Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/154
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#655312
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154
Bog'liq
Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc

15.3. Me’yoriy xarajatlar 
 
Firma o’z faoliyatini yuritish uchun tashqaridan resurslar sotib oladi va pullik 
xizmatlardan foydalanadi. Shuningdek, firma ilgari sotib olingan resurslarni–
binolar, mashina. stanok, asbob-uskunalarni ham ishlatadi, ularga ham ilgari 
xarajatlar qilingan. Bundan tashqari firma ijara xaqi, banklardan olgan qarzi uchun 
foiz to’lab turadi. Shu boisdan xarajatlar tashqi va ichki xarajatlarga bo’linadi. 
Tashqi xarajkatlarga ish kuchi. xomashyo, yoqilg’i, energiya sotib olish, transport, 
aloqa va boshqa xizmatlar uchun, shuningdek, soliqlar uchun to’langan pul kiradi. 
Binolar, asbob-uskunalar, ijara xaqi va boshqa sarflarning hammasi ichki xarajatlar 
hisoblanadi. 
Х
arajatlarga, bulardan tashqari, tadbirkorlik me’yordan foydasi ham 
kiradi. Shunday qilib xarajatlar o’zining kelib chiqish manbalariga qarab har xil 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


111 
sarflardan iborat bo’ladi. 
Х
arajatlarning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarishning omillari bilan bog’liq. 
Ishlab chnqarishda esa doimiy va o’zgarib turadigan ikki omil ishtirok etadi. 
Doimiy omilga bino, inshoatlar, mashina va uskutsalar kiradi. Ishlab chiqarishdagi 
o’zgaruvchan omillarga qisqa vaqtda va tezdan o’zgartirlish mumkin bo’lgan ish 
kuchi, xomashyo, yoqilg’i, elektr energiya, har xil materiallar, mayda-chuyda asboblar 
kiradi, ularni tezda ko’paytirib va ozaytirib turish, ayni paytda ishlab chiqarish hajmini 
ham o’zgartirish mumkin. Omillarning har xil bo’lishi doimiy va o’zgaruvchan 
xarajatlarni paydo etadi. 
Miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o’zgarmaydigan xarajatlar doimiy 
xarajatlar deyiladi. 
Shunday xarajatlar ham borki, ularning miqdori firmaniig faoliyatiga bog’liq 
bo’lmaydi, hatto firma ishlamagan taqdirda ham ularni qoplash lozim. Bularga renta 
to’lovlari (ko’chmas mulk uchun ijara puli), qarz foizi, reklama xaqi, garov puli, 
amortizatsiya ajratmasi, ijara xaqi, sug’urta puli, oldindan to’lanishi ko’zda tutilgan 
maoshlar kiradi. Masalan, firma banklar yiliga 10 foiz to’lash sharti bilan 100 million 
so’m olgan, demak u pul olganidan keyin uni ishlatadimi yoki yo’qmi, baribir, 
bankka yiliga 10 million so’m to’lashi shart. Yoki binoni 150 ming so’mga ijaraga 
olgan bo’lsa, shu pulni, korxonasi yoki ofisi turgan er uchun er egasiga ham 100 
ming so’m er xaqi to’lashi zarur. 
Miqdori ishlab chpqarish hajmiga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgarib 
turuvchi xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlar deyiladi. 
Bu xarajatlar ish xaqi, xomashyo, yoqilg’i, har xil materiallar va yuk tashish 
xarajatlaridan iborat. Ishlab chiqarish hajmi ortsa, o’zgaruvchan xarajatlar ko’payadi, 
qisqarsa, kamayadi Masalan, to’qimachilik fabrikasi 10 million so’mlik gazlama 
to’qib chiqarish uchun 7 million so’m sarf qildi. Shundan 3 million so’m paxta tolasi, 
1 million so’m buyoq, 1 million so’m elektr energiyasi sarfidir, Qolgan 2 million 
so’m mashina-uskunalar amortizatsiyasi, ijara xaqi va soliqlardan iborat. Aytaylik, 
fabrika gazlama to’qib chiqarishni 20 foiz oshirib, mahsulot hajmini 12 million 
so’mga etkazdi. Buning uchun qo’shimcha ravishda paxta uchun 600 ming so’m, 
bo’yoq uchun 200 ming so’m, elektr energiya uchun 200 ming so’m sarflandi. Ammo 
bu ish uchun ijara xaqi, mashina-uskunalar sarfini oshirish talab qilinmaydi. 
Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarning yig’indisi umumiy xarajatlar 
deyiladi. 
Umumiy xarajatlardagi siljishlarni eng avval o’zgaruvchi xarajatlar yuzaga 
chiqaradi. 
Iqtisodiyotda xarajatlarning umumiy mikdori emas, ularning samarasi muhim. 
Agar xarajatlarga nisbatan yaratilgan mahsulotlar tezroq o’ssa, ish samarali bo’ladi. 
Shu boisdan o’rtacha xarajatlarning ahamiyati katga. 
O’rtacha xarajat mahsulot birligiga sarflangan xarajatdir. 
Meyoriy xarajatlar. Me’yoriy xarajat deganda qo’shimcha ravishda mahsulot 
birligini ishlab chiqarish uchun ketgan qo’shimcha xarajat tushuniladi. 
Umumiy xarajatlardagi qisqa muddatli siljishlar faqat o’zgaruvchi xarajatlar 
hisobiga yuz beradi. Ularni oshirish yoki qisqartirish hieobidan ishlab-chnqarish 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


112 
hajmi o’zgaradi. 
Masalan, bosmaxona kitobni ko’proq bosib chiqarishi uchun qog’oz, bo’yoq, 
karton, elim, ip va elektr energiyasi sarfini ko’paytirishi kerak. Bunda mashinalarni 
ko’paytirmasdan, ularning ishlash soati oshiriladi. Sarflarni qisqa vaqtda o’zgartirish 
uchun resurslarni sotib olib, korxonaga keltirishning o’zi kifoya, bu esa uzoq vaqt 
talab etmaydi. Lekin bu yo’l bilan mahsulot hajmini oshirishning cheki bor. Firmalar 
tovariga talab oshgan kezlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun uzoq muddat 
talab etadigan ham doimiy, xam o’zgaruvchan xarajatlarni ko’paytirish zarur. YAna 
bosmaxona misoliga qaytsak, kitobning bozori chaqqon bo’lib, uni sotishga ko’proq 
tashlash uchun o’zgaruvchi xarajatlarni oshirish kifoya qilmaydi. Buning uchun 
yangi tsexlar va omborlar qurish, yangi harf teradigan, bosadigan va muqovalaydigan 
mashinalarni o’rnatish kerak bo’ladi. 
Albatta, uzoq muddatli o’zgarishlar vaqti bir xil emas. Masalan, yangi konni 
ochib, uni texiika bilan jihozlashga ko’p vaqt, bosmaxona uchun yangi tsex qurib, 
uni jihozlashga oz vaqt talab etiladi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish