Angliya burjua inqilobining tarixiy ahamiyati. Inqilob mutlaq
monarxiyani yo 'q qildi. Angliyada bozor munosabatlariga asoslangan yangi
jamiyat - kapitalizmning to 'la qaror topishi uchun sharoit yaratdi. Na-
tijada sanoat ishlab cHqarisliining gurkirab rivojlanishiga to' siq bo 'lib turgan
hunarmandlarning sex birlashmalari yo 'q qilindi. Sanoat inqilobi uchun
qulay sharoit yuzaga keldi. Aholi tarkibida yangi qatlam - sanoat
burjuaziyasi va yollanma ishchilar sinfining shakllanishiga yo '1 ochdi. Inqilob
qishloq xo'jaligida h a m bozor munosabatlarining tez rivojlanishini
ta'minladi.
Inqilob natijasidaparlamenlriing yetakchi о 'rin egallashi lozimligi, qonun
oldida barcha fuqarolarning tengligi g'oyasi Yevropaning boshqa
mamlakatlari aholisining ilg'or qismini ham to'lqinlantira boshladi.