O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

278-modda. Bayonnoma tuzish


Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining o‘zida yoki sud majlisi zalidan
tashqarida alohida protsessual harakat bajarilganida yuritiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlari ish uchun ahamiyatga ega deb hisoblangan holatlarni
bayonnomaga kiritish to‘g‘risida iltimosnomalar berishga haqli.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Taraflarning, uchinchi shaxslarning o‘zlari qo‘ygan talablardan butunlay yoki qisman voz
kechganligi haqidagi, qo‘yilgan talablarni tan olishi, ishni kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv
bilan tamomlash to‘g‘risidagi arizalari bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma sud majlisi tamom
bo‘lganidan yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganidan keyin kechi bilan uch kunda
raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanishi kerak. Kiritilgan barcha o‘zgarishlar,
tuzatishlar, qo‘shimchalar bayonnomada izohlanishi kerak.
(278-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
279-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohaza bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va unda
yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni yoki uning to‘liq emasligini u imzolangan kundan e’tiboran besh kun
ichida ko‘rsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr-mulohazalar bildirishga haqli.
Bayonnomaga doir berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqadi va u ushbu
fikrlarga qo‘shilgan taqdirda, bu fikr-mulohazalarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi hamda ularni sud
majlisining bayonnomasiga qo‘shib qo‘yadi.
Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilmasa, ular sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ham ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Bayonnomaga doir fikr-mulohazalar ular topshirilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida ishda
ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Biroq, ishda ishtirok etuvchi
shaxslarning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar to‘g‘risidagi arizani
ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga
ega.
Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari ko‘chirma nusxasi sud protsessi ishtirokchilariga
ishni ko‘rgan sudning ruxsati bilan beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish