134
D. Shostakovichning Yettinchi simfoniyasi singari B. Chaykovskiyning
simfoniyasi go‘zallikni, o‘z millatini madh etishga qaratilgandir.
Simfoniyaning atalishida Sevastopol shahrining nomi qo‘llanilgani alohida
e’tiborga molikdir. Bir tomondan, simfoniya nomi tufayli dasturli ko‘rinsa-da, undagi
chuqur ma’nodorlik va ko‘p qatlamlik, umumlashma dasturlilikni keltirib chiqaradi.
Sevastopol – timsol sifatida tarixiy davrlarni,voqe’likni, inson qahramonligini
o‘zida mujassam etadi. Bu muqaddas zamin romantik go‘zallik, shoirona nazokat va
zamonaviy his-hayajonlar bilan to‘lib toshgandir. Kompozitor simfoniyada o‘ziga xos
musiqiy bayon etish uslubidan foydalanadi.
Simfoniyaning dramaturgik rivojlanishi sokinlik bilan
lirik yondashuv orqali
bayon etiladi. Kompozitor go‘yoki qadimdan boshlangan, tarixiy voqealarni
shoshmasdan tasvirlaydi. Dengizchilar shahri bo‘lmish Sevastopolning tarixi, uning
himoyachilari ko‘z oldimizdan birin-sirin o‘tadilar.
Kompozitorning bunday yondashuvida L. Tolstoyning “Sevastopol voqealari”,
K. Paustovskiyning asarlari, A. Grinning romantik asarlarining ta’siri yaqqol sezilib
turadi. Kompozitor XX asr ijodkori sifatida o‘z asariga kino san’atining uslublarni
ham kiritadi.
Simfoniyada kino, she’riyat, adabiy romantizm
musiqiy uslublarda
yangraganday bo‘ladi. Zamonaviy kompozitor sifatida B. Chaykovskiy musiqaning
texnik imkoniyatlaridan ham keng foydalanadi. Shu bilan birga simfoniyaning
obrazliligi tushunarli va aniq vositalar orqali tomoshabinga yetkaziladi.
Simfoniyaning musiqiy materiali soddaligi bilan ajralib turadi. Tayanch
akkordlarning ketma-ketligi, geksaxord, minor tonalligidagi kvartsekstakkord
tovushlari orqali harakatlar – bir qarashda an’anaviydek tuyuladi.
Ammo temp va
ritmlarning zamonaviy qo‘llanilashi natijasida, intonatsion yangilanish yuzaga keladi.
B. Chaykovskiyning asarlarida dramaturgik rivojlanishning uslubi o‘ziga xosdir.
Kompozitor simfoniyalar uchun an’anaviy bo‘lgan ekspozitsiyadan va
taqqoslanishdan voz kechadi. Uning simfoniyalarida rivojlanish doimiy jarayon
bo‘lib, kuy va ohanglarning tinmay o‘zgarishiga quriladi. Bu uslubda xalq ijodiga
tayanish ko‘zga tashlanadi. Har bir kuy to‘xtovsiz o‘zgarishda beriladi, davr
135
tushunchasi o‘zgarib ketadi. Turg‘unlikning eng yuqori cho‘qqisi bo‘lib, bir nechta
ohanglardan iborat bo‘lgan ma’lum bir kuyning yaxlit ko‘rinishga kelishi bo‘ladi.
Ammo bu ham, har gal to‘xtovsiz rivojlanishning yangi bosqichini yaratadi.
Musiqiy materialning jo‘sh urishi va “nafas olishi”ga kompozitor tomonidan bir
necha uslublarning qo‘llanilishi orqali erishiladi. Kompozitor
rivojlanish jarayonida
qaytariliqlardan mutlaqo voz kechadi va har gal yangi variantlarni taklif etadi.
Simfoniyaning tuzilishi ham o‘ziga xosdir. Uning kompozitsion tuzulishini
musiqiy poemaga o‘xshatish mumkin. Boshlang‘ich taktlarda berilgan mavzu asar
davomida to‘xtovsiz o‘zgarishda rivojlanadi. Simfoniyaning o‘zi bir nechta kontrast
bo‘limlardan tashkil topadi.
Simfoniya umumiy musiqiy material bilan birlashtirilgan tantanovor Kirish va
Muqaddima qismlariga ega. Mazkur qismlar spektakllardagi Prolog va Epiloglar
singari asarning asosiy mazmuniga qo‘shimcha ma’no beradi.
Prolog va epiloglarning orasida bo‘lib o‘tadigan voqe’lik, bir necha
bo‘limlardan iboratdir.
Xalqchil, yorqin sahnalar shoirona, nafis epizodlar bilan
almashadi. Sekin-astalik bilan simfoniyaga dramatik obrazlar kirib keladi.
Dramatizmning kuchayishi fojeaviy epizodlarga olib keladi. Litavralarning ijrosida,
motam sahnasida Musorgskiyning ta’siri sezilib turadi. Simfoniyaning optimistik ruhi
qahramonona obrazlar orqali namoyish etiladi. Tanatanali olqishlar bilan alt fleytasi
ijrosidagi lirik monolog simfoniyaga hayotiy sahifalar bahsh etadi.
Simfoniyaning yakuniy, epilogdan avval keluvchi bo‘limida, asarning butun
voqe’ligi qisqartirilgan shaklda qaytariladi. Rivojlanishga qurilgan simfoniyada
bunday qaytarilig‘ o‘zgacha ma’no kasb etadi.
Bu yerda vaqt, tarix tushunchalari
o‘rin almashadi. Go‘yoki voqe’lik bir necha vaqt qatlamlarida sodir etayotganday
bo‘ladi.
Bunday uslub zamona kompozitorlari tomonidan ko‘p marotaba qo‘llanilgandir.
D. Shostakovichning O‘n beshinchi kvarteti, A. Shnitkening kvinteti shular
jumlasidandir.
136
B. Chaykovskiy simfoniya janri imkoniyatlaridan kelib chiqib,
epik shaklda
qahramonlik obrazlarini yaratadi. Bu obrazlar vaqt va tarixiy davrlar chegarasidan
ustun turadilar.
Simfoniyaning liriko-epik monologida shaxsiy yondashuv bilan fuqarolik,
zamonaviylik bilan abadiylik birlashib ketadi. Musiqiy materialning estetik qimmati
uning go‘zal va tabiiyligidadir. Mazmunan boyligi esa, abadiy tushunchalar – Tichlik,
Ezgulik, Haqiqatni ulug‘lashida, deb bilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: