O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Hamkorlikda o’qishning qoidalari



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Hamkorlikda o’qishning qoidalari: 
1. Topshiriqni oddiy birgalikda bajarish emas, balki birgalikda o’rganish. 
2. Musbaqalashish emas, balki hamkorlikda ishlash. 
3. Birgalikda ishlash, o’qish va ijod qilishga o’rganish. 
4. Har doim bir-biriga yordam qilishga, muvaffaqiyat quvonchi yoki 
muvaffaqiyatsizlik achchig’ini birga torishga doim tayyor bo’lish. 


191 
 
5-mavzu. O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi 
tomonidan bosib olinishi (6 soat) 
Reja: 
1.
Rossiya imperiyasining O’rta Osiyo xonliklarga qarshi ekspansiyasi sabablari. O’rta 
Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati va uning keskinlashuvi sabablari . 
2.
Rossiya imperiyasi qo’shinlarining Qo’qon xonligi hududlaridagi dastlabki harbiy 
harakatlari. Turkiston viloyatining tashkil etilishi. 
3.
Rossiya imperiyasi qo’shinlarining Toshkentga yurishi, shaharning egallanishi. 
4.
Rossiya imperiyasi va Buxoro qo’shinlari o’rtasidagi dastlabki harbiy to’qnashuv. 
5.
Samarqand va Kattaqo’rg’onning istilo qilinishi. Zarbuloqda Buxoro qo’shinlarining 
mag’lubiyati Rossiya-Buxoro sulh shartnomalari.
6.
1873 yil Xiva xonligiga qarshi yurish.
7.
Xiva xonligini vassalga aylantirilishi. Gandimiyon shartnomasi. 
Tayanch tushunchalar: 
Bekovich-Cherkasskiy, Perovskiy, Raim, Kopal, Murkford, 
Byorns, Stadort, Kanolli, Jeyms Ebbot, Mayyor Volf, Peroviskiy forti, amirilashkar 
Alimqul, Veryovkin, Niyozbek qal’asi, Sirdaryo istehkom chizig’i, Yangi Qo’qon 
istehkom chizig’i, Sibir istehkom chizig’i, Abramov, Kaufman, Gandimiyon 
shartnomasi, Zirabuloq jangi.
 
Rossiya hukumron doiralarining Turkiston yerlariga g`arazli maqsadlarda ko`z 
olaytirishlari hali o`lkada shayboniylar hukmronligi davom etayotgan davrlardan boshlangan. 
Kavkaz, Volgabo`yi, Sibir va O`rta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy 
vaasriy orzusi bo`lgan. “Grozno`y” laqabi bilan mashhur bo`lgan Ivan IVning Moskva 
uchinchi Rim, to`rtinchi Rimning esa bo`lishi mumkin emas, degan so`zlaridaana shu maqsad 
ro`y-rost aks etgandi. Shu orzuni amalga oshirishni Ivan “Grozno`y”ning o`zi boshlab beradi, 
1553 yili Qozon va 1556 yildaAshtarxon xonlikninglarini bosib oladi. Moskva davlati 1581 
yilda Sibirdagi musulmon podsholigiga hujum qilib, uni zabt etadi. Rus davlati O`rta Osiyo 
mintaqasiga ko`z olaytirib, bu yerdagi mavjud xonliklar haqida keng ko`lamda josuslik 
ma`lumotlarini to`play boshlaydi. Bu holat «Moskva savdo kompaniyasi» deb atalgan 
tashkilotning vakili Antoni Jenkinson boshliligidagi elchilarning faoliyatida yaqqol namoyon 
bo`ladi. Ingliz savdogarlari Antoni Jenkinson Rishard va Robert Jonsonlar 1558-1559 
yillarda, Moskva savdo elchisi Ivan Danilovich Hohlov 1621 yilda Xiva, Buxoro va 
Samarqandgaasosan o`lkani o`rganish va josuslik ma`lumotlarini to`plash maqsadida kelgan 
edilar. 
Lekin Turkistonni Rossiyaga qaram qilish uchun to`g`ridan-to`g`ri amaliy ochiq 
harakat Pyetr I davridan boshlanadi. U o`zining Sharqqa nisbatan tajovuzkorlik siyosatini, 
O’rta Osiyo va Hindiston yerlariga suqlanib qarayotganligini yashirib ham o`tirmaydi. «Sharq 
bilan aloqada Qozog`iston tasarrufi kalit va darvoza hisoblanadi. Shuning uchun millionlab 
mablag` sarflasa ham Qozog`istonni bo`ysundirish yoki hech bo`lmasa u yerda Rossiya 
ta`sirini o`rnatish zarurdir»
1
, deydi Pyetr I. 
Harbiy tarixchi K.Abaza «Zavoevaniye Turkestana» (SPb, 1902) asarida yozishicha, 
Pyetr I Hindiston boyliklariga suqulib qarayotgan edi. U faqat qulay vaziyatni kutardi. 
Bunday vaziyatni 1714 yilda turkman zodagonlarining vakili Xo`ja Nafas Peterburgga borib 
Amudaryoda oltinli qumlarning ko`pligi to`g`risida bergan ma`lumoti tezlashtiradi. Oltin va 
boylik vasvasasi bilan Pyetr I tajovuzkorlik siyosatini amalga oshirish maqsadida O’rta 
Osiyoga 1717 yilda biz yuqorida tilga olgan knyaz Bekovich-Cherkasskiyni 
2
katta qo`shin 
bilan yuboradi. Ammo Xiva xoni Sherg`ozixon tomonidan bu qo`shin batamom qirib 
tashlanadi. Rossiya bilan Xiva xonligi o`rtasida dushmanlik vaziyati kuchaydi. Pyetr I O’rta 
Osiyo yerlariga bo`lgan o`z tajavvuzkorligidan voz kechmadi. U Buxoroga josuslik 
maqsadlarida elchi qilib italiyalik Florio Benevenini jo`natadi. Bu safar ham muvaffaqiyatsiz 
1
V.P.Vejevskiy. L.I.Neplyuyev. “Orenburgskiy kray” Qozon, 1897, 1-jild 136-bet.
2
Cho’qintirish marosimida Aleksandr Bekovich-Cherkаsskiy nomini olgan.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish