asarlarga alohida
ahamiyat berilganini ko`rsatadi. Sharq adabiyotining Navoiy, Attor, Hofiz, Bedil, Fuzuliy
kabi ulkan namoyandalari ijodi, ularning go`zal va serma`no asarlari yosh avlodning
ulg`ayishi yo`lida dasturulamal vazifasini munosib bajargan.
Furqat ijodining mavzusi keng qamrovli va serqirradir. Uning shu kungacha yetib kelgan
she`riy asarlari sakkiz ming misradan ortiqdir. Bundan tashqari Furqatning proza va
publitsistikaga oid asarlari ham bor. Shoir faol ilmiy ishlar ham olib borgan, tarix, etnografiya
vashe`riyat nazariyasiga oid asarlar yozgan.
Furqat insoniy oliyjanob fazilatlarni ulug`lar ekan, birinchi o`ringa ozodlik motivini
qo`yadi. Bu hol tushunarlidir, albatta. Chunki buni Furqat yashagan davr va zamon talab
qilardi. Shoirning lirik qahramoni har qanday qullikning murosasiz dushmani, ozodlik
erkinliq hurlikning otashin jarchisidir:
Do`stlar, ayshu tarab, fasli bahor istar ko`ngul,
Har kuni sahroda sayri lolazor istar ko`ngil.
Aylamak har sori ohular shikor istar kungul,
Kabi raftarin ko`rarga qo`hsor istar ko`ngul,
Dog`i hursand etgusi har ne ki bor istar ko`ngul.
Ozodlik erkinlik va hurlik g`oyalari turlicha rang-bo`yoqlarda «Fasli navbahor o`ldi»,
«Fasli guldur», «Bahor ayyomida», «Ul qaro ko`z» singari she`rlarida yanada sayqal topadi.
Furqatning «Sayding qo`yaber sayyod» shy`rida gunohsiz mahbuslarni changaliga
olgan shafqatsiz zolimlarga qarshi oshkora nafrat sadolari har qanday qalbi tosh o`quvchining
ham yurak bag`rini tilka-pora qiladi:
Sayding qo`yaber, sayyod, sayyora ekan mendek
Ol domini bo`ynidan, bechora ekan mendek
O`z yorini topmasdan, ovora ekan mendek
Iqboli nechun, baxti ham qora ekan mendek
Hijron o`qidin jismi ko`p yora ekan mendek
Kuygan jigari-bag`ri sadpora ekan mendek.
Bechorani zulm aylab, qo`l-bo`ynini bog`labsan.
Har sori chekib-sudrat, o`ldirgalik chog`labsan.
Ko`ksini jafo birla lola kabi dog`labsan,
Sot mengaagar qasding olg`usi so`rog`labsan!
Hijron o`qidin jismi ko`p yora ekan mendek
Kuygan jigari-bag`ri sad pora ekan mendek.
Furqat o`zining «Muhammas Muhammad Xudoyorxon tilidan» asarida Xudoyorxonni
el-yurt g`amini o`ylamagan, faqat shaxsiy manfaat va dabdabani ko`zlagan hukmdor sifatida
o`quvchi ko`z o`ngida gavdalantiradi. Bu asari N.Ostroumov «Oxborot» jurnalining 1893
yilgi 8-sonida birinchi marta chop ettirgan.
242
Shunday qilib Furqat chorizm mustamlakachiligi zulmi sharoitida yurt, Vatan va el
baxti bilan kuyub yongan ma`rifatparvar demokratik shoir sifatida o`zbek adabiyotida
o`zining munosib o`rniga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |