Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/154
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#655312
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154
Bog'liq
Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc

 
 
1.2. Amir Temur davlatining iqtisodiy siyosati va soliqlar tizimi 
 
Amir Temur Movaraunnahr siyosiy hayotida XIV asrning 50-yillari oxiri 60-
yillar boshlarida ko’rindi. O’sha davrda Movaraunnahr chig’atoy ulusiga qarashli 
bo’lib, mayda feodal davlatlarga bo’lingan edi. Kesh-Shahrisabz, Buxoro, Termiz, 
Badaxshon, 
Х
o’jand, Shosh-Toshkent va boshqa viloyatlar o’rtasida tinimsiz urush-
janjallar davom etib kelardi. Bunday ahvol mamlakat va xalq boshiga son-sanoqsiz 
kulfatlar solardi. Amir Temur bu feodal urushlarga boshqalardan maqsadliroq 
qatnashib, o’zining qobiliyati va uddaburonligi bilan elga tanilgan edi. 
Amir Temur shu davrda Movaraunnahrda mustaqil kuchli markazlashgan 
davlat tuzish uchun mo’g’ul xonligiga qarshi Movaraunnahrni birlashtirishdan 
manfaatdor bo’lgan barcha kuchlar bilan ittifoq tuzib, o’zboshimcha feodallar va 
boshqa zid kuchlarga qarshi kurash olib borib, feodal tarqoqligiga barham berdi, 
Movaraunnahrni mo’g’ullardan ozod qildi va mustaqil, kuchli markazlashgan davlat 
tuzdi. 
Mamlakat chegaralaridagi osoyishtalikni ta’minlash maqsadida Amir Temur 
Х
orazm va 
Х
urosonni egallab butun Turonni birlashtirdi va Eron, Iroq, Ozarbayjon, 
Hindistonning shimoliy qismini o’z ichiga olgan buyuk markazlashgan davlatga asos 
soldi va Movaraunnahrda o’z saltanatini o’rnatdi (1370 y.). Shu paytda yurtda 
notinchlik, vayronagarchilik, tartibsizliklar hukm surar, mamlakat o’ta holdan 
toygan, fuqarolar ochlikka, qashshoqlikka yuz tutgan edi. 
«Pirim Zayniddin Abubakir Toyobidiy menga saltanat ishlarida 4 narsaga amal 
qilishimni maslahat berdi,-deydi Amir Temur . –1 kengash; 2.Mashvaratu maslahat; 
3.Qat’iy qaror, tadbirkorlik va hushyorlik; 4.Ehtiyotkorlik. Bular saltanat ishlarida 
men uchun eng to’g’ri yo’lboshchi bo’ldi.
Shunga ko’ra davlat ishlarining to’qqiz ulushi kengash, maslahat, tadbir, 
hushyorlik bilan amalga oshirishni va bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


12 
angladim. Tajribamda ko’rdimki, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, 
tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir». 
Amir Temur o’z siyosatini davlatni boshqarishda tartib o’rnatish, yurt 
osoyishtaligini 
ta’minlash, 
dehqonchilik 
va 
chorvachilikni 
jonlantirish, 
hunarmandchilik va savdoni rivojlantirish, ariq va kanallar qazish, suv inshoatlari va 
to’g’onlar qurib suv chiqarish, ko’priklar qurish, chet davlatlar bilan tashqi iqtisodiy 
aloqalar o’rnatish bo’yicha qurultoylar o’tkazishdan boshladi. Qurultoylar 
Movaraunnahrning barcha viloyatlarida o’tkazilib, ularda barcha shahzodalar, bosh 
amaldorlar, harbiy boshliqlar va aristokratlar boshliqlari ishtirok etganlar. Bu 
kengashlarda mamlakat xo’jaligi, xalqning ahvoli, ilm-fanni rivojlantirish va harbiy 
holat hamda boshqa masalalar muhokama qilgan. 
Amir Temur bu qurultoylarda o’zi nutq so’zlab, ilm va dinning mashhur olimu 
fuzalolari, har bir sohaning bilimli mutaxassislariga murojaat qilib, muhokama 
qilinayotgan masalalar yuzasidan o’z fikr va mulohazalarni bildirishni so’raydi.
Amir Temur ichki-iqtisodiy siyosati xalq farovoniligini oshirish 
Movaraunnahrda ilm va fanni taraqqiy ettirishdan iborat edi. U xazinaning katta 
qismini yodgorliklar barpo etishga, yurtni obodonlashtirishga sarflar edi. Shu davrda 
Samarqandda Ko’ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, ko’plab bog’lar, 
saroylar, yo’llar, ko’priklar, qishloqlarda masjidlar va muhtojlarga oziq-ovqat 
beradigan joylar qurdirdi. Toshkent atrofida kanallar qazdirib, Sirdaryodan 
Ohangaronga kanal o’tkazdi. Buxoro, Shahrisabz, Farg’ona, Turkistonda masjid, 
madrasalar, karvonsaroylar, suv inshoatlari barpo etdi. 
Bu ulkan ishlarni bajarishga Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning ham 
mohir ustalari, hunarmandlari, kosiblarii, olimlariyu fuzalolari jalb etildi. 
Amir Temur Samarqandning dovrug’ini ko’klarga ko’tarish uchun bu erda 
oziq-ovqat mo’l-ko’lchigini ta’min etdi, ipak, atlas, sental, shoyi kabi matolar 
ko’plab to’qib chiqarildi; mo’yna va turli xil surg’ichlar, bo’yoqlar, eng sifatli 
qog’ozlar ishlab chiqildi. Turli shaharlardan ko’plab sohalar bo’yicha ustalar, 
hunarmandlar olib kelindi: Damashqdan ipak, mato to’quvchilar, nayza va qurollar 
yasovchilar, shisha ishlovchilar, Turkiyadan merganlar, har xil hunarmandlar, 
zardo’zi ustalar keltirildi. 
Samarqandga shuncha ko’p kasb sohiblari olib kelindiki, shaharning aholisi 
turli millatlarga mansub bo’lib, 150 mingga etdi. Shaharga Rusiya va Tataristondan 
charm va surp, 
Х
itoydan ipak matolar, lal va gavharlar, mushk, Hindistondan 
muskat yong’og’i, qalampir munchoq, mustak guli, dolchin, anbar va boshqa noyob 
mollar keltirilgan. Samarqand shu davrda savdo markazi bo’lib, maydonlar kechayu-
kunduz odamlar bilan gavjumligi bois doimo qizg’in savdo bo’lib turgan. Amir 
Temur o’z faoliyatida dehqonchilik, chorvachilikni rivojlantirishga, suv omborlari, 
to’g’onlar qurdirib, ariq va kanallar qazdirib, yangi yerlarni o’zlashtirishga, qo’l 
ostida bo’lgan barcha yerlardan foydalanishga katta e’tibor bergan, ekin ekish 
mumkin bo’lgan barcha yerlarni chorva yaylovlari, ekinzor bog’larga aylantirgan. 
Abu Tohirxo’ja Samarqandiy shunday yozadi: «Samarqandda Amir Temur 
Ko’ragon soldirgan bog’larkim, Eram Gulistoni rashk qilar darajada 7 ta ekan» 
(keyingi ma’lumotlarda, bu bog’lar 14 ta, deb ko’rsatilayapti). 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


13 
Amir Temur o’z qo’l ostidagi hududlarda ilm-fanga katta e’tibor berib, katta-
kichik har bir shahar va qishloqda masjid, madrasa, xonaqohlar bino etdirgan hamda 
qashshoqlikni bartaraf etish uchun faqiru miskinlarga boshpanalar, yo’lovchilarga 
qo’nib o’tadigan rabotlar, etim-esirlarga ovqat beriladigan uylar, g’aribxonalar 
qurdirgan, bemorlar uchun shifoxonalar barpo ettirgan va ularda ishlash uchun 
xodimlar, tabiblar tayinlab, maosh berilgan. 
Amir Temur iqtisodiy siyosatida savdoni, shu jumladan tashqi savdoni 
rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Movaraunnahrga Misr, Farangiston, Ispaniya, 
Dashti qipchoq, sharqiy Turkiston, 
Х
itoy va boshqa qo’shni davlatlardan elchilar, 
savdogarlar muntazam ravishda kelib turgan. Amir Temur Angliya, Farangiston va 
boshqa davlatlar qirollariga murojaat qilib, ular bilan savdo aloqalarini o’rnatdi va 
rivojlantirgan. Markaziy Osiyo orqali o’tadigan Ipak Yo’lida savdogarlarning 
ahvolini yaxshilash, safarini engillashtirish, xavfsizligini ta’minlash uchun yo’llar 
atrofiga karvonsaroylar qurdirib, ularda barcha qulayliklarni yaratgan. Chunki, 
hudud yo’lning eng serqatnov, serdaromad, gavjum va osoyishta qismi hisoblangan. 
Shu sababli yo’lga soqchilar qo’yilib ular savdogarlarni va sayohatchilarni 
qo’riqlaganlar, o’g’rilar, qaroqchilar, odamlar joniga qasd qiluvchilarga shafqat 
qilinmagan. 
Bozorlarda tartib va narx-navo ustidan doimiy nazorat o’rnatilgan. 
Х
aridor 
xaqiga xiyonat qilgan sotuvchilar qattiq jazolangan. Bozor narxlarining beo’rin 
oshirmasliklari uchun chayqovchilarga qarshi qat’iy choralar ko’rilgan. 1404 yilda 
Amir Temur shaxsan o’zi qozilik qilib, go’shtni baland narxda sotishda ayblangan 
qassobni o’lim jazosiga hukm qilgan. «Har bir mamlakat va diyorga savdogarlar va 
karvonboshilar tayinladimki, ular qaerga bormasin, … u yurtlarning nafis matolari 
va boshqa tovarlaridan keltirishsin, o’sha mamlakatlarda yashovchi fuqarolarning 
hol-ahvoli, turish –turmushlari haqida menga xabar olib keltirsinlar, har bir 
mamlakat hukmdorining o’z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanliklarini 
aniqlasinlar» deb yozadi sohibqiron.

Soliq tizimi Amir Temur davlati iqtisodiy siyosatining asosi bo’lib hisoblanadi. 
Shu davrda erga egalikning 5 ta asosiy ko’rinishi bor edi: 1.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish