237
80 yillarda Rossiyada madaniyat va xalq maorifi 60-yillarda qo`lga kiritgan demokratik
xuquqlarni yo`q qilishga intilgan reaktsiyaning hujumi boshlanib ketdi. Bu hujumdan
kutubxona ham chetda qolmadi. 1882 yil dekabrda Turkiston
general-gubernatori
M.G.Chernyaevning buyrug`i bilan alohida ishlar bo`yishaamaldor, «Peterburg xarobalari»
asarining muallifi, reaktsion yozuvchi V.V.Krestovskiy kutubxonani taftish qiladi. U o`zining
Chernyaevga yozgan raportida : «Rus mualliflaridan Saltikov, Dobrolyubov, Pisaryev,
Nekrasov va Shiller (A.Mihaylov) asarlariga talab eng ko`p ekanligi ma`lum bo`ldi», deb
yozadi. Ushbu raportgaasosan general Chernyaev 1883 yil 1 yanvardan e`tiboran kutubxona
faoliyatini to`htatish to`g`risida buyruq berdi. Jamoatchilikning talabi bilan 1889 yilda
kutubxona yana o`z ish faoliyatini boshlaydi.
O’rta Osiyoni o`rganish bilan shug`ullangan taniqli rus olimlari–arxeolog
V.L.Vyatkin, akademik V.V.Bartold va boshqalar kutubxonaga faol yordam berib turishgan,
natijada kutubxona qimmatli asarlar va materiallar bilan to`lib borgan.
«Umuman O`rta Osiyoga, ayniqsa Turkiston o`lkasiga oid asarlar va maqolalarning
Turkiston to`plami kutubxona fondlarida to`plangan manbalarning ajoyib majmuasi bo`ldi.
Bu to`plam 594 tomdan iborat bo`lib, inqilobgacha bo`lgan
Turkiston haqidagi kitoblardan,
ro`znoma va oynomalardan olingan maqolalardan tashkil topgan. To`plamning 416 tomi
mashhur rus bibliografi V.I.Mejov tomonidan tayyorlangan. Bu tomlarga 1867-1887 yillarga
oid materiallar kiritilgan. So`ngra to`plam ustida olib borilayotgan ish to`htab qolgan va 1907
yildan 1917 yilgacha bo`lgan davrda har xil bibliograflar to`plamning 175 tomini tuzganlar1».
XIX asrning 80-90 yillarida Toshkent va boshqa yirik shaharlarda turli ilmiy
jamiyatlar (arxeologiya, jug`rofiya, etnografiya kabilar) tashkil etilgan. 1896 yilda Samarqand
«Tarixiy muzyey» ish boshladi. Bir qator ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Bu borada rus
olimlari I.V.Mushketov, N.A.Severtsov, A.P.Fedchenko, P.P.Semenov-Tyan-Shanskiy,
N.M.Prjevalskiy va boshqalar samarali ishlar olib bordilar.
Turkiston xalqlari tarixini
o`rganish va yoritish xalqimizning o`tmish madaniyatini ilmiy tadqiqot qilishda sharqshunos
olimlar V.V.Radlov, V.V.Bartold, Ye.E.Bertels va boshqalarning xizmatlari oz emas. Shu
davr mobaynida bir qator ijodkor rus adiblari asarlarining mahalliy xalqlar tillariga o`girilishi
ham ijobiy faoliyatlardan hisoblanadi.
1868 yilda Toshkentda birinchi bosmaxonaning tashkil etilishi bilan Turkistonda kitob
bosish, matbaachilik yo`lga qo`yildi. 1870 yilda bir qator kattaroq boshqa bosmaxona tashkil
etilgandan keyin, «Turkestanskiye vedomosti» gazyetasi chiqarila boshlandi. Shu yildan
e`tiboran bu gazetaning o`zbek va qozoq tillarida (arab alfavitida) ilovalari chiqa boshladi.
Ana shu tariqa Turkistonda vaqtli matbuot tarixi o`z ilk qadamini tashladi. Huddi shu 1870
yilning oxirlarida Xorazmda ham toshbosma paydo bo`ldi. 1880 yilda Navoiyning «Hamsa»si
(«Xayratulabror»ning birinchi kitobi), «Devoni Munis» va «Devoni Raji» asarlari bosilib
chiqdi. 1883 yilda «Toshkentda toshbosmada birinchi marta So`fi Olloyorning «Kitobi
sabotulojizin»i bosilib chiqdi. Shu davrdan boshlab o`zbek va tojik tillaridagi kitoblar asosan
toshbosmada chiqadigan bo`ldi. Turkiston xalqlari hayotida toshbosma katta rol o`ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: