Fiziologiyasi va gigiyenasi


Endokrin bezlarning o ‘z-o‘zini boshqarish jarayonida gipo-



Download 12,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/252
Sana09.06.2022
Hajmi12,83 Mb.
#647569
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   252
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.)

Endokrin bezlarning o ‘z-o‘zini boshqarish jarayonida gipo-
talam o-gipofizar tizimning roli. 
Gipotalamusning ko'pgina hu­
jayralari neyrosekretsiya xususiyatiga ega. ya'ni ularda biologik 
faol moddalar - nevrogormonlar hosil bo'ladi. Gipotalamusning 
neyrosekretor hujayralari tana va o'sim talarga egadir. Ularning 
sekreti-gormonlar tabiatan polipeptidlar bo'lib - sekretor gran-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ulalar shakl id a hosil bo'lib hujayra aksonlariga tushadi va oxirgi 
uchlarigacha yetib boradi va o ;sha joyda jamlanadi. Ajralib chi- 
qishdan oldin gormonlar granulalari o ’zining zichligini yo'qotadi 
va pufakchalarga avlanadi.
20-rasm.
Endokrin bezlarning joylanish chizmasi:
1 - g ’u r r a s i m o n b e z y o k i epifiz; 2 - gipofiz: 3 - q a l q o n s i m o n bez; 
4 - q a l q o n s i m o n b e z oldi b e z c h a la r i; 5 - a y r i s i m o n bez: 6 - m e d a o s t i
bezi; 7 — b u v r a k u s ti bezi: 8 - t u x u m d o n ( q iz la r d a ); 9 - u r u g ' d o n ( o ’g i l
b o l a l a r d a ) .
N eyrosekretor hujayralarning o ’simtalari gipotalamo-gipofizar 
traktini hosil qiladi - gipofizning oyoqchalari. ya'n i ular orqali ney-
www.ziyouz.com kutubxonasi


rogormonlar gipofizga tushadi va uning hujayralarini sekretorlik 
faolligini o ‘zgartiradi. Boshqa endokrin bezlar orqali gipofizning 
funksiyasini o'zgarishi organizmni funksiyalarini o'zgarishini ch­
aqiradi.
Buni gipofizning oldingi bo4agi gormonlari va boshqa endokrin 
bezlar bilan o ’zaro aloqasi orasidagi munosabati bilan tushuntira- 
miz. Gipofizning oldingi b o ia g id an qalqonsimon bez gormonlari 
hosil bo'lishini stimullovchi tireotrop gormon ishlab chiqiladi. 
Agar, hayvonlar gipofizining oldingi b o ‘iagi olib tashlansa va shu 
bilan birga tireotrop gormonlar tushishi to'xtatilsa, gipofizni atrofi- 
vaga uchrashini chaqiradi va tireotrop gormonining taqchilligi yu­
zaga keladi. Qolqonsimon bezning ichki sekretorlik funksiyasini ti­
reotrop gormoni bilan stim ullanuvishidanam oyon b o iu v c h i gipofiz 
bilan qalqonsimon bezlar orasidagi to ‘g'ridan to 'g 'ri bog'liqlik 
shunday yo'l bilan bajariladi. Ikkinchi tomondan qolqonsimon 
bezi gormonlarining m e'yoridan ortiq darajada ko'payib ketishi, 
gipofizning tireotrop gormonining hosil bo'lishini tormozlaydi, bu 
holat tufayli qalqonsimon bez bilan gipofizning treotrop gormoni­
ning sekretsivasi orasidagi qayta manfiy bog'lanish yuzaga keladi.
Shunga o'xshash o'zaro bog'lanishlar gipofizning oldingi qis­
mi dan ajraladigan adrenokortikotrop gormon bilan buyrak usti 
bezining sekretsivasi orasida hamda gipofizning gonadotrop (jin­
siy bezlarni stimullovchi) gormoni bilan jinsiy bezlarni endokrin 
sekretsivasi orasida ham kuzatiladi. M ana shu yo'l bilan ichki 
sekretsiya bezlari faoliyatining o'z-o 'zid an boshqarilishi bajariladi: 
ichki va tashqi muhit omillari ta ’siri ostida bezlarning funksiyasini 
ortishi gormonalli muvozanatning norm allashuviga olib keluvchi 
manfiy qaytar bog'lanish kuchini oshishini ta'm inlaydi.
Miyaning gipotalam ik qismini markaziy asab tizimining bosh­
qa bo'lim lari bilan bog'langanligi sababli, ichki muhitga tushavot- 
gan tashqi muhitlarning barcha nerv impulslari kollektorlar bo'lib 
hisoblanadi. Bu impulslar ta'siri ostida gipotalamusning neyro- 
sekretor hujayralarining funksional holati o'zgaradi va undan keyin 
esa gipofizning va u bilan bog'langan boshqa endokrin bezlarning 
ham funksional holati o'zgaradi.

Download 12,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish