65
3- BOB. MAHSULOTLARNI YETKAZIB BERISH
MAHSULOTLARNI OMBORGA JOYLASHTIRISH VA
OMBORDA QAYTA ISHLASH TIZIMI
3.1. Zaxiralarni omborga joylashtirish va shu tizimning ta’rifi
Ishlab chiqarish jarayoni xomashyo va materiallarni bir korxonadan
boshqasiga siljitish, tayyor mahsulotni ishlab chiqarish doirasidan iste’mol
doirasiga yetkazilishi bilan bog‘liq. Bu siljishlar ayrim joylarda moddiy
zaxiralarning yig‘ilishiga olib keladi, bu zaxiralarni
saqlash uchun esa
moslashtirilgan omborxonalar kerak. Chunki, ishlab chiqarish jarayoni
uzluksiz bo‘lishi uchun u yerda iste’mol qilinadigan xomashyolarning
zaxiralari bir kunda yoki bir haftada kerak bo‘ladigan xomashyo
miqdoridan ko‘p bo‘lishi zarur. Xomashyo, material, mahsulotlarni saqlash
uchun maxsus qurilmalar,
har xil tara, mexanizatsiya vositalari va
boshqalar kerak. Moddiy boylik manbalarini ishlab chiqaruvchilardan
iste’molchilarga siljishi 2 usulda tashkil qilinishi mumkin:
1. Tranzit usuli.
2. Omborlardan foydalaniladigan usul.
Ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini tranzit usuli bilan
ta’minlashda moddiy boylik manbaning zaxiralari korxona va
tashkilotlarning omborlarida tashkil qilinadi.
Ishlab chiqarish jarayoni
uzluksizligining omborlardan foydalanadigan usuli bilan ta’minlashda
boylik manbalarining harakati boshqacha tashkil qilinadi. Bu usul orqali
materiallar korxona va tashkilotlar omborlariga yetib borishdan avval,
ta’minlash-o‘tkazish tashkilotlarining ombor va bazalariga saralash uchun
olib boriladi, keyin shu ombor va bazalardan iste’molchilarga yetkaziladi.
Omborlarni 2 turga ajratish mumkin:
1. Ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarining omborlari.
2. Tijorat vositachi tashkilotlarning ombor va bazalari.
Moddiy boylik manbalarini tranzit usuli bilan yetkazish eng tejamli
usul hisoblanadi, chunki u qo‘shimcha xarajatlarning
kamayishiga olib
keladi, omborlarda moddiy boylik manbalari zaxiralarining ko‘payishiga
imkon yaratadi. Lekin bu usuldan foydalanishning o‘z shartlari bor.
Ta’minlovchi korxona 1 ta iste’molchi - korxonaga aniq vaqt davomida
katta miqdorda, ya’ni temir yo‘l vagonlarini to‘ldiradigan miqdorda,
moddiy boylik manbalaridan foydalansa, tranzit
usulidan foydalanish
mumkin. Shunday qilib, ta’minlashning tranzit usuli bilan tashkil qilinish
imkoniyati moddiy boylik manbalarini iste’mol qilish miqdoriga va
66
belgilangan tranzit me’yorlariga bog‘liq. Tranzit me’yori deganda, bir
buyurtma asosida ta’minlovchi korxona orqali iste’molchi korxonaga
yuboriladigan moddiy boylik manbalarining eng kam yo‘l qo‘yilgan
miqdori tushuniladi. Iste’molchi korxona ta’minlovchi korxonaga yaqin
joylashgan (120-150 km masofada) va materiallarni avtotransport bilan
yetkazib berish imkoniyati bo‘lsa, ta’minlashning
tranzit usulidan
foydalanish mumkin.
Omborlar orqali ta’minlash usuli turli xil moddiy boylik manbalarini
kam miqdorda iste’mol qiladigan korxonalarda qo‘llaniladi. Bunday
iste’mol qilinadigan boylik manbalari miqdori tranzit me’yorlar va
buyurtma me’yorlariga yetmaydi. Bunday ta’minlash usuli iste’molchi
korxonalarga kerakli miqdorda moddiy boylik manbalari va materiallarni
buyurtma qilishi mumkin.
Tijorat vositachi hissadorlik jamiyati korxonalari bazalariga
materiallar tez-tez yetkazilishi natijasida, tranzit usuliga ko‘ra, iste’molchi
korxonada moddiy boylik manbalari zaxiralarini sezilarli darajada
kamaytirishga imkon yaratadi. Ombor orqali ta’minlashning kengayishiga
hissador jamiyati bazalarida materiallar zaxiralarining ko‘payishiga olib
keladi. Lekin butun xalq xo‘jaligi darajasida
zaxiralarni umumiy mutlaq
miqdori ko‘paymaydi, aksincha, kamayishi mumkin. Ombor orqali
ta’minlashning yana ijobiy tomoni shundaki, ta’minlash - o‘tkazish
bazadagi zaxiralardan samarali foydalanish mumkin,
yana qisqa vaqt
davomida birdaniga keng doira iste’molchilar ehtiyojini qondirish
mumkin, iste’molchilarni har tomonlama ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Ta’minlash usulini belgilashdan oldin zarur bo‘lgan texnik va
iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqish, ta’minlashning 2 usuli ijobiy va
salbiy tomonlarini e’tiborga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: