103
O’zlashtirish tartibini
mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo’lishi,
mulkdan, foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni
belgilab qo’yadi. O’zbekistondagi mulk Respublika Konstitutsiyasi
va mulkchilik
to’g’risidagi qonunga binoan boshqariladi.
Tadbirkorlar mulkiy munosabatning sub’ekti, ya’ni ishtirokchisi bo’ladilar.
Ular mulk qilib o’zlashtiradigan narsalar er, bino, inshoat, asbob-uskunalar, mashina-
mexanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g’oyalar, loyihalar,
tovar belgilari va
boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlarning ob’ektidir. Mulkning uch
bosqichi bor: a) egalik qilish; b) foydalanish (ishlatish); v) tasarruf etish.
Ularning
yaxlitligi mulkchilikni yaratadi. Tadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama
bo’lib, birinchidan, ular o’z mulkiga tayanib nsh yuritadilar, ya’ni moddiy resurslar va
yaratilgan tovarlar ularning o’ziniki. Ikkinchidan, ular o’zgalar
mulkini ijaraga olib
ham faoliyat yuritadilar, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qiladilar va mulkdan
foydalanadilar, ammo uni tasarruf etib xujayinlik qila olmaydilar. Baribir,
har ikki
holda ham yaratplgan tovarlarning egasi tadbirkor bo’lib qolaveradi. Tadbirkor o’z
mulkidan naf ko’rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi.
Tadbirkor o’z mulkini ishlatib foyda topadi, o’z mulkini qimmatiga sotib, daromad
ko’radi, o’z mulkiga tayanib mehnat qiladi va shu yul bilan pul topadi va, nihoyat, u
o’z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo’lida hadya qiladi. Mulkni qanday
ishlatishni tadbirkor o’zi hal qiladi, ya’ni buning eng maqbul yo’lini o’zi tanlab
oladi. Tadbirkor o’z mulkidan naf ko’rgani uchun mulkiy mas’uliyatni, ya’ni mulkni
oqilona ishlatish javobgarligini znmmasiga oladi.
Tadbirkorlik turli mulk shakllari doirasida yuz beradi va qonunga qarab uning
turlari yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotida hususiy mulk etakchi mavqeda turadi.
Х
ususiy mulk ayrim kishilarga tegishln va ularga naf keltiruvchi mulkdir.
Х
ususiy mulkka qarab xususiy tadbirkorlik mavjud bo’ladi.
Х
ususiy mulkiing
o’zi ikki ko’rinishga ega:
1.
YAkka xususiy mulk—bu
yakka shaxsnnng mulki, shu mulkka:
asoslangan korxona yakka shaxsga tegishli korxona hisoblanadi. Ayrim mulkdorga
qarashli, lekin ishchilarni yollab ishlatadigan yoki mulkdorning shaxsan o’zi
va oila a’zolari ishlaydigan korxonalar ham bo’ladi.
2.
Guruhiy - korporativ xususiy mulk — bu ma’lum maqsadni ko’zlab o’zaro
birlashgan mulk sohiblarining xususiy mulki. Bu mulkni har bir sohib
alohida emas, balki birgalikda o’zlashtiradi. Uning namunasi korporatsiyalar
bo’lib, ular amalda hissadorlar jamiyati shaklida faoliyat ko’rsatadi.
Tadbirkorlik ishi korporatsiya doirasida amalga oshadi.
Tadbirkorlik jamoa mulkiga ham asoslanadi.
Bu mulk jamoaga birlashgan
kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Jamoaga kiruvchilar uning mulkiga o’z
hissasini qo’shishi shart. Bu erda ham hissadorlik qoidasi bor ammo aktsiyadorlikdan
farqi shuki, mulk sohibi jamoa tarkibida ishlashi shart. Bunga misol qilib
kooperativlarni mahalla va jamoa xo’jaliklarini olish mumkin.
Davlat mulki davlatning vazifalarini bajarishga xizmat qiluvchi
mulk,
davlat
korxonalarining va tashkilotlarinnng mol-mulkidan iborat. Davlat unitar korxonalari
ham tadbirkorlik bilan shug’ullanib, foyda ko’radilar.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com