45
2-sessiya Asosiy qism
4.
Temperament
diagnostikasi
(A.Belov)
10 daq.
Tarqatma
savollar
Trening
ishtirokchilariga
temperament haqida
tushuncha berish
5.
«Tabiatning to‘rt
hodisasi» mashqi
5 daq.
Talab
qilinmaydi
Eshitish va
harakatlanish
analizatorlarining
koordinatsiyasi bilan
bog‘liq diqqatni
rivojlantirish.
6.
“Tashqaridan
qarash” mashqi
15 daq.
Talab
etilmaydi
O‘z
emotsional
reaksiya-larini tahlil
qilish orqali
o‘zgalarning
holatlarini
tushunishga
o‘rganish
3-sessiya Xulosa qismi
7.
Qayta aloqa
10 daq.
Barcha
ishtirokchilarga
qog‘oz-ruchka,
flipp-chart.
Kunning sarhisobini
qilish
Jami: 1 soat 20 daqiqa
Trening borishi:
1-sessiya Kirish qismi
1. Videorolik:
Temperament haqida ma’lumot berish.
Temperament
odamning
tevarak-atrofdagi
voqealarga
munosabati
va
hissiyotining ayrim xususiyatlarini belgilab beradi. Temperament ong, xotira, aql-
zakovat va qobiliyatni aks ettirmaydi. Shu bois ham barcha temperament egalari
orasida iqtidorli va iqtidorsiz,
ilmli va ilmsiz, vijdonli va vijdonsiz kishilarni
uchratamiz. Temperamentning 4 ta tipi ma’lum: sangvinik, flegmatik,
xolerik va
melanxolik.
Sangviniklar – sho‘x va quvnoq odamlar
Sangviniklar — sho‘x, quvnoq, tirishqoq va ta’sirchan kishilardir. Ular tevarak-
atrofga tez moslashadi. Reaksiyalari yetarlicha kuchli yoki o‘rtamiyona bo‘ladi. Ular
bilimni tez va osongina o‘zlashtirsalar-da, hamma vaqt ham puxta egallamaydilar.
46
Muomalada ular ko‘proq shirinsuxan, quvnoq va gapdon odamlardir. Sangviniklar
ishga osongina berilib ketib, jadal ishlashga qodir bo‘lishadi, lekin muntazam
ravishda doimiy mehnat qilishga ancha qiynaladilar. Shu bilan birga ular tirishqoq
va faol bo‘lishadi, boshqa kishilar bilan osongina til topishadi.
Flegmatiklar – vazmin odamlar
Flegmatiklar — vazmin kishilardir. Ular uchun shoshmaslik va bosiqlik o‘ta xos.
Bunday odamlar murakkab hayotiy vaziyatlarda kamharakatchan bo‘lishsa-da,
qo‘yilgan maqsadga erishishda ancha dadil bo‘lishadi.
Bilimni sekinroq
o‘zlashtirsalar ham, puxta egallashadi. Agar sangvinik alangaga o‘xshatilsa (u tez
yonib, tezda so‘nadi), flegmatik sekin va uzoq yonadigan alangaga o‘xshaydi. Biror
narsaga tez javob qilish kerak bo‘lsa, flegmatiklar vaqtni boy berib qo‘yadilar.
Bunday paytlarda sangvinikning ustunligi sezilib turadi. Qat’iylik, iroda va sabr-
toqat talab qilinadigan ishlarda esa flegmatik ustun keladi.
Xoleriklar – jizzaki odamlar
Xoleriklar — kuchli, chaqqon, jizzaki va harakatchan odamlardir. Ularning o‘ziga
xos xususiyati — jizzakilik va beqarorlik. Xoleriklar juda faol va ishchan bo‘lishadi.
Biroq ular bir maromda ishlay olishmaydi, goh g‘ayrat bilan, goh imillab ishlashadi.
Shuning uchun ham ehtiyotkorlik, sabr-toqat va chidam talab qilinadigan
vaziyatlarda xoleriklar qiyin ahvolga tushib qolishadi.
Melanxoliklar – jur’atsiz
va ruhan zaif odamlar
Melanxoliklar — g‘amgin, jur’atsiz va ma’yus kishilardir. Salga charchash, biror
ishga yetarlicha jur’at etmaslik, o‘z fikr va istaklarini qondira olmaslik ular uchun
juda xos. Melanxoliklar, ko‘pincha, arzimagan qiyinchiliklarga bardosh bera
olmaydilar, ularga qarshi kurashdan voz kechadilar. Sangviniklar va flegmatiklar
esa qiyinchiliklarni
oson yengishadi, xoleriklar esa ularni xatto yo‘q qilib
yuboradilar. Melanxoliklarda ijobiy his-tuyg‘ulardan salbiy his-tuyg‘ular ustunlik
qiladi. Baxtli voqealardan ular zavqlana olmaydi,
noxush voqealar esa ularni
tushkunlikka tushirib qo‘yadi. Melanxoliklarning tashqi ko‘rinishi doimo tushkunlik
va g‘amgin odamni eslatadi. Ular depressiyaga moyil bo‘lishadi.