Respublikaning tashkil etilishi. 1649- yilda parlament qirollik hoki-
miyatini «keraksiz, xalq farovonligi uchun zararU va xavfli» bo 'lganligi uchun
bekor qildi. Lordlar palatasi h a m tarqatib yuborildi. 19- may kuni esa
Angliya Respublika deb e'lon qilindi. Barcha hokimiyat to'laligicha o'zini
«ingliz ozodligining asrovchisi» deb hisoblovchi bir palatali parlament
qo 'liga о 'tdi. Ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Kengash tuzildi.
Oliver Kromvel bu Kengash rahbari etib tayinlandi. Kromvel Angliya
hududini kengaytirish siyosatini yuritdi. Chunonchi, 1649- yilda hlandiyani,
biroz fursatdan so'ng Shotlandiyani bosib oldi. Ularning mustaqilligi
tugatildi. Bu xizmatlari uchun parlament uni sovg 'alarga ко 'mib tashladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |