O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -bob. Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

25 -bob. Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish
279 -modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan da’vo ishini
yuritishning umumiy qoidalariga ko‘ra, mazkur bobda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga
olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
279 -modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar
Agar da’voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma
baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan o‘n baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan
esa besh baravaridan oshmasa, da’vo arizalari bo‘yicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida
ko‘rib chiqilishi lozim.
Agar ushbu moddaning 
uchinchi 
va 
beshinchi qismlarida
ko‘rsatilgan holatlar mavjud
bo‘lmasa, da’vogarning iltimosnomasiga ko‘ra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham
soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida quyidagi holatlar
belgilanadigan bo‘lsa, sud ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rish haqida
ajrim chiqaradi:
1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki
qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
2) qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki qo‘shimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni
ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning
1
1
2


ko‘rsatuvlarini eshitish zarur bo‘lsa;
3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bog‘liq bo‘lsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga
taalluqli bo‘lsa yoki mazkur ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning
huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin bo‘lsa;
4) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida ushbu bobda
belgilangan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lmagan qarshi da’vo berilgan bo‘lsa.
Ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish to‘g‘risidagi ajrimda
umumiy tartibga o‘tish uchun asoslar ko‘rsatiladi. Ajrim chiqarilganidan keyin ishni ko‘rish boshidan
boshlanadi.
O‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab bildirilgan bo‘lib, ulardan biri ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan talablarga taalluqli bo‘lgan, boshqalari esa ularga taalluqli bo‘lmagan
taqdirda, barcha talablar da’vo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari
bo‘yicha ko‘rilishi lozim.
Ishni ko‘rish muddati ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqish
to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish