infeksiya tashuvchi hisoblanadi. Taxminan 50 % so g io m odamlar-
ning tom og’ida, burun shilliq qavatida, terisi yuzasida, ichagida ka-
sallik q o 'z g ’atuvchi stafilokokklar b o iad i.
Stafilokokklar ko'pincha sut, baliq mahsulotlarida,
sabzavotlar-
da tez ko'payadi. Zaharlanishning dastlabki belgilari zararlangan
ovqatni iste’mol qilgandan 2—4 soat o ig a c h paydo b o ia d i. Bunda
odam qusadi, ko'ngli ayniydi, qornida og'riq paydo b o ia d i, tez-tez
ichi ketadi, harorati ko iariladi. qaltiraydi,
o g ir hollarda yurakning
faoliyati buziladi.
Ichak tavoqchasidan zaharlanish.
Bu tayoqcha odam va hay-
von ichagida yashaydi, tashqi muhitda uzoq saqlanadi. Qaynatil-
gan kartoshka, vinegretda, sho'rva va boshqa
suyuq ovqatlarda tez
ko'payadi. Ana shunday sifasiz ovqatni yeganda odam zaharlanadi.
Bakteriyasiz zaharlanish.
Q o'ziqorinlardan zaharlanish, odat-
da, bahorda k o'p uchraydi. Zaharli qo'ziqorinni yegandan keyin
6-1 0 soat o ig a c h qorinda og'riq turadi, bemor qusadi. ichi ketadi.
Organizmning suvsizlanishi tufayli qon quyuladi. ko'karadi, tal-
vasa tutadi, rangi zahil tortadi. K o'pincha yosh bolalar, ayniqsa,
kichik yoshdagi bolalar zaharli o'sim liklardan zaharlanadi.
Odam qo'rg'oshindan zaharlanganda o g iz d a
metall ta in i se-
ziladi, qorni tutib-tutib og'riydi, talvasa tutadi va hokazo. O 'rik,
shaftoli, olxo'ri, olcha, bodom danagidan ham zaharlanish mum-
kin.
Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun mahsulotiarni
to ‘g"ri saqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga q a ’tiy rioya qilish
shart. Ovqatni sifatli mahsulotlardan tayyorlash, buzilgan mahsu
lotiarni ovqatga ishlatmaslik kerak.
Oshxonada masalliqni alohi-
da-alohida taxtalarda to 'g 'rash , so'ngra stol, taxtakach, go'sht qiy-
malagich, pichoqni vaxshilab sovunlab yuvish zarur. Tez buziladi-
gan taomlar (go'sht, baliq. qaynatilgan ovqat, kolbasa. sosiska. sut,
sut mahsulotlari, tort, pirojniy va boshqalar)ni tez tarqatish lozim.
G o'shtni 0 °C haroratda 5 kun, qaynatma kolbasa, sardelki, sosis-
kani 3 kun, baliq, tovuq, o'rdakni 2 kun, tuxumni 20 kun, sariyog'ni
10 kun, tvorogni 36 soat, smetanani 72 soat, sutni 20
soatdan ortiq
saqlamaslik kerak, Q opqog'i shishgan konservalarni ovqatga ish-
www.ziyouz.com kutubxonasi
latish mum kin emas. M eva va sabzavotlam i, albatta, yuvib vegan
m a'qul.
Zaharlangan odamga bir stakan iliq suv ichirib qustiriladi.
Achchiq shirin choy ichirib. o'ringa yotqizib, qalin qilib o'rab
qo'yiladi. Zaharlanishning dastlabki belgilari paydo bo'lishi
bilan
darhol shifokorni chaqirish zarur. Shifokor kelgunicha bemorga
3-4 stakan suv ichirish kerak. Zahar kamroq shimilishi uchun 1 litr
suvga 2-3 ta tuxum oqini aralashtirib yoki kaliy permanganatning
kuchsiz suvli eritmasi ichiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: