11. 7. U m um ta’lim o ‘rta maktablar, shahardan
tashqaridagi bolalar orom gohlarida va turistik
sayohatlarda ovqatlanishni tashkil etish
Bolalar va o'sm irlar issiq ovqat iste'm ol qilganda kamroq
charchaydi va ish qobiliyatini uzoqroq muddat saqlavdi. Ovqat
ikkinchi yoki uchinchi tanaffus vaqtida yeyiladi. Bolalar muassa-
salarida oshxona o'quvchilar soniga qarab tashkil etiladi va xom
masalliq bilan ishlaydigan oshxonalarga: boshqa umumiy ovqatla
nish korxonalaridan masalliq olib. pishirib beradigan oshxonalarga,
boshqa oshxonalarda tayyorlangan ovqatlarni issiq holda (nonushta
va tushlikka) tarqatuvchi oshxonalarga b o iin ad i.
30 ta sinfga m o'ljallangan bolalar muassasalariga olingan raa-
salliqni pishirib beradigan oshxonalar tashkil etiladi. Oshxonada
yetarlicha idish-tovoq. qoshiq, sachqi, usti silliq toza stollar bo'li-
shi kerak. Q o'l yuvish uchun oshxona zalida 20 o 'ringa bitta hi-
sobidan chig'anoq o'rnatiladi. O 'quvchi va talabalarga oshxonada
xizmat ko'rsatish quyidagicha tashkil etiladi: O 'quvchi va talabalar
uchun kerakli idishlar, qoshiq. sanchqilar qo'yib chiqiladi. Bolalar
kelishiga 5-10 daqiqa qolganda navbatchilar nonushta yoki tushlik
ovqatni tarqatishadi. Har bir guruh uchun m a’lum stollar. har bir
o'quvchi uchun esa o'rindiqlar qo'yiladi.
Oshxonasiz joylarda bolalarga bufet xizmati tashkil etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bolalar va o'sm irlar oromgohlarda, asosan, ochiq havoda b o ii-
shadi. jism oniy tarbiya va sport bilan ko'proq shug'ullanishadi.
serharakat o'yinlarda qatnashishadi va hokazo. Bu energiya sarfini
taxminan 10 % ga oshiradi. Demak, ovqat kaloriyasini ham oshirish
kerak b o ia d i. Dam olayotgan 7-14 yoshli bolalar uchun kunlik
ovqatda taxminan 100 g oqsil, 100 g yog1, 400 g uglevod bo'lishi,
ovqatning umumiy kaioriyasi 3000 k/kaini tashkil etishi zarur.
Yozda shaharda qoladigan bolalar uchun maktablarda yoki
bog'larda sog'lom lashtirish oromgohlari tashldl etiladi. Bu yerda
kuniga ikki mahal issiq ovqat beriladi, bu ovqat kunlik kaloriyaning
60 % ni tashkil etadi (nonushta 25 % va tushlik taxminan 35 %).
M e'da-ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida ichish yoki
ovqat tayyorlashga ishlatiladigan suv sanitariya-epidemologiya xo-
dimlari tom onidan tekshirilgan buloqlar yoki vopiq quduqlardan
olinadi.
Sog'liqni saqlash tarm og'i ovqatning sifatini, biologik qiymatini
har kuni nazorat qilib turadi. Joriy sanitariya nazoratining asosiy
vazifasi ovqatning bola organizmi xususiyatlariga to 'g 'ri kelishini
kuzatib borish, ovqatdan zaharlanish, yuqumli kasalliklar hamda
gijja tarqalishining oldini olishdir.
Ovqatning sifatli bo'lishi uchun bolalar muassasalari tibbiy xo-
dimlari maxsus jadvallardan foydalanib, taomlarning kaloriyasini
hisoblab chiqarishlari kerak.
Tayyor ovqatni vaqti-vaqti bilan laboratoriyalarda tekshirib
ko'rib, kaloriyaning miqdorini, jum ladan, oqsillar, yo g ‘lar, ug
levodlar va vitamin С miqdorini aniqlash, ovqatlanislmi nazorat
qilib turish zarur. T o 'g'ri ovqatlanish deb asosiy oziq moddalar-
ning organizmda hazmlanishi bilan ularning organizmda sarfla-
nishi o'rtasidagi muvozanat qaror topadigan tarzda organizmning
fiziologik ehtiyojiga yarasha ovqatlanishga aytiladi.
M asalliqlarni saqlashda, ulardan ovqat pishirishda sanitariya-
gigiyena qoidalariga qat'i amal qilish bolalar muassasalarida ovqat-
lanishni tashkil etishning asosiy shartidir.
M aktabda ovqatlanishni tashkil etishni muassasa rahbari, tibbiy
xodim, oshxona xodimi, ota-onalar qo'm itasining vakillaridan ibo-
www.ziyouz.com kutubxonasi
rat ovqatlanishni tashkil etish hay'ati bilan birgalikda. vaqti-vaq-
ti bilan tuman sanitariya-epidemologiya xizmati xodimlari ham
nazorat qilib turishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |