Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi


To’liq boshlang’ich qiymat



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

To’liq boshlang’ich qiymat
– bu asosiy kapital ob’ektining korxona sotib 
olish xarajatlari, tashib keltirish va montaj xarajatlarini o’z ichiga oluvchi 
qiymatdir. 
Eskirishni hisobga olgan holda boshlang’ich qiymat
(boshlang’ich qoldiq 
qiymat)– bu to’liq boshlang’ich qiymatidan eskirishni hisobga oluvchi 
amortizatsion ajratmalar chegirilgandan so’ng hosil bo’lgan qiymat. 
To’liq qayta tiklash qiymati (joriy qiymat)
– zamonaviy sharoitda korxona 
tomonidan xuddi shunday asosiy kapital ob’ektini sotib olish uchun sarflaydigan 
qiymatdir. 


199 
Eskirishni hisobga olgan holda qayta tiklash qiymati (joriy qiymat)
– bu 
to’liq tiklash qiymatidan eskirish qiymatini chegirishdan hosil bo’lgan qiymat. 
To’liq balans qiymat
– asosiy kapitalning korxona balansida aks ettirilgan 
qiymati. Bunda so’nggi o’tkazilgan qayta baholash paytigacha mavjud asosiy 
kapital to’liq tiklash qiymat bo’yicha, undan so’ng kiritilgan asosiy kapital to’liq 
boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinadi. 
Asosiy kapitalni – milliy boylik tarkibiga kiritishda statistika fani va jahon 
amaliyoti joriy baho (qayta tiklash qiymati) dagi qoldiq qiymati ko’rsatkichidan 
foydalanishni tavsiya etadi. Ammo mamlakatlarda baholarni o’zgarishi tezligi va 
amortizatsiya siyosatini turlichaligi asosiy kapital hajmini va jon boshiga to’g’ri 
keladigan darajasini xalqaro solishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish 
imkoniyatini bermaydi. 
Ma’lumki, asosiy kapitalning joriy (qayta tiklash) qiymati – bu asosiy 
kapitalni ma’lum bir sanadagi amaldagi bozor narxlaridagi qiymatidir. Qayta 
baholash ikki usulda amalga oshiriladi:
1)
indekslar (YaIM deflyatori, INI, investitsiya deflyatori, o’rtacha indeks, 
asosiy kapitalning u yoki bu guruhi bo’yicha indeks, deflyator) 
yordamida; 
2)
to’g’ridan-to’g’ri (rieltorlar xizmatidan foydalanish ham mumkin) 
usulda. 
O’zbekistonda qayta baholash asosiy kapital (guruhlari bo’yicha) ning 
eskirishi darajasiga ko’ra “koeffitsientlar” – indekslar yordamida amalga oshirildi.
Asosiy kapitalni qayta baholanishi natijasida ularni texnologik, tarmoq 
strukturasi ham o’zgarar ekan hamda eskirishi darajasi va yaroqliligi (qoldiq 
qiymatning to’liq qiymatdagi salmog’i) darajasi ham o’zgaradi. Demak asosiy 
fondlarni qayta baholanishi asosiy fondlarning to’liq qiymatini o’zgartirishi bilan 
birga qoldiq qiymatini turli tarzda o’zgartirar, bu hol esa milliy boylik hajmiga 
ta’sir etmasdan qolmaydi. 
Oldin ta’kidlaganimizdek, mamlakatda qo’llaniladigan amortizatsiya siyosati 
ham asosiy fondlar hajmiga (qoldiq qiymatiga) va u orqali fizik kapital hajmiga 
ta’sir etadi. Amortizatsiyani (kengroq ma’noda – asosiy kapital iste’moli) 
hisoblash metodi YaIM va reinvestitsiya hajmiga ta’siri katta ekanligi ma’lum. 
Shuning uchun fizik kapital bo’yicha qo’llaniladigan metodlar (jahon va 
O’zbekistonda) ustida to’xtalmoqchimiz. Jahonda statistika fani va amaliyotida 
amortizatsiya hisoblashning 11 metodi qo’llaniladi. O’zbekistonda qo’llanilishi 
mumkin bo’lgan metodlar soni 4 ta, bu metodlar haqidagi informatsiyani BHMS 
№05 “Asosiy vositalar” milliy standartida bayon qilingan. Unda: to’g’ri chiziqli, 
bajarilgan ishlar hajmiga ko’ra mutanosib ravishda, kamayuvchi qoldiq usulida, 
qiymatni foydali xizmat qilish yillar soni yig’indisi bo’yicha chegirib borish 
usulida, qiymatni ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga mutanosib ravishda 
chegirib borish usulida ko’rsatilgan (4-jadval).


200 
4-jadval 
Amortizatsiya normasini hisoblashning an’anaviy usullari 
1. Chiziqli usulda: 
АКФХКМ
N
A
100

3. Qiymatni foydali xizmat qilish yillar soni yig’indisi bo’yicha 
chegirib borish usulida: 
йигиндиси
сони
йиллар
муддати
килиш
хизмат
Фойдали
сони
йиллар
колган
а
муддатигач
килиш
хизмат
Фойдали
N
A
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.

2. Kamayuvchi qoldiq 
usulida: 
илг
A
К
АКФХКМ
N
*
100

4. Qiymatni ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga mutanosib 
ravishda chegirib borish usulida: 



n
t
t
t
A
Q
Q
N
1
Bunda AKFXKM – asosiy kapital ob’ektining foydali xizmat qilish muddati. 
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida asosiy fondlarning eskirish darajasi, 
qoldiq qiymati va boshqa asosiy fondlar bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlarning 
darajasi buxgalteriya, soliqqa tortish va statistikada amortizatsiya hisoblashning 
qaysi metodi qo’llanilganiga bog’liqdir. Amortizatsiya – asosiy fondlarning 
eskirishini normativ qiymatini ifodalaydi, ammo haqiqiy qiymatini emas. Chet el 
statistikasida amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning 11 ta metodi mavjud. Ular 
quyidagilar: 
1.
Age-life method – xizmat muddatining qolgan qismini e’tiborga olingan 
holda hisoblash.
2.
Annuity method – eskirish summasini hisoblashda annuitet metodidan 
foydalanish. Murakkab protsentlar usulidan foydalanilgan holda teng 
normada hisoblanadi. 
3.
Combination production and Straight line method – ishlab chiqarish 
quvvatlaridan, ya’ni asosiy kapitaldan foydalanish koeffitsienti
qo’llanilgan holda teng normada hisoblash metodi (N
a
=p

K) 
4.
Constant percent of decreasing balance method – amortizatsiya hisoblash 
normasini pasayib borishi metodi. 
5.
Double cate declining balance method – amortizatsiya summasini 
hisoblashning tezlashtirilgan metodlaridan biri bo’lib, unda asosiy 
kapitalning qoldiq qiymati asosida ikkilangan normada hisoblash. Bunda 
A=AK

2 N
a
;
A- yillik amortizatsiya ajratmasi. 
AK’ – asosiy kapitalning qoldiq qiymati. 
N
a
– yillik amortizatsiya normasi. 
6.
Labour – hour method – asosiy kapitalni eksplutatsiya (ishlatishi) soatiga 
yoinki ishlangan kishi – soatlariga (Working hourse) ga muvofiq hisoblash 
metodi.
7.
Multiple Straight Line method 
- Vaqti-vaqti bilan o’zgartiriladigan 
teng normadagi (to’g’ri chiziqli) metod. 
8.
One hundred and fifty percent declining balance method–
qoldiq qiymati asosida 150% normada hisoblash, ya’ni N
a
=p•1,5; p- yillik 
norma. Bu usul ham 5 –metodga o’xshashdir. 


201 
9.
Production unit basis method – bajarilgan (ishlab chiqarilgan) ish 
(mahsulot) miqdoriga binoan hisoblash. Bu metodni sobiq ittifoq davrida 
Respublikamizning qazib chiqarish sanoatida qo’llanilgan. 
10.
Straight line method- teng, to’g’ri chiziqli metodda hisoblash. Jahon 
mamlakatlarida keng tarqalgan metod. 
11.
Sum- of – the digits (sum-of - years) method – raqamlar yig’indisi usuli. 
Respublikada qabul qilingan. 
Rivojlangan mamlakatlar statistikasida asosiy kapitalning qoldiq qiymatini 
(NFC-Net Fixed capital) hisoblashda 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish