bo'lib ularni o'rab turuvchi tashqi muhit bilan doimiy ravishdagi
moddalar almashinuvi hisoblanadi. bu moddalar almashinuvining
to'xtashi bilan hayot ham to'xtaydi. bunda oqsillarning chirishiga
olib keladi».
Oqsillar sitoplazmalar, gemoglobin. qon plazmasi. ko'plab gor-
monlar. immunli tanalar tarkibiga kiradi.
organizmning suv-tuzli
muhitini doimiyligini ta'm inlaydi. Oqsilsiz o'sish yo'q. M oddalar
almashinuvining barcha bosqichlarida. albatta. ishtirok etuvchi fer-
mentlar ham oqsillardir. Ovqatlar oqsillarining biologik qiymati.
Organizmning oqsillari uchun sarflanadigan am inokislotalar j i
hatidan har xildir. Ayrim am inokislotalar organizm uchun (leysin,
lizin, metionin fenilalanin va boshqalar) almashtirib bo'lm aydigan
am inokislotalar hisoblanadi. Agar ovqatlar tarkibida almashtirib
bo'lm aydigan am inokislotalar yetishmasa. unda organizmidagi
oqsillar sintezi keskin buziladi. Lekin boshqa am inokislotalar bilan
almashtirib bo'ladigan am inokislotalar ham
mavjud yoki moddalar
almashinuvi jarayonida organizmning o'zid a sintezlanishi mum-
kin. Bular almashtirib bo'ladigan aminokislotalardir,
Organizmda oqsillar sintezini m o'tadil kechishi uchun zarur
bo'lgan barcha am inokislotalar majmuasini saqlovchi ovqatlar oqsil
lar to 'la qimmatli oqsillar hisoblanadi. Bu oqsillarga asosan hayvo-
not dunyosi oqsillari kiradi. Organizmda oqsillar sintezi
uchun zarur
bo'lgan barcha aminokislotalarni saqlamaydigan ovqatlar oqsillari
to 'la qimmatli bo'lm agan oqsillar deviladi. Misol uchun jelatina.
m akkajo’xori oqsili. bug’doy oqsili va hokazo. Eng yuqori biologik
qimmatga - tuxum. go'sht. sut va baliq oqsillari ega.
Aralash oziqlanish paytida. y a ’ni ovqatlar tarkibida hayvonot
va o'sim liklar dunyosi mahsulotlari bo'ladi va organizmga. odat-
da, oqsillar sintezi uchun zarur bo'lgan
aminokislotalar majmuasi
yetkazib beriladi.
O 'sayotgan organizm uchun barcha almashtirib bo'lm aydigan
am inokislotalarning yetkazib berilishi juda muhim. Ovqatlar
tarkibida lizin bo'lm aganida bolalar o'sishdan qoladi. ularning
muskullar tizimini oriqlab ketishiga olib keladi. Balin yetishma-
ganida esa bolalarning harakat muvozanati buziladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Hozirgi paytda odamlarning turli a'zolari va to'qim alarining
hamda ovqatlarning aminokislotali tarkibi o'rganilgan.. Shu sabab-
li oziqlanish ratsionida odam barcha hayotiy zarur aminokislotalar-
ni zarur m iqdorda va nisbatda olishi uchun oziq mahsulotlarni nor-
malash mumkin.
To'yim li
moddalardan faqat azot, oqsillar tarkibigagina kiradi.
shu sababli oqsilli oziqlanishning miqdoriy tomoni haqida azot
muvozanati bo'yicha hisob-kitob qilish mumkin. Azotli muvozanat
- bu bir kecha-kunduz davomida ovqatlar bilan organizmga tush-
gan va undan bir-kecha kunduz davomida oqsillarni parchalanishi
natijasida siydik. najas va ter bilan ajralgan azotlarning o'zaro nis-
batidir.
Oqsillarda o ’rtacha 16 % azot, y a ’ni 6,25 g oqsilda 1 g azot
saqlanadi. O 'zlashtirilgan azotning miqdorini 6,25 ga ko'paytirib
organizmga kiritilgan oqsilning miqdorini aniqlash mumkin.
Voyaga
yetgan odamlarda, odatda, m o ‘tadil, ya'n i tenglash-
gan azot muvozanati kuzatiladi - oziqlar bilan kiritilgan azotning
miqdori va ajralish mahsulotlari bilan chiqarilgan azotning miqdori
teng bo'ladi. Organizmga oziqlar bilan tushgan azotning miqdori
organizmdan chiqarilgan miqdoridan k o 'p bo visa, bu vaqtda mus-
bat azot muvozanati haqida gap yuritish mumkin. Bunday m u
vozanat bolalarda tana og'irligi
ortgan paytda, kuchli jism oniy ish
bajarganida, kasaldan sog ‘ayganida kuzatiladi.
Manfiy azot muvozanati qabul qilingan azot miqdoridan, ajral
gan azot miqdorini k o 'p b o iish i bilan xarakterlanadi. Bunday holat
oqsil taqchilligida va o g i r kasalliklar paytida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: