O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Birinchi bosqich
1847 yildan boshlanib 1865 yilga qadar davom etadi. Bu bosqichda 
Qo’qon xonligiga qarashli hududlar bosib olinadi.
Ikkinchi bosqich 
1865 yildan boshlanib 1868 yilga qadar davom etadi. Bu davrda 
Toshkent va Buxoro amirligi hududlari bosib olinadi.
Uchinchi bosqich 
1873-1879 yillarni o’z ichiga olib, bu davrda Xiva va Qo’qon 
xonligi hududlari chor qo’shinlari tomonidan zabt etiladi.
To’rtinchi bosqich 
1880-1885 yillar bu davrda xozirgi Turkmaniston erlari bosib 
olinadi.
Rossiya davlatining Turkiston yerlarini bosib olishga intilishining yangi to`lqini 1847 
yilda boshlandi. Shu yili Sirdaryoning Orol dengiziga qo`yiladigan joyi-Raim egallanib, Orol 
harbiy qal`asi barpo qilinadi. Oryenburgda «Nikolay» va «Konstantin» degan kemalar qurilib, 
ular bo`lak-bo`lak holda keltirilib Orol dengiziga tushiriladi. Oq masjit (Qizil O`rda), 
Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Pishpek To`qmoq va boshqa shaharlarda Qo`qon xonligining 
harbiy istehkomlari mavjud edi. 1852 yilda Chor qo`shinlari Oq masjitga hujum qiladilar, 
lekin uni qo`lga kirita olmaudilar. 1853 yilda genyeral Perovskiy boshchiligida ikki ming 


194 
askardan ortiq qo`shin Oq masjitga ikkinchi marta hujum uyushtiradi. 22 kunlik qurshov va 
jangdan so`ng Chor askarlari istehkomni egallaganlar. Qal`a himoyachilaridan 74 kishi tirik 
qolgan holos. Chor qo`shinlaridan bor yo`g`i 25 kishi halok bo`lgan va 46 kishi yarador 
qilingan. Istehkomga «Perovskiy forti» nomi berilgan. Oq masjitdagi mag`lubiyat Qo`qon 
xonligini qattiq tashvishlantirdi. Tezlik bilan Toshkentda kuch to`planib hokim Sabdalxo`ja 
boshchiligida 8 ming askarlik qo`shin va ko`ngillilar Oq masjitni qaytarib olish uchun yo`lga 
chiqadi. Lekin ikki o`rtadagi jangda ular yengiladilar. Vatan himoyachilaridan 192 kishi halok 
bo`ladi. Qo`qon xonligi qo`shinlari yaradorlarni 92 tuyaga ortib orqaga chekinishga majbur 
bo`ladilar. 
1853 yilning dekabr oyida Yoqubbek boshchiligidagi 13 ming kishilik qo`shin Oq 
masjitga kelib yana dushman bilan to`qnashdi. Yurt himoyachilaridan bu jangda mingga 
yaqin kishi o`ldirildi va yarador qilindi. Bosqinchilar faqat 55 askarlarini yo`qotdilar. Bunday 
ketma-ket mag`buliyatlar Vatan himoyachilari ruhini tushirmadi. Ular 1855 yilda yana 1500 
kishilik qo`shin bilan Oq masjitga otlandilar. Ammo Chor qo`shinlariga yangi kuchlar kelib 
qo`shilganini eshitib, orqaga qaytdilar. 
1854 yilda Olma-ota o`rnida Verniy harbiy qal`asining qurilishi Turkistonni 
egallashda hal qiluvchi o`rin tutgan istehkomlardan bo`ldi. 
1855-1857 yillardagi Qrim urushi munosabati bilan Chor ma`murlari O’rta Osiyoni 
zabt etish bo`yicha katta miqiyosdagi harbiy harakatlarni olib bormadilar. Qrim urushidagi 
mag`lubiyat O’rta Osiyoning Rossiya uchun siyosiy va stratyegik jihatdan qanchalik katta 
ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatdi. Rossiya O’rta Osiyo uchun olib boriladigan raqobatli 
kurashda Buyuk Britaniya qirolligini nafaqat siyosiy-iqtisodiy va stratyegik jihatdan balki 
harbiy jihatdan ham mag`lubiyatga uchratish va Qrim urushidagi mag`lubiyat tufayli xalqaro 
maydonda bo`ShaShib qolgan obro`sini tiklashi ham mumkin edi. Chunki hind xalqining 
butun mamlakatni qoplab olgan va inglizlar tomonidan zo`rlik bilan bostirilgan 1857 yilgi 
qo`zg`oloni Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mavqei uncha mustahkam emasligini 
ko`rsatdi. Shu boisdan Rossiya hukmron doiralari o`rtasida O’rta Osiyo muammosini tezroq 
hal qilishga chorlovchi xat, da`vat va takliflar 1860 yillarda tez-tez ko`zga tashlanadigan 
bo`lib qoldi. Jumladan, Orenburg genyeral-gubernatori Katenin tashqi ishlar vaziriga yozgan 
xatida «O’rta Osiyo mulkiga hukmronligimizni o`rnatishimiz uchun albatta Turkiston va 
Toshkentni egallashimiz shart» deb ko`rsatdi. Uning fikricha, Toshkentni qo`lga kirish 
Buxoro mulklariga qurolli kuchlar bilan borish uchun albatta zarurdir. 
1862 yilda «Russkiy vestnik» oynomasi sahifalarida ham Turkiston yerlarini bosib 
olishga da`vat etuvchi bir qator shovinistik g`oyadagi maqolalar bosilib chiqarildi. «Golos» 
deb ataluvchi liberal oynoma esa Hindistonni mustamlakagaaylantirgan inglizlardan namuna 
olishga da`vat qiladi, «Kaspiyni rus dengizigaaylantirish, O’rta Osiyoning ko`chmanchi 
elatlarini o`troq yashashga o`rgatish, bu saxroyilar bilan pachakilashib o`tirmay, ularni hattoki 
terror qilishga chaqirdi. Harbiy vazir D.A.Milyutin harbiy yurishlarning doimiy tarafdori edi. 
Shu bois u 1864 yil oktyabrida tashqi ishlar vazirligi tomonidan podshoh uchun tayyorlangan 
agressiv harakterdagi ma`ruza matnini batamom ma`qulladi. Bu matnda Rossiyaning Sharqqa 
intilishi oqlanadi, «Yarim yovvoyilar» qabilalari bilan to`qnashib qolgan damlarda o`ta 
tinchliksevar siyosatni saqlab qolishning imkoni yo`qligi xususida, Qo`qon xonligining tabiiy 
boyliklari bo`lmish paxta, ipaq qimmatbaho ma`danlar to`g`risida gap boradi. Xullas, 
oltmishinchi yillar boshlarida Turkistonni bosib olish bo`yicha g`oyaviy tayyorgarlik ko`rildi. 
Endigi asosiy vazifa bu g`oyani amalga oshirishdan iborat edi. 
1860 yilda polkovnik Simmerman qo`shini Qo`qon xonligining 
5 ming kishilik qo`shinini tor-mor keltirib, To`qmoq va Pishpak 
qal`alarini egalladi. Iliorti vodiysi Alatov okrugi deb o`zgartirildi. 
Hudda shu yili 21 oktyabrda polkovnik Kolpakovskiy otryadi Qora 
Kostek daryosi yon bag`ridagi Uzun yog`och soyidagi jangda Qo`qon 
xonligining 20 ming qo`shinini batamom qirib tashladi. 
1861-1863 yillarda Chor qo`shinlari Qo`qon xonligiga bir necha 
zarbalar berdi. Bu davrda Qo`qon

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish