Yetkazib berish zanjirini boshqarish


 Logistik axborot tizimlarining turlari



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/50
Sana09.06.2022
Hajmi2,28 Mb.
#647253
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
Bog'liq
2-1108

4.6. Logistik axborot tizimlarining turlari
Tizimlar tamoyillariga ko‘ra, har qanday tizim avvalo tashqi omillar 
bilan izlanishi, so‘ng ichki tizimda izlanishi shart. Bu tamoyil tizimning 
bosqichma-bosqich yaratilishi tamoyilidir. Yetkazib berish axborot 
tizimlarini loyihalashtirish vaqtida bu tamoyilga rioya qilish shart.
Yetkazib berish jarayoniga kelish tizimi uch darajaga bo‘linadi:
Birinchi daraja. Yetkazib berishda materiallar to‘plamining ish o‘rni 
harakatlanadi, qadoqlanadi va hokazo.
Ikkinchi daraja. Ish joylarini aniqlash va yuklarni transportlash 
jarayoni, o‘tkazilayotgan joyi - hudud, sex, ombor.
Uchinchi daraja. Bu transportga joylash, butun bir harakat tizimi va 
bir qator hodisalar zanjiridir. Shu darajada boshlanishidan oldin sotuvchi 
xomashyoni tushirish payti desa bo‘ladi, shu zanjir yakunlanishi esa tayyor 
mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘ladi.
Rejali axborot tizimlarida logistik tizimni umumiy materiallar 
to‘plami bilan bog‘laydigan masalalarni hal etadi. Shu bilan birga «sotuv- 
ishlab chiqarish- tarqatish» rejasi zanjiri bajariladi. Bu ishlab chiqarishning 


113 
foydali tizimini tashkil qilishga yordam beradi. Shu bilan birga rejali 
tizimlar, logistik tizimlar tashqi omil bilan bog‘langanday bo‘ladi.
Dispozitiv va bajarish tizimlari belgilangan rejalarni qismlarga 
bo‘ladi va ularni ishlab chiqarishning alohida hududlarida bajarilishini 
ta’minlaydi.
Har xil guruhlarga tegishli bo‘lgan logistik axborot tizimlarining 
konsepsiyalari asosida ular yakka axborot tizimiga jamlanadi. Ular vertikal 
va gorizontal integratsiyalarga ajratiladi. Vertikal integratsiya rejali, 
dispozitiv va boshqarish tizimlari o‘rtasidagi aloqa hisoblanadi. Gorizontal 
integratsiya esa axborot to‘plamlari orqali dispozitiv va bajarish 
tizimlaridagi alohida masalalar majmui orasidagi omil hisoblanadi.
Integratsiyalashtirilgan 
axborot 
tizimlarining 
barcha 
yutug‘i 
quyidagilarda aks etadi:
- axborot almashuvi tezligi oshadi;
- ishlab chiqarishni rejalashtirish;
- zaxiralarni umumiy boshqarish;
- zaxiralarni boshqarish va boshqa masalalar.
Dispozitiv axborot tizimlari.
Bu tizimlar omborni yoki sexni boshqarish darajasida yaratiladi. Bu 
yerda quyidagi masalalar bajarilishi mumkin:
- zaxiralarni qisman boshqarish (ombor joylarida); - korxona yoki 
ombor transportini ishlatish;
- yuklarni tanlash va ularni joylashtirish, jo‘natilayotgan yuklar 
hisobi va boshqa masalalar.
Bajarish axborot tizimlari. Tezkor yoki ma’muriy boshqarish 
darajasida yaratiladi. Axborotlarga tizimlarda ishlov berish, EHMga kelib 
tushish tezligi amalga oshiriladi. Bu ish jadvali hozirgi vaqtdagi 
yuklarning harakati haqida axborot olish va ularga nisbatan ma’muriy va 
boshqarish ta’siri ko‘rsatiladi. Bu tizimlar bilan har xil masalalar 
bajarilishi mumkin: ishlab chiqarishga tezkor xizmat ko‘rsatish; binolar, 
materiallar to‘plamini boshqarish va h.k.
Ko‘p darajali avtomatlashtirilgan tizimlar material to‘plamlarining 
boshqarilishini barpo etish, dastur bilan ta’minlashni ishlab chiqish uchun 
sarf qilish bilan bog‘liq. Bu bir tomondan, tizimning ko‘p vazifaliligini 
ta’minlaydi, boshqa tomondan esa uning integratsiya darajasini ko‘taradi.
Hozirgi paytda yetarli darajada yaxshilangan dasturlash paketlari 
yaratilmoqda. Birgina ular hamma axborot tizimlarida ishlatila olmaydi. 
Bu integratsiyalar to‘plamini boshqarish masalalari yechimi boshqarish 
darajasi andozalariga bog‘liq:


114 
Masalalarni yechish, yuqori darajadagi andozalarini rejalashtirish 
axborot tizimlarida balandroq bo‘ladi. Shu yerda tizimlarni ta’minlashga 
ko‘nikish uchun qiyinchiliksiz erishishga yordam beradi. Axborot 
tizimlarida ularning andoza paketlarini ko‘niktirish ayrim sabablarning 
kelib chiqishi bilan bog‘liqdir.
Masalan:
- ishlab chiqarish jarayonining oldindan o‘zlashtirib kelinishi va 
andozalar o‘zgarishlariga qiyinchilik bilan keladi;
- ma’lumotlar qayta ishlash tizimi, hamma qo‘llovchilarda bir xil 
emas.
Bajaruvchi axborot tizimlarida tezkor darajada qoidadagidek, yakka 
dasturlarni ta’minlashda ishlatiladi.
Yetkazib berishda qo‘llaniladigan axborot tizimi turlari 4.7-
chizmada, Yetkazib berishdagi axborotlar to‘plamining turlari esa 4.8-
chizmada keltirilgan. 
4.7-chizma. Yetkazib berishda qo‘llaniladigan tizimlar turi 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish