Fiziologiyasi va gigiyenasi



Download 12,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/252
Sana09.06.2022
Hajmi12,83 Mb.
#647569
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   252
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.)

Nazorat savollari:
1. A sab tizim ining tuzilishi. shakllanish davrlari va boshqarish tizimi- 
dagi bajaradigan funksiyalarni ayting.
2. Asab faoliyatining asosiy shakli nim a va uning strukturaviy qism ­
larini ayting.
3. M arkaziy asab tizim idagi q o ' z g ’alishlar va torm ozlanishlarning 
fiziologik tavsifi nim a?
www.ziyouz.com kutubxonasi


4. Koordinatsiya. irradiatsiya va induksiya hodisalariga ta v sif bering.
5. M A T turli b o 'lim la rin in g tuzilishi va funksional ahamiyati qanday?
6. S om atik va vegtativ tizim larning farqi ham da o rganizm dagi hayotiy 
jarayonlarni boshqarishdagi roli nim a?
7. A sab tizimining gigiyenasi haqida ayting.
IV BOB. TA’LIM VA TARBIYA
ISHLARI GIGIYENASI
TaTim va tarbiya gigiyenasi o'qituvchiga. o'quvchi yoshlarning 
kam kuch sarflagani holda fanni yoki o'rgatilayotgan usulni yuqori 
darajada o'zlashtirishga erishuviga yordam berishga qaratilgan zo- 
monaviy omillardan biridir. Shuning uchun taMim va tarbiya gigi­
yenasi muammolari juda ko'p masalalarni (o'quvchi va talabalar- 
ning ishchanlik qobiliyatini oshirish. dars jarayonida sodir bo'ladi- 
gan charchash alomatlarini yo'qotish chora-tadbirlarini izlab to ­
pi sh, o ‘quv rejasi va dasturini gigiyenik jihatdan tahlil qilish, dars 
gigiyenasi, maktab, litsey va uydagi o'q u v faoliyatining gigiyenasi, 
o'q itish gigiyenasi va boshqalar) o 'z ichiga oladi.
0 ‘quvchi va talabalarning ishchanlik qobiliyati. 
O 'quvchi va 
talabalarning ishchanlik qobiliyati deganda maTum bir aqliy yoki 
jism oniy ishni uzoq m uddat davomida oz kuch sarflab. sifatini talab 
darajasida bajarish tushuniladi.
Ayrim adabivotlarga asoslanib. aqliy ishchanlik qobiliyati 
ko'rsatkichlarini kun davom ida o'rganib chiqib alohida davrlar- 
ga ajratish mumkin. bu, o 'z navbatida, o 'q ish va mehnat qilish 
bo'yicha ratsional kun tartibi tuzishda eng obyektiv mezon hisobla­
nadi. Aqliy ishchanlik qobiliyati 5 ta davrdan iborat:
1. Ishga kirishish davri. Darsda bir necha daqiqa davom etib. 
o'quvchi o'quv va ish jarayonlariga moslasha boradi.
2. Optimal ishchanlik davri. Aqliy mehnatni bajarishning stabil- 
lashgan davridir. Bunda diqqat dominantligi vujudga keladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. To'liq. kompensatsiya davri. Oldingi davrdan farq qilib, toli- 
qishning dastlabki belgilari paydo b o ‘la boshlaydi, ammo ularni 
odamning iroda kuchi kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay 
turadi.
4. Beqaror kompensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish 
faoliyatining pasayishi bilan xarakterlanadi, ammo odam iroda ku­
chi bilan m a’lum vaqtgacha aqliy mehnatni talab darajasida davom 
ettirishi mumkin.
5. M ehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toli­
qishning tez ortib borishi bilan xarakterlanadi, bunda bajarilavot- 
gan aqliy mehnatning mahsuli va samaradorligi keskin kamayadi.
Bu davrlarni dars davomida. kun, hafta, chorak, yil davomida 
kuzatish mumkin.
Aqliy mehnat faoliyatini yuqori darajada saqlay olish mumkin- 
mi degan savolga rus olimi N. E. Vedenskiyning ta ’kidlashicha, 
aqliy mehnatning yuqori mahsuldorligini ta ’minlovchi sharoitlar 
quyidagilardan iborat:
- har qanday mehnatni bajarishga asta-sekin kirishish;
- ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga 
rioya qilish;
- ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish;
- mehnat va dam olishni to 'g 'ri tashkil qilish, bir ish turini ik- 
kinchisi bilan almashtirib olib borish;
- muntazam ravishda jism oniy m ashqlar bilan shug'ullanish tu ­
fayli aqliy mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashti- 
rish hamda avtomatik malaka hosil qilish.
Yuqoridagi omillarning ko'pchiligi o'quvchilarning ham ish qo- 
biliyatini aniqlaydi, ammo ularning eng muhimi o ‘quv kun tartibi- 
ga va o ’z vaqtida dam olishga rioya qilishdir.
Aqliy faoliyat uzoq vaqt davom etaversa, ularning ish qobiliyati 
asta-sekin pasayib, ish sifati yom onlasha boshlaydi, bajarilayotgan 
ishga nisbatan e'tibor kamayadi. fanlarni o'zlashtirish pasayadi, ta- 
laba bo'shashadi. mudraydi. Bu holat miyaning ish bajarayotgan 
markazlaridagi asab hujayralari q o 'zg 'alish holatidan torm ozlanish
www.ziyouz.com kutubxonasi


holatiga o'tganligini, ya'ni ular charchaganligini k o ’rsatadi. Char­
chash bu tashqi muhit bilan miya p o ’stlog'idagi asab hujayralari 
o ’rtasidagi aloqaning vaqtincha uzilishidir. Charchash deganda, 
miya hujayralarining shu bilan birga butun organizmning ishchan- 
lik qobiliyatini pasayishi tushuniladi. Bu fiziologik jarayon b o iib . 
torm ozlanishning oxirgi pog'onasi hisoblanadi. Tormozlanish dast- 
lab bosh miya po'stloq qismiga, so'ngra asab tizimining quyi qism- 
lariga tarqalib, organizmni bo’shashtiradi.
Darsda charchashning birinchi bosqichi faol torm ozlanishning 
bo’shashi bilan b o g iiq . bu harakatlar o ’zgacha ko'rinishda nam ­
oyon b o ia d i.
O 'quvchilarning o'zlari faol o'quv holatidan to'xtagan b o ia d i- 
lar. sinfda ozgina shovqin-suron ko'tariladi. Charchashning bundan 
keyingi ikkinchi bosqichi q o 'z g ’alish jarayonining bo'shashi, bilan 
birga davom etadi. Tormozlanish jarayonlari q o 'z g ’alish jarayoni- 
dan ustun turadi.
I. P. Pavlov charchashda torm ozlanish jarayonining ahamiya- 
tiga to'xtalib o ’tar ekan: «Charchash tormozlanish jarayonining 
avtomatik ichki qo'zg'tuvchilaridan biridir», - deb yozgan edi.
Bolalarga bajarilayotgan yuklama ortiqcha ekanligi yoki char- 
chaganliklari ko'rinib turgan bir vaziyatda m ashg’ulotni davom 
ettirish shunday holni keltirib chiqaradiki. uni I. P. Pavlov chega- 
radan «tashqi yoki himovalash tormozlanishi» deb atagan edi, bu 
torm ozlanish p o ’stloqning asab hujayralarini z o ’riqib ketishidan 
him oya qiladi. Po'stloq hujayralarining tez zo'riqib ketib tormoz- 
langan holatga o'tishi ayni bir sharoitda bosh miya quyi bo iim lari 
hujayralarining chidamli 1 igiga keskin s u ra td a zid keladi.
B o sh lan g ich sinf o ’quvchilari uchun charchashning eng dast­
labki bosqichlari xosdir. Yuqori sinf o'quvchilari esa charchagan 
vaqtlarida ham ishlash qobi 1 iyatlarini y o ’qotmaydilar. Biroq k o 'p 
ishlash natijasida ish qobiliyati pasayadi. Charchashning eng aso­
siy belgisi aqliy mehnat natijasining kamayishidir.
Ish faoliyatining odatdagi susayishini aqliy charchashdan farq 
qilish lozim. Aqliy charchash orta borgan sari bolaning bajarayot- 
gan ishida unum b o im aydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aqliy va jism oniy charchash o'zaro aloqadordir. Buni birinchi 
marta Italiyalik olim Mosso aniqlagan. Haddan tashqari aqliy char­
chash bajarilayotgan jism oniy ishning samaradorligini kamaytiradi 
yoki aksincha, jism oniy charchash, toliqish aqliy mehnatga salbiy 
ta'sir ko'rsatadi.
Aqliy toiiqishning xususiy belgilariga yana diqqatning susa- 
yishini. xotiraning pasayishini, fikrlash va tasavvur qilishning bu- 
zilishini ham kiritib o 'tish lozim.
Xullas dars vaqtida aqliy mehnatning yuqori mahsuldorligini 
ta ’minlash. charchashning oidini olish ehoralari quyidagilardan 
iborat bo'lishi kerak:
- o'qituvchi yangi materialni o'quvchining optimal ish qobili- 
yatida bo'lgan vaqtida tushuntirishi;
- darsning birinchi yarmida, dars berishning faol usullarini 
qoMlab, o ‘quvchi diqqatini uzoq vaqt bitta predmetda ushlab tur- 
masdan tushuntiriladi.
- dars berish usulini o'zgartirib turish uni yuqori saviyada olib 
borish;
- sinf xonalarini tanaffus paytida shamollatish;
- o'quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, o ‘quv texnika 
vositalarini keng q o ila sh , ammo o ‘quv texnika vositalaridan, tele- 
vizordan, dasturlashtirilgan ovoz yozish apparatlaridan. diafilmlar- 
dan foydalanishning o 'zi asosiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya 
qilishni talab qiladi;
- dars materialini tushuntirishda ko'rgazm a qurollardan (rasm- 
lar namoyshi qilish, tajribalar k o ‘rsatish) didaktik o'quv vositalar- 
dan maksimal fovdalanish:
- dars oralig'ida fizkuldaqiqalar o'tkazish: har bir darsda jis ­
moniy tarbiya daqiqalari o'tkazilishi lozim. Bu o ‘quvchilarning 
aqliy charchashining oidini oladi, bu vaqtda fortochkalar yoki de- 
razalar ochib qo'yilishi kerak.
Jismoniy tarbiya daqiqasi ikki-uch daqiqa bajariladi. Mashqlarni 
barcha o'quvchilar bajarishi shart. Fizdaqiqalar uchun gavdaning 
orqa tomonidagi muskullar. qad-qomatni ko'tarib turadigan va
www.ziyouz.com kutubxonasi


nafas aktida ishtirok etadigan muskullarning mustahkam lanishiga 
yordam beradigan m ashqlar talab etiladi. Bu mashqlar orqa. q o i. 
panja muskullarini ham mashq qildirish bolalarning charchashin- 
ing oldini oladi. Bunday daqiqalarni o'tkazishdan maqsad muskul 
va qon aylanish a'zolarini bir vaziyatda tutib. zo 'r berib aqliy ish 
bajarayotgan o'quvchi va talabalarni faol faoliyatga qayta ko'chi- 
rishdir.
O 'qituvchining pedogogik mahorati. uning yangi material- 
ni tushuntirish pavtidagi ko'tarinki kayfiyati. o'qituvchining har 
xil ohangda so'zlashi: o'qituvchi bir xil ohangda so'zlagan nutqi 
o'quvchini zeriktirib. mudratib qo'yadi. bunday paytda o ’quvchi 
tom onidan dars materialini o ’zlashtirish qiyinlashadi, bosh miya 
yarimsharlari p o 'stlo g ’ida tarqoq torm ozlanish jarayoni paydo 
b o iib . uyqu bosadi.
G igiyenachilar o'quvchilarning darsda toliqish sabablarini 
o'rganib chiqib. qiziqarli m aiu m o tlarni keltirganlar. Ularning 
aniqlashicha. yuqori sinf o'quvchilari va litsey talabalarining char- 
chashiga asosiy sabab ko'pincha ularning darsga qiziqmasliklari, 
o'qishning o g ’irligi. m ashg’ulot bajarishga layoqatsizlik. darsni ze- 
rikarli o'tilishi. dars materialini tushuntirmaslik. mikromuhitning 
salbiy ta'siridir.
A garda charchash holati o 'z vaqtida dam olish bilan almashti- 
rilmasa u o 'ta charchash holatiga o'tadi. Bu organizm uchun kasal- 
likdir.
O ’ta charchagan bolalar darsni yaxshi natijada o'zlashtirish- 
lari pasayib ketadi. M aktab o'quvchilarida o 'ta charchash, asosan, 
o'quv va o'qishdan tashqari ishlarning m e'yoridan ortib ketishi, kun 
tartibining buzilishi. ochiq havoda yetarli sayr qilmaslik. ovqatla- 
nishni to 'g 'ri tashkil qilm aslik natijasida kelib chiqadi.
O 'rganilgan m aium o tlarga asoslanib charchashning oldini olish 
choralaridan yana biri deb. pedagogik jarayonning ratsionalizatsi- 
yalashni belgilash mumkin. Y aiii darsning tuzilishi va mazmuni j i ­
hatdan to 'g 'ri tashkil qilish innovatsion pedagogik texnologiyalarni 
qo'llash bilan o'quvchilarning aqliy mehnat faoliyatini jadallatirish
www.ziyouz.com kutubxonasi


kerak. Jadallashtirish faqat boshlang'ich sinflardagina emas, yuqori 
sinflar, maxsus maktablar, (litsey va gimnaziyalar) uchun ham zarur- 
dir. Chunki litsey va gimnaziyalar o'q uv yuklamasi umumiy ta'lim
maktablardagidan ortiq bo'lib, ba'zan kuniga 10-12 soatgacha ye- 
tadi, tabiiyki bunday yuklama o ‘quvchi salomatligiga salbiy ta'sir 
ko'rsatadi. Bolaning jism oniy va ruhiy salomatligiga, maktabgacha 
va maktab yoshidavoq asos solinadi, shu sababli ularni gigiyenik 
jihatdan to 'g 'ri o'qitish uchun aqliy mehnat gigiyenasining ilmiy 
asoslariga tayanish kerak. Bu masalaga maktab va maxsus mak- 
tablardagi pedagoglar va shifokorlar befarq bo'lm asliklari kerak. 
Aqliy va jism oniy jihatdan charchagan bolalar va o'sm irlarning ish 
qobiliyatini oshirish, ularni dam olishiga uyquga e'tibor berish ta­
lab etiladi.

Download 12,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish