Elektron sozlar bilan an’anaviy sozlarning taqqoslanishi davr kompozitorlari
tomonidan ko‘p marotaba qo‘llanilgan.
Mazkur yo‘nalishdagi izlanishlar Boltiqbo‘yi kompozitorlari ijodida ham ko‘p
uchraydi. Sababi, boshqalarga nisbatan Boltiqbo‘yi davlatlarida yashab ijod etgan
kompozitorlarda elektron vositalarga talab qoniqarli darajada ta’minlangan bo‘lib,
ijod qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan edi. Shuning uchun ularda
birinchilardan bo‘lib yozib olish studiyalari, yangi elektron sozlar qo‘llanilar edi.
O. Balakauskasning dialogiyasi ana shunday asarlar jumlasidandir.
O. Balakauskasning elektroviolonchel va ansambl uchun yozgan “Orgiya”,
”Katarsis” asarlarida elektron sozlarning imkoniyatlarini ochib berishga harakat
qilingan. Birinchi asarda elektron violonchelning tembr va ritm imkoniyatlaridan
to‘la foydalanilgan bo‘lsa, ikkinchi asarda berilgan ohanglarni rivojlantirish orqali
mavzu yoritilgan. Asarning asosiy mazmuni – insonning tabiat bilan uzviy
bog‘liqligi, zamonaviy muammolarni hal etishda borliqqa murojaat etish kabi
fikrlardan iborat bo‘ladi.
Mazkur mavzu B. Kutavichyusning “O‘rmondagi ikki qush” - soprano, goboy,
fortepiano va magnit tasmasi uchun yozilgan kantatasida ham uchraydi.
S. Rostomyanning xor, simfonik orkestr va sintezator uchun yozilgan
simfoniyasi, V. Ryabovning uch skripka, klavesin, fortepiano va magnitofon tasmasi
uchun yozilgan “Concerto da passakalia”, G. Kupryavichusning organ va magnitofon
154
tasmasi uchun yozilgan sonatasi kabi asarlarda Boltiqbo‘yi kompozitorlari yangi
mavzularni yangi uslublarda bayon etishga harakat qiladilar.
Mazkur eksperimentlar, elektron sozlarning musiqa dunyosiga to‘laqonli soz
sifatida kirib kelishiga ko‘maklashadi. O‘ylaymizki, kelajakda bu yo‘nalish yanada
taraqqiy etadi.
60-80-yillar mobaynida elektron musiqa vositalarining rivoji hamda ommaviy
axborot vositalarining taraqqiyoti musiqa madaniyatining barcha jabhalariga katta
ta’sir o‘tkazib, musiqiy hayotning yangi shakllarini keltirib chiqardi.
Audio va video tasmalariga yozib olingan musiqiy materiallarning o‘zi texnik
vositaga aylanib, ijodiy yondashuvni talab etmaydigan hollarda ham ishlatildi. Ularni
ko‘paytirish, foydalanish, qo‘llash alohida muammolarni keltirdi. Bugungi kunda
yoshlarga ommaviy axborot vositalari, ommaviy madaniyatning ta’siri haqida
kuymay yozmagan ijodkorlarning o‘zi qolmadi. Ammo shunga qaramay, muammolar
tobora ko‘paymoqda.
Mazkur yo‘nalishni fanimiz chegarasida o‘rganar ekanmiz, undan faqat ijobiy
tomonlarini tanlab olib, tahlil qilishga e’tibor qaratamiz. Eng muhimi bugungi
kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan asarlar hamda ijodkorlar shaxslarda
to‘xtaymiz.
Ommaviy axborot vositalarining shiddatli rivoji yangi qo‘shiqchilik va estrada
yo‘nalishlarining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Bulardan badiiylik nuqtai-nazaridan
mualliflik qo‘shiqlari, estrada simfonik orkestrlarning faoliyati va rok musiqasini
tanlab olib, ko‘rsatishimiz mumkin.
1945-yilda Y. Silantevning rahbarligida tashkil etilgan simfonik orkestr o‘z
yo‘nalishiga ko‘ra 1954-yildan e’tiboran estrada simfonik orkestri, deb yuritiladigan
bo‘ldi. Davlat televideniyesi va radiosi qoshida faoliyat olib borgan mazkur jamoa,
estrada musiqasini professional darajasini yuqori pog‘onaga olib chiqishda ko‘p
xizmat ko‘rsatdi.
“1958-yili B. Zokirov sa’y-harakatlari bilan O‘zbekistonda birinchi Davlat
estrada orkestri tuzildi. Botir va Luiza Zokirovalar orkestrning solistlari sifatida
faoliyatlarini davom ettirishdi. Shuni aytib o‘tish lozimki, orkestrda o‘sha vaqtda
155
taniqli kompozitorlar – Yan Frenkel, Albert Malaxovlar (orkestrning badiiy rahbari
va dirijyori) faoliyat ko‘rsatib, Botir Zokirov repertuarida keyinchalik eng sara,
mumtoz asarlarga aylangan qo‘shiqlarning aranjirovkachilariga aylanishdi” (228, 46).
60-yillarda paydo bo‘lgan, “mualliflik qo‘shiqlari” deb nom olgan janr, aslini
olganda kuylanadigan she’rlardir. Bunday asarlarni ko‘pincha bitta muallif yaratadi.
Ya’ni, shoir o‘zi yaratgan she’rlariga kuy bastalab ijro etadi. Bu toifadagi
qo‘shiqlarning musiqiy yo‘llari o‘ziga yetguncha sodda bo‘lsa ham, mazmuni chuqur
va ko‘p qatlamli bo‘ladi. Sababi, mualliflarning shaxsi, ularning dunyoqarashi
qo‘shiqlarda namoyon bo‘ladi.
70-80-yillarning eng yorqin namoyondalariga B. Okudjava, V. Visotskiy,
A. Galich, Y. Vizbor, Y. Kim kabi ijodkorlarni kiritishimiz mumkin.
Ularning ko‘pchiligi rasmiy rahbariyat tomonidan tan olinmagan bo‘lsa-da,
tomoshabinlar o‘rtasida mashhur edilar. Ularning ijodini keng omma o‘rtasida
tarqalishiga audio tasmalari ayniqsa qo‘l kelgan.
“Mualliflik qo‘shiqlari”ning ommalashuvida bir qator omillar rol o‘ynagan.
Avvalambor, mualliflarning shaxsi ommaviy fikrlash odat bo‘lgan davlatda shaxsiy
fikrni sahna orqali bildirish, katta jasoratni talab etgan, albatta. Buni tomoshabin
sezgan va mualliflarni hurmat qilgan. Sahnadan turib jonli muloqotda bo‘lgan
shoirlar, insoniy his-tuyg‘ularni sodda va tushunarli tarzda tomoshabinga
yetkazganlar.
Ana shu samimiylik tantanavor rasmiy san’atga qarama-qarshi qo‘yilgan. Davr
estradasida sun’iy xushchaqchaqlik, muammolardan xoli bo‘lish kayfiyatlari hukm
surgan bir paytda, “Mualliflik qo‘shiqlari”da hayotiy lavhalar, kundalik muammolar,
hatto chuqur psixologik kayfiyatlar ko‘rsatilgan.
Shu davrda ijod etgan san’atkorlardan butun Ittifoq ko‘lamida Botir Zokirovning
ijodi alohida o‘rin tutadi. Garchand, Botir Zokirov “Mualliflik qo‘shiqlari”ga
bevosita aloqasi bo‘lmasa ham, uning shaxs sifatidagi nufuzi ijro etgan har bir
qo‘shig‘iga o‘z ta’sirini o‘tkazib, ”Botir Zokirov qo‘shiqlari” degan tushunchani
yuzaga keltiradi.
156
Musiqashunos G. Tursunova Botir Zokirovning fenomenini tahlil etib,
quyidagilarni yozadi: “Botir Zokirov nomi estrada san’atiga o‘z ulushini qo‘shgan
jahonning XX asrga mansub sara xonandalari qatoridan alohida o‘rin egallaydi. U
“estrada yulduzi”, degan sharafli unvondan birmuncha baland. Chunki u, bir emas,
bir necha avlod o‘zbek ijrochilari, keng ma’noda – butkul ziyolilari ma’naviy
hayotining eng mazmunli bo‘lagiga aylangan san’atkordir.
Botir Zokirov ijro uslubining muhim tomoni – yuksak badiiy did, ichki
madaniyati bilan farqlanib, talqin nuqtai-nazaridan tinglovchilar e’tiborini o‘ziga jalb
etishida namoyon bo‘ladi. Botir Zokirov zohiran tejamkor hissiyot va kamtarin sahna
harakatlari orqali asardagi pinhon, teran hissiyot mazmunini tinglovchilarga yetkazib
berish mahoratiga ega bo‘lgan. Zero, xonanda ijro etgan har bir qo‘shiq qalban his
etilib, “dardli” ovozida uning g‘oyasi samimiy ifodasini topgan. Yagona ohang, kuy
yo‘li orqali qo‘shiqni sahnalashtira olish qobiliyatiga ega bo‘lgan xonanda, o‘z
navbatida, orkestr bilan uyg‘unlasha bilish mahoratiga ham ega edi. Ijro uslubining
betakrorligi, yorqin va yuksak talqinlari bilan Botir Zokirov milliy estrada ijrochilik
maktabiga asos soldi” (229,10-11).
Qo‘shiq tug‘ilishidan tortib, to sahnaga taqdim etilishiga qadar, gramplastinka
yoki magnit tasmasiga yozib olingach esa, uning talqini bo‘yicha shaxsiy tahlil
jarayoni davom ettirilib, “qiyomiga” yetkazish uchun qilingan harakatlar, o‘y-fikrlar
xonandaning kundaliklarida ham muhrlanib qolgan: “Mana, yana Moskvada Ikrom
Akbarovning ikkita qo‘shig‘ini yozayapmiz. Biri – men uchun Turob To‘la she’riga
yozilgan, biroq boshqa xonanda tomonidan ijro etilgan eski qo‘shiq, ikkinchisi esa,
qog‘oz gul haqidagi qo‘shiqdir. U juda oddiy va uni tezda yozib oldik. Birinchisini
esa yozishga botina olmadim. Ikrom bilan kunduzi bo‘lib o‘tgan repetitsiyada bir
dahshatli narsani tushundim. Qo‘shiqni esdan chiqarayozibman, ya’ni uning
nafosatini his eta olmadim, uni seza olmadim. U qachonlardir bo‘lganidek meni
hayajonlantirib, ko‘nglimni undamayapti. Qanday qilib buni qaytarish mumkin? Uni
yozish zarur. Lekin dasturdan o‘rin olgani uchungina emas, balki ko‘p narsalar u
bilan bog‘liqligi uchun. Qo‘shiqni qaytadan tiklab, unga yangi hayot baxsh etish
157
zarur. U orqali go‘yo ijodim to‘sqinliklarini yengganim kabi qaytadan tug‘ilib, o‘rab
turgan gumon va vahimalardan qutulgach, o‘z-o‘zimga ishonch hosil qilaman...
Qo‘shiqning repetitsiyasi yaxshi o‘tmadi. Yozish zarur. Juda qo‘rqib,
asabiylashayapman. Qo‘shiqni qanday aytish lozim?.. Har bir tovush, kuy jumlasini
tinglab, shundaymikin, deb bosh qotiraman.
Atrofdagi barcha narsalar, muhimi esa, shaxsan o‘zim qo‘shiqqa xalaqit berdim.
Qo‘shiqni faqat seniki
2
bo‘lishi uchun nima qilish zarur? Ijroyimdan qoniqmagan
holda odamlar uchun muhim va kerakli ish qilayotganimni idrok etish uchun nima
qilish lozim? Qo‘shiq qanday bo‘lishi kerak? ...”
3
(228, 60).
Bugungi kunda shunisi ayonki, Botir Zokirov nafaqat o‘zbek, balki butun Ittifoq
estradasida o‘chmas iz qoldirgan ijodkorlardandir.
Ittifoq estradasida 20-30-yillardan e’tiboran jaz oqimi mavjud bo‘lgan.
O‘tgan asrning o‘rtalarida AQShning qora tanli fuqarolari madaniyatida paydo
bo‘lgan jazning asosiy maqsadi – norozilik mavzularini musiqaning murakkab janr va
shakllariga o‘ragan holda bayon etishdan iborat bo‘lgan. 70-80-yillar estradasida esa
jaz tushunchasi mutlaqo o‘zgarib ketgan. An’anaviy jaz tushunchasidan faqat ritm va
tembr xususiyatlarini saqlagan musiqada ko‘pincha mavzuning o‘zi bo‘lmagan. Jazga
nisbatan bunday yondashuv uning obro‘sini to‘kib, bir qator shinavandalaridan
ayirgan.
“Mualliflik qo‘shiqlari”da she’r matni birlamchi bo‘lib, musiqa asosan uni
izohlagan. Musiqashunos N. Zorkaya B. Okudjavaning ijodiga nisbatan quyidagi
fikrlarini bayon etgan: “Bulat Okudjava ijodining yuzaga kelishi davr she’riyati bilan
uzviy bog‘langan edi. Shoirlarning tomoshabinlar bilan uchrashuvlari, maydonlardagi
chiqishlari shular jumlasidandir” (71,183).
“Mualliflik qo‘shiqlari”ni ijro etishda ko‘pincha gitara sozidan foydalanilgan.
Natijada bu sozning ahamiyati benihoya oshgan. 60-80-yillarda gitara ikkinchi
marotaba “tug‘ildi”, desak ham bo‘ladi.
2
Ta’kid - G. T.
3
Qarang: .S- 115. (Tarjima – G. T.)
158
Chet el estradasi Beatles, Rolling Stones ta’sirida vokal instrumental ansambllar
paydo bo‘lib, ko‘paya boshladi. Bunday ansambllar milliy respublikalarda ham
yuzaga keldi. O‘zbekistonda “Yalla”, Belorussiyada “Pesnyari”, Ukrainada
“Chervona ruta”. Ularning repertuaridan zamonaviy qo‘shiqlar bilan bir qatorda,
folklor namunalari ham o‘rin egalladi. Misol tariqasida “Yalla” ansamblining
repertuarini ko‘rishimiz mumkin.
Musiqashunos G. Tursunovaning kuzatuvlariga ko‘ra: “Xususan, “Yalla”
ansamblining qiyofasini gavdalantiruvchi folklor namunalari talqini nozik did, xalq
ohanglariga ehtiyotkorlik munosabatida yondashish, har bir asarda o‘zgacha original
topilmalar topib qo‘llashi bilan e’tiborni tortadi” (231,364).
Bu ansambllarda asosiy musiqiy sozlarning deyarli barchasi elektron texnikaga
asoslangan edi.
Studiyalarda yozib olingan musiqiy material audio tasmalar va plastinkalar
orqali tezlik bilan ommalasha bordi. Natijada musiqaga nisbatan yangicha yondashuv
yuzaga keldi. O‘rganilayotgan davrda barcha musiqiy jamoalarning professional
tayyorgarligi bir xil bo‘lgan, deya olmaymiz.
Davr matbuotiga murojaat etadigan bo‘lsak, B. Okudjavaning bu borada
bildirgan fikrlari nihoyatda qiziqarlidir: “Badiiy sa’viyasi past musiqiy materialning
ham ommalashib ketishi, albatta salbiy natijalarga olib keladi. Zero, radio va
televideniyedan berilayotgan eshittirishlarni tomoshabin etalon-namuna sifatida qabul
qiladi. Sifati past musiqiy material esa tomoshabinning ongini zaharlab, badiiy didini
tushurib yuboradi...” (158, 4-5)
70-80-yillarda ko‘tarilgan mazkur muammo bugungi kunga qadar o‘z yechimini
topgani yo‘q. Ammo shunisi aniqki, texnik imkoniyatlardan vosita sifatida
foydalanib, asosiy e’tibor badiiylikka qaratilgan asarlarni tomoshabin haligacha sevib
tomosha qiladi. Va aksincha, texnik vositalarga ortiqcha ishonib, tashqi
jimjimadorlikka uchgan qator jamolar o‘z davrida qalqib chiqqan bo‘lsalar ham, vaqt
sinoviga dosh bera olmadilar.
60-yillarda musiqani yozib olishdagi texnik vositalarning rivojlanishi
“Mualliflik qo‘shiqlari” va jaz musiqasining ommalashuviga olib keldi. Musiqiy
159
ijodning bu ikki turi o‘zining shinavandalariga ega bo‘lib, ijodiy cho‘qqisiga shu
yillarda erishdi.
70-yillarda musiqani yozib olishdagi texnik vositalarning dastlabki taraqqiyoti
rok musiqa yo‘nalishini keltirdi. Ommaviy musiqaning boshqa yo‘nalishlaridan farqli
o‘laroq, rok musiqasi texnik vositalar bilan yanada izchil bog‘langan edi. G‘arbda
paydo bo‘lgan bu yo‘nalish turli tortishuv va bahslarga sabab bo‘ldi. Uning tub
mazmun va mohiyatini tushungan tomoshabinlar doirasidan faqat tashqi ko‘rinishini
qabul qilganlar ko‘proq edi. Rok musiqasini estrada san’atining ma’lum oqimi
sifatida qabul qilish, uning uslublaridan ijodiy foydalanish keyinchalik yuzaga keldi.
80-yillarda rok musiqasining ommalashuvi, mazkur masalalarga nisbatan rasmiy
tashkilotlarning e’tiborini o‘ziga tortdi. 80-yilda Tiflis shahrida o‘tkazilgan “Tbilisi-
80” rok festivali bu e’tiborning yorqin dalilidir. Shundan e’tiboran, rok musiqasi
televideniye,
radio
eshittirishlaridan
o‘rin
egalladi.
Rok
musiqasiga
qiziqadiganlarning klublari, to‘garaklari ochila boshlandi. Keyinchalik, bu yo‘nalish
tizimli tus olib, Vilnyus shahrida “Lituanika”, Moskvada “Rok-panorama” festivallari
o‘tkazildi. “Avtogrof” singari rok ansambllar hatto xalqaro “Burje bahori” (Fransiya,
1987) kabi konkurslarda qatnashdilar.
Rok musiqasining yoshlarga ta’siri ma’lumdir. Shunga ko‘ra, bu masala doimo
dolzarb bo‘lib, bahs va tortishuvlarga sabab bo‘lib kelgan. Masalan, 1987-yil
Leningrad (hozirgi Peterburg) shahrida “Leningrad bahori” festivali doirasida “Rok
atrofida” deb atalgan kontsert-bahs tashkil etilgan. Butun Ittifoqdan tashrif buyurgan
musiqachilar mazkur masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etganlar. “Kompozitor va
tinglovchi” masalasi ayniqsa ko‘pchilikning e’tiborini tortgan.
Tinglovchilarning keng doirasi bilan kompozitorlik ijodining muloqoti doimiy
muammolardan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan matbuot sahifalarini egallab turadi. 80-
yillarga kelib bu masala ayniqsa ko‘ndalang turdi. Zero, kompozitorlik ijodi bilan
yosh tinglovchilarning o‘rtasida uzilish mavjudligi aniq seziladi.
Ming afsuski, bu bahslar shuni ayon qiladiki, ko‘p sonli yoshlar uchun “musiqa”
tushunchasi faqat estrada bilan chegaralanadi.
160
Estrada musiqasining ajralmas qismi bo‘lmish rok musiqasi esa ma’no jihatidan
chuqur va murakkab san’at turi sifatida idrok etiladi.
Darsligimiz doirasida, rok musiqasining afzal tomonlarini hech bir inkor
qilmagan holda, 80-yillar san’atini tahlil etamiz.
80-yillar rok musiqasini musiqani yozib olishdagi texnik vositalarning dastlabki
taraqqiyotisiz tasavvar qilib bo‘lmaydi. Davrning buyuk kompozitori A.Shnitke bu
haqida: “Rok musiqasi - ovozni kuchaytirish vositalarisiz, kuchaytirib berilgan
zarblarsiz - o‘zi ham bo‘lmaydi” (259, 221).
Yuqorida kelitirilgan iqtibosda kompozitor rok musiqasining yana bir asosiy
xususiyatini tilga olgan, u ham bo‘lsa - shiddatli ritm zarblarini.
Musiqa tarixini retrospektiv ravishda ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ritm zarblariga
asoslanish musiqaning qadimiy irmoqlariga borib taqaladi. Deyarli barcha xalq va
elatlarda ritmga qurilgan musiqiy janrlar mavjuddir. Shamanlikda esa zarblardan
hatto gipnoz sifatida foydalaniladi.
XX asrning oxirlariga kelib ritmlarning ta’sir kuchidan rok musiqasida
foydalanilgan. Texnik vositalar esa ritmlarga g‘ayrioddiy kuch bahsh etgan. Rok
kontsertlarda yuzaga keladigan emotsional keskinlikda, yoshlarga to‘lgan zallardagi
ommaviy raqslarda ritm zarblarining ta’siri kattadir. Ostinato ravishda shiddat bilan
bir ritmning tizimli qaytarilishi avvaldan ma’lum bo‘lgan uslubdir. Ammo texnik
vositalar bilan kuchaytirilgan tovushlarning ta’siri salbiy natijalarni ham yuzaga
keltiradi.
80-yillar estradasida ma’lum va mashhur jamoalar qatorida badiiy sa’viyasi past,
mutaxassilikka ega bo‘lmagan ijrochilar ham talaygina bo‘lgan. Bu holat haqida
R.Shedrin 1984-yil Kompozitorlar s’yezdidagi nutqida quyidagicha fikr bildirgan:
“Yolg‘on musiqa sharshara singari har tomondan ustimizga yog‘ilmoqda. Katta
zallardan boshlab, ochiq stadionlar, diskotekalar, restoranlar shu ummonga ko‘milib
yotibdi. Tovush muhitining zaharlanishini ekologiyaning buzilishi bilan qiyoslash
mumkin. Bularning ikkalasi ham insoniyatga ham ruhiy, ham fiziologik zarar
yetkazadi” (269, 11).
161
70-80-yillarda yuzaga kelgan ommaviy madaniyat musiqaning turli ko‘rinishlari
o‘rtasidagi farqni keskinlashtirdi. Shu davrdan e’tiboran “ommaviy musiqa” degan
tushuncha yuzaga keldi. Musiqa madaniyati esa jiddiy bilan yengil, badiiy yuksak
bilan tarallabedod, akademik bilan noakademik atamalari bilan ajratildi.
1987-yilda Moskva shahrida o‘tkazilgan musiqashunoslarning navbatdagi
uchrashuvida shu masalalarga alohida e’tibor ajratilgan edi. Jumladan, mazkur davrga
kelib, badiiy yuksak musiqa madaniyati, ommaviy tomoshabin ko‘zgusida o‘z
ahamiyatini yo‘qotgani, musiqa madaniyatining o‘zi esa bir necha qatlamlarga ajralib
ketgani aytib o‘tildi. Eng muhimi, bir paytlar yagona bo‘lgan musiqiy madaniyatning
har bir qatlami o‘zining janrlariga, kompozitorlariga hamda ixlosmandlariga ega
ekanligi ta’kidlandi. (110, 1-2).
80-yillarda bu muammoni hal etishda quyidagi vazifalar belgilangan edi:
Birinchidan, ommaviy musiqaning yo‘nalishlari bo‘lmish rok musiqa, pop
musiqa, jaz, “mualliflik qo‘shiqlari” bilan akademik va folklor musiqalarning
o‘rtasida yuzaga kelgan tafovutni bartaraf etish yo‘llarini izlash.
Ikkinchidan, estrada musiqasining taqdirini faqat professional musiqachilar
zimmasiga yuklash. Ommaviy qo‘shiqlar yaratishni hurmatga sazovor bo‘lgan
kompozitorlarga topshirish.
Bugungi kun ko‘zi bilan qarab R. Pauls, D. Tuxmanov, Y. Saulskiy, M. Minkov,
M. Dunayevskiy kabi kompozitorlar ijodi tufayli pop musiqasining hurmati oshgan
edi desak, mubolog‘a bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda ham estrada musiqasi bir necha yo‘nalishlarda rivojlangan.
80-yillar haqida to‘xtalar ekanmiz, kompozitorlardan R. Vildanov, Qalandarov,
D. Siadaminova kabi buyuk ijodkorlar mazkur yo‘nalishda ijod qilganlarini aytib
o‘tishimiz zarur.
Estrada tuhfa qilgan yangi yo‘nalishlar bilan akademik musiqani
yaqinlashtirishning yana bir murakkab yo‘li bu – turli janr va oqimlar sintezidir.
Avvalgi davrlarda ham bu yo‘nalashda urinishlar bo‘lgan. Jumladan, 60-yillarda
yozilgan kontsert va simfoniyalarda kontrastlilik maqsadida kiritilgan jaz musiqasiga
o‘xshatishlar bo‘lgan. Ammo 80-yillarga kelib “jiddiy” deb qabul qilinadigan musiqa
162
bilan estrada musiqasining o‘rtasidagi g‘ov nihoyatda kengayib ketgan. Bu haqida
kompozitorlarning o‘zi bir necha bor gapirganlar. Masalan, E. Denisov o‘zining
“Zamonaviy musiqa va kompozitorlik texnikasi” kitobida shunday deydi: “Bugungi
kunda san’atning turli ko‘rinishlari – kino, teatr, tasviriy san’at, musiqalar aro
sintezga moyillik ko‘zga tashlanmoqda. Turli sotsial qatlamlarda joy egallagan san’at
turlari o‘rtasidagi chegara ham yo‘q bo‘lib ketmoqda. Shuning uchun biz ham eskilik
sarqitlari bo‘lib yangiliklarga qarshilik qilmasligimiz kerak. Jumladan, jaz
musiqasining “jiddiy” musiqaga kirib kelishiga yo‘l qo‘yishimiz zarur...” ( 51.163).
Kompozitorning o‘zi “Kunlar ko‘pigi” operasida mazkur yo‘nalishda ilk
qadamlar qo‘ygan. Akademik opera qonuniyatiga Dyuk Ellington uslublarini kiritib,
bir tomondan yorqin obrazlilikka, ikkinchi tomondan esa vaqt muhitini yaratishga
erishgan.
Kezi kelganda shuni ham aytib o‘tish kerakki, opera bilan estrada janrlarini
yaqinlashtirishdagi birinchi qadamlarni Toshkentda tug‘ilib katta bo‘lgan,
V. A. Uspenskiy maktabining bitiruvchisi kompozitor V. Jurbin amalga oshirgan.
Uning 1975-yilda yozgan “Orfey va Evredika” operasi rok-opera sifatida mashhur
bo‘lib ketgan. Kompozitor keyinchalik shu yo‘nalishni davom ettirib, qator operalar,
baletlar, myuzikllar yaratgan.
Umuman, 70-80-yillar O‘zbekiston kompozitorlari uchun yuksaklik pallasiga
erishilgan davr desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero shu davrda turli yo‘nalishlardagi
operalar, baletlar, simfoniyalar yaratildi. Zamona talabiga ko‘ra, yangilik belgilari
ham barq urdi. Hatto, estrada yo‘nalishida yangi janr va tasvirlash uslublari ixtiro
qilinadi. Jumladan, (1973-1979) Respublikada estrada san’ati “beshik” davrini
surayotgan bir paytda, “Myuzik-xoll” kabi yetuk tomosha san’atining tug‘ilib, voyaga
yetishi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
“Ma’lumki, “Myuzik-xoll” estradaning eng mukammal va murakkab
teatrlashgan-tomosha janri bo‘lib, tarkibida oddiy kontsert nomerlari emas, balki
birmuncha chuqur dramaturgiya asosida rivojlangan spektaklda – vokal, nutq,
aktyorlik san’ati, xoreografiya, sirk, musiqa janrlari mujassam etadi.
163
Botir Zokirovning sa’yi-harakatlari bilan 1972-yili Toshkentda Osiyoda yagona
(sobiq Ittifoqda esa uchinchi) “Myuzik-xoll” jamoasi tashkil etildi. Botir Zokirov
ushbu jamoaning nafaqat badiiy rahbari, balki taniqli rejissor Mark Zaxarov bilan
birgalikda sahnalashtiruvchi rejissori vazifasini bajardi. Jamoa o‘z oldiga dasturni
milliy, o‘zbekona an’analar asosida rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yadi.
1973-yil 5-iyunida Leningradda Toshkent “Myuzik-xoll”ining birinchi
premyerasi namoyish etildi va ayni shu sanadan boshlab jamoaning rasmiy faoliyati
boshlandi.
“Myuzik-xoll”ning “Sindbod dengizchining 1973-sayohat sarguzashtlari” deb
nomlangan doimiy dasturini Moskva teatrining taniqli rejissori Mark Zaxarov hamda
satira teatrining yetakchi aktyori Aleksandr Shirvind yaratishdi.
Botir Zokirov jamoaga shu yillari milliy estrada san’ati dovrug‘ini ko‘targan
taniqli san’at namoyondalarini taklif etdi” (228.79).
“Myuzik-xoll” taqdim etgan revyuda estradani aks ettiruvchi zamonaviy janrlar
o‘zbek xalqi milliy san’at an’anasi bilan o‘zaro omuxtalangan yorqin tomosha
sahnalashtirildi.
Dastur ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, “Sharq bozori. Sharq ertagi” hamda
“Toshkent to‘yi” deb nomlandi. Tomosha O‘zbekistonning gavjum, rango-rang sharq
bozori sahnasi bilan ochiladi. Tomoshabinlar ko‘z oldida milliy kurash, dorbozlar va
pahlavonlar lavhalari, doira ijrosidagi tantanali sadolar o‘rin oldi.
Sharq ertagining bayoni uchun o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllanib
kelgan sevimli “askiya” san’atiga xos mushohada shakli tanlangan. Yorqin estrada
yo‘nalishida yaratilgan qo‘shiqlar, milliy raqsning jozibali, turfa va betakror sur’ati
asosida sahnalashtirilgan balet nomerlari tabiatan hajviy, hozirjavobligi bilan zamon
talablariga hamohang intermediyalarning ketma-ketligi yaxlit bir kompozitsiyani
tashkil etadi.
Kompozitor Tofik Boboyev tomonidan A. Faynberg she’riga yozilgan “Sindbod
qo‘shig‘i” (spektaklning bosh va asosiy leytmotivi) keyinchalik ma’lum ma’noda
“Myuzik-xoll”ning ramziga aylandi.
164
Musiqiy revyuning dramaturgik jihatdan “bog‘lanish” va “rivojlanuv”i
to‘laligicha birinchi bo‘lim zimmasiga yuklangan.
Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, myuziklning original talqini (jumladan to‘y
bazmida mehmonlar va mezbonlarning tabrik nomerlari) spektaklga chetdan taklif
etilgan va bevosita harakatning qahramonlariga aylangan san’atkorlar ishtirok etishini
ko‘zda tutgan edi. Shu bois, “Myuzik-xoll”da Vladimir Visotskiy, “Navo”, “Yalla”,
“Poyushie gitari”, Irina Ponarovskaya, Shimoliy Osetiyaning “Alan” ansambli,
shuningdek, respublikaning taniqli san’at ustalari bevosita qatnashib, dasturga
yangicha tus, betakrorlik baxsh etganlar.
““Myuzik-xoll” ssenariysining sahnalashtiruvida Mark Zaxarov birinchi
marotaba “Sani”
4
lar xizmatiga murojaat qilgan. Bu yo‘l taniqli rejissorning shaxsiy
topilmalaridan biri bo‘lib, keyinchalik u sahnalashtirgan qator asarlarda o‘z davomini
topdi”, - deb ta’kidlaydi Shoh, Vazir, Shayton, Munajjim rollarining doimiy ijrochisi
Andrey Petrovets.
Dasturni “oyoqqa qo‘yish” vazifasi yillar davomida Botir Zokirov zimmasiga
yuklandi. “Men bunday ulug‘ san’atkor bilan bir sahnada ishlashga muyassar
bo‘lganimdan o‘zimni baxtli inson deb bilaman. Men ulardan amaliyot jarayonida har
bir san’atkorga nasib etmaydigan sahna ijrochiligi sir-asrorlarini o‘rgandim.
Tomoshabinlar hamisha haq. Bu aksiomadir”, - ko‘pincha ta’kidlardi Botir Zokirov.
O‘ziga va yon-atrofdagilariga talabchan xonanda biz – “Myuzik-xoll” artistlarini
tasodifiy-havaskorona, erkin badihaga yo‘l qo‘yishimizdan ogohlantirar edi. “Faqat
qat’iy ijro omillarini puxta o‘zlashtirib, yuqori mahoratga yetkazmagunga qadar erkin
badihaga yo‘l qo‘yilmasligi lozim!”, - deb takrorlardi Botir Karimovich. Uning
san’atda targ‘ib etgan estetik qarashlari va prinsiplari shaxsan men uchun ijodimning
ustuvor qoidasiga aylandi”
5
(228, 82).
Shu muhitda tarbiya ko‘rgan yurtdoshimiz V. Jurbin tomonidan Ittifoqda
birinchi rok-operaning yaratilishi ahamiyatlidir. Ammo mazkur voqea bu sohada
erishilgan birinchi yutuq bo‘lsa ham, uni Ittifoq darajasida targ‘ibot qilishmagan.
4
Sani – spektaklda fon vazifasini bajargan sahna ishchilari.
5
G. Tursunovaning A. Petrovets bilan 2002-yil, 10-iyulda o‘tkazgan suhbatidan.
165
Qaytanga, 80-yillarda Moskvada yashaydigan kompozitorning asari birinchi rok-
opera deb jar solingan.
Musiqaning turli yo‘nalishlarini birlashtirish milliy respublikalarda ham amalga
oshgan. Jumladan, Boltiqbo‘yi kompozitorlari ijodida bunday harakatlar ijobiy natija
keltirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |