8
KIRISH
O’zbekistonning iqtisodiy jihatdan qudratli
davlatga aylanishi bozor
iqtisodiyoti tizimini barpo etish vazifasi bilan bir davrga to’g’ri kelmoqda, ya’ni bu
ikki bir-biriga uzviy bog’liq ulug’vor ishni bir tarixiy davrda uddalashdek og’ir
muammoni hal qilishga to’g’ri kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish, bir tomondan
eski iqtisodiy tafakkurdan voz kechish, yangi iqtisodiy tizimga o’tish bo’lsa,
ikkinchi tomondan mamlakatni og’ir iqtisodiy ahvoldan olib chiqish, iqtisodiyotga
yangi sifat berish, barqaror o’sish sur’atlari va biznes asoslarini yaratish bilan amal
qilinadi.
Bozor iqtisodiyotining asl ma’nosi iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish
tajribasidan voz kechib, o’zini - o’zi tartibga solish, yo’naltirishdir. Uning markazida
bozorga barqaror o’sish sur’atlari baxsh etib turadigan yangi bozor mexanizmi
tadbirkor
inson turadi, inson omili yoki ish kuni yotadi. Boshqacha aytganda,
shunday sifatdagi biznes asoslari tayyorlanishi kerakki. U o’zida hozirgi zamon
ilmiy-texnika inqilobiy yutuqlarini bartaraf qiladigan xususiyatlarini gavdalantirgan
bo’lishi kerak, ayni vaqtda bu yangi ish kuchi omili o’zida yuksak milliylik. O’z
vatanini imkoniyatlaridan unumli foydalana bilish xislatlarini ham egallashi darkor.
Demak, yangi iqtisodiy tizimga o’tish, mustaqil davlat qurishni har birimizdan,
birinchi navbatda, O’zbekiston taqdiri va kelajagi bo’lgan yoshlardan, ularda
zamonaviy iqtisodiy tafakkur, biznes asoslari va iqtisodiy tafakkur zaminida o’zi va
o’z xalqi, Vatani taqdiri uchun mas’uliyat hissini sezish yotadi.
Bunga erishish
vositasi biznes asoslarini egallashdir, iqtisodiy qonunlar va tushunchalar mazmunini
chuqur idrok etish, bilib olishdir.
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari butun bir iqtisodiy tizimdir, murakkab
munosabatlar kompleksidir. Buning ma’nosi shuki, bozor munosabatlarini doimo
o’rganib borish asosidagina muvaffaqiyatli xo’jalik yuritish, yuksak natijalarga
erishish, o’z mulk va mablag’larimizdan eng unumli foydalanish natijasida farovon
va to’q
hayot kechirish mumkin, odamlarda yaxshi yashash ko’nikmalarni hosil
qilish esa biznes asoslarini egallash orqaligina ta’minlanadi. Buni bozor
munosabatlari asosida yashayotgan, rivojlanib borayotgan o’nlab mamlakatlar va
xalqlar hayotidan ko’rib turibmiz.
To’g’ri, hozirgi vaqtda bozor munosabatlarini o’rganish bo’yicha ancha-
muncha ishlar qilinmoqda, turli mavzularda ma’ruzalar o’qilayapti, kurslar, xilma-xil
biznes maktablar, seminarlar tashkil etilmoqda, iqtisodiy litseylar, kollejlar va sinflar
ochilmoqda. Biroq, bunday uslubiy ishlar samara bera olmaydi. Chunki,
kishilarda
chuqur bazaviy iqtisodiyoti va biznes asoslari bilimi etishmaydi. Axir hanuzgacha
bizning o’rta maktablarimizda, hunar kasb bilim yurtlarimizda iqtisodiyot va biznes
asoslari ta’lim berish bilan tushuniladigan iqtisodchi pedagog kam.
Yana bir oddiy haqiqat shuki, har qanday tafakkur kabi iqtisodiy ta’limni
yoshlikdan, maktabdan boshlansagina, ijtimoiy hayotda sifat o’zgarishlari, o’sish
sur’atlari bo’lishi mumkin. Shuning uchun hozirgi vaqtda kelib bu dolzarb
vazifaning bajarilishini o’z holiga tashlab bo’lmaydi, bu g’oyat katta iqtisodiy va
ma’naviy yo’qotishlarga sabab bo’lishi mumkin.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
9
Prezident I.Karimov kichik va o’rta
biznesni, xususiy tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish, uning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun qulay iqtisodiy va huquqiy
shart-sharoitlar yaratish, ayni vaqtda uning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda
nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, balki shu bilan birga aholining farovonligi va
daromadlari ortishida muhim omilga aylanishiga erishish,
davlat boshqaruv
organlari, ijtimoiy tuzilmalar diqqat markazidagi asosiy vazifa, ekanligini doimo
ta’kidlab kelmoqda.
Ushbu vazifalarni o’z vaqtida hal etish va samarali boshqaruv qarorlarini qabul
qilish kichik va o’rta biznes korxonalarining faoliyat ko’rsatishi va ularning
rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilish hamda istiqboldagi o’zgarishi haqida ilmiy
asoslangan iqtisodiy axborotlar mavjud bo’lishini talab etadi.
Hozirgi vaqtda respublikada kichik va o’rta biznes korxonalarini tashkil etish
va ularning moddiy-texnika ta’minoti hamda kreditlar ajratish yo’nalishlari bo’yicha
monitoring joriy etilgan, ular haqida ma’lumotlar
muntazam umumlashtirib
borilmoqda. Ammo kichik va o’rta korxonalar faoliyati samaradorligini o’rganish va
ularning istiqboldagi rivojlanishini zamonaviy axborot kommunikatsiya
texnologiyalari hamda matematik modellashtirish asosida tadqiq qilish yo’nalishida
ilmiy ishlar etarli emas. Shularni hisobga olgan holda, korxonalarning bozor
muhitida faoliyat ko’rsatishi va ularning rivojlanish qonuniyatlarini o’zida
ifodalovchi ekonometrik modellashtirish usullarini va shu asosida ekonometrik
modellar turkumini ishlab chiqish muhim va dolzarb muammolar qatoriga kiradi.
Ushbu «Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari» o’quv dasturini yaratishda
ijtimoiy fanlarni o’rganishda
tadbiq etiladigan uslublar, shuningdek, iqtisodiyot
nazariyasi, makroiqtisodiyot va boshqa fanlarni o’rganishning ilmiy tahliliy uslublari
qo’llaniladi.
Ushbu fan oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, litsey o’quvchilariga
mo’ljallangan va respublikada ko’zga ko’ringan olimlarning iqtisodiy asarlaridan
foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: