1-rasm. Tizimning umumiy ko‘rinishi
1-rasmdan ko‘rinadiki, tizim kirish, qo‘llash jarayoni va natijani o‘z ichiga oladi.
Kirishning asosiy elementi bo‘lib obyekt (moddiy, resursli, axborotli) hisoblanadi. U
tizimga ta’sir ko‘rsatadi hamda tizimga «kiradi». Kirishda bundan tashqari tizimga
ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi muhitning omillariga kiruvchi ikkilamchi (ikkinchidarajali)
elementlar hamda to‘g‘ridan–to‘g‘ri boshqarish mumkin bo‘lmaydigan, noqonuniy
xarakterga ega bo‘lgan omillar ham mavjud bo‘ladi. Tizimning ikkinchi qismi–
masalani tadbiq qilish jarayoni (tizimni obyektga ta’sir etishi) – zaruriy natijani olish
maqsadida kirish elementlariga ta’sir ko‘rsatuvchi jarayonlar (operatsiyalar)dan
iborat. Tizim faoliyatining natijasi yoki mahsuloti uning chiqish qismida olinadi.
Natijani baholash asosidatizimning barqarorligi hamda ishonchligi to‘g‘risida hulosa
qilinadi. Bunda uning muhim xususiyatlari sifatida ularning ajralib ketishiga uchrashi
O’rganish
obyekti
Masalani
tadbiq
qilish
jarayoni
Tasodifiy
omillar
Tashqi muhit
omillari
Natija
(yechim)
11
mumkin bo‘ladigan barqarorligi, tashqi va ichki muhitga moslashishi alohida etiborga
olinadi.
Iqtisodiy tizimlarning xususiyati shuki, ular inson tomonidan yaratiladi. Iqtisodiy
obyektlarni tadqiq qilishni tizimli yondoshuvida jamiyat faoliyatining alohida
tarmoqlari, mamlakat iqtisodi, alohida ishlab chiqarish majmualari va hokazolar
alohida tizimlar sifatida o‘rganiladi. Ular odatda vertikal va gorizontal aloqalarni o‘z
ichiga olgan, boshqarishni ierarxik darajasini tashkil etuvchi tarkibli va funksional
xarakterli kichik tizimlardan iborat bo‘ladi. Fan va texnikani jadal rivojlanishi,
tarmoqlararo aloqalarni yirik hajmlarda kengayishi hamda ishlab chiqarishni
nihoyatda ko‘payishi iqtisodiy muammolarni tadqiq qilish jarayonida «yirik tizimlar»
deb ataladigan nomni ajratishga imkon beradi. Bu tizimlar maqsadli yo‘nalishligigi
va boщqarilishi, murakkab ierarxik tarkibliligi, yirik o‘lchamlari, yaxlitligi hamda
murakkabligi bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, yirik iqtisodiy masalalarni hal
qilish uchun «yirik murakkab tizimlar»ham ajratiladi. Ular murakkab tarkibli
maqsadga, bitta tizimda bir necha tarkibga, tizimlarning murakkab izohnomasiga
egadirlar. Yirik murakkab tizimlar tadqiq qilish tizimlarni ham talab qiladi. Ular
tominidan iqtisodiy tizimlar hamda boshqarish usullarini o‘rganishda murakkabligi
bo‘yicha shunga mos keluvchi tadqiq qilish tizimlari yaratilishi zarur.
Tabiatdan foydalanish muammolarini o‘rganishda moddiy va abstrakt tizimlar
muhim rol o‘ynaydi. Tabiatdan foydalanish jarayoni, bir tomondan, tabiiy
resurslarning miqdorlari va ulardan foydalanishni, ikkinchi tomonidan esa ushbu
jarayonni boshqarishni o‘z ichiga olganligi sababli tabiatdan foydalanish tizimlari
ham o‘zining xarakteri bo‘yicha birlashtirilgan yoki moddiy – abstrakt, o‘zining
mohiyati bo‘yicha esa iqtisodiy-ekologik tizimlardir. Tarkibi jihatdan ularga tabiiy
resurslardan foydalanishning iqtisodiy, ekologik hamda boshqa qirralari xarakterli
bo‘lgan, jamiyatni rivojlanishi uchun o‘sha muhim kichik tizimlarni o‘z ichiga oladi.
Kichik tizimlar rang-barang aloqalarga ega bo‘ladilar. Ularni o‘rganish esa tabiiy
resurslardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarurdir.
Shunday qilib, tizimlar deganda umumiy maqsadga erishish uchun birgalikda
ta’sir ko‘rsatuvchi, zamon va makonda ma’lum bir qonuniyatlar asosida joylashgan
o‘zaro bog‘liq hamda o‘zaro ta’sir etuvchi elementlarning birligi tushuniladi.
Tizimlar moddiy va abstrakt turlarga ajratiladi. Tizimlarning birinchi turi neorganik
tabiiy hamda tirik xillarga ajratiladi. Abstrakt tizimlar–bu tushunchalar, gipotezalar,
nazariyalar, formallashtirilgan, logik va boshqa ilmiy bilimlardir.
Tizim quyidagi talablarga javob berishi zarur:
-tizimni har bir elementining holati umumiy yaxlit tizimning holatiga ta’sir etadi,
ular ajralgan taqdirda tizimning o‘sha muhim xususiyatlari yo‘qotiladi;
12
-tizim elementlarining holati hamda ularni yaxlit tizim bilan ta’siri o‘zaro
bog‘liqdir, ularni tizimdan ajralib ketishi natijasida ham elementlarning muhim
xususiyatlari yuqoladi.
Darhaqiqat, tizim ega bo‘lgan holat, xususiyat uni tashkil etgan alohida
elementlar (kichik tizimlar)ning holati, xususiyatidan farq qiladi. Tizim–bu mustaqil
qismlarga ajratilmagan, bulish mumkin bo‘lmagan ko‘p sonli elementlardir. Tizim
elementlarining xususiyatlar to‘plami tizimning umumiy xususiyatini yoritmaydi,
faqatgina bir necha yangi xususiyatni beradi xolos.
Har qanday tizim rivojlanayotgan tizimdir, u o‘zining o‘tgan zamondagi
boshlanishiga hamda kelgusidagi davomiyligiga ega [23, 71 b.]. Tizim
tushunchasining tahlilini soddalashtirish, tarkibini urganish hamda tizimni mavjud
bo‘lishini o‘rganish maqsadlarida u o‘z ichiga murakkabdan oddiyni topishni oladi.
Jismoniy va abstrakt (tadqiqotchining fikr- muloxazalari, rejalar, gipotezalar va
tushunchalar) ga bo‘linishidan tashqari tizimlar tabiiy hamda inson tomonidan
yaratilgan turlarga, tashqi muhit bilan bog‘liq darajasi bo‘yicha–ochiq (atrof muhit
bilan moddiy–axborotli resurslar yoki energiya almashinish) hamda yopiq (nisbatan
yirik bo‘lmagan almashinuv) turlarga bo‘linadi [23, 72 b.].
Bizni o‘rab turgan dunyo miqyosida tizimlarning beqarorligi hamda
o‘zgaruvchanligi (o‘zgarmas, kam o‘zgaruvchan va kuchli o‘zgaruvchan) bosh rolni
o‘ynaydi. Barqarorlik holati iqtisodiy–ijtimoiy tizimlar uchun nisbatan qisqa vaqt
muddatlarda kuzatiladi. Kuchsiz barqaror tizimlar uchun tashqi muhitning kichkina
o‘zgarishi tizimga yangi sharoitda yangi barqarorlik holatiga Erishishiga imkon
beradi. Kuchli beqaror tizimlar, ya’ni tashqi muhitga o‘ta ta’sirchan tizimlar, uncha
kuchli bo‘lmagan tashqi signallar ta’sirida ham nihoyatda kuchli o‘zgartirishlarga
uchrashi mumkin. Maqsadli belgilari bo‘yicha tizimlar bir maqsadli (yagona
maqsadli- vazifali) va ko‘p maqsadli, funksional tizimlarga bo‘linadilar.Ijtimoiy
iqtisodiy tizimlarning yorqin o‘ziga xos xususiyati – bu unda inson ishtirokidir.
Mamlakat iqtisodiyoti muammolarini o‘rganishga tizimli yondoshishda alohida
tashkilotlar yakuniy maqsadga erishish uchun boshqarishning bir qator barqaror
ierarxik darajalarini tashkil etuvchi funksional hamda tarkibli alohida – alohida
kichik tizimlardan tashkil topgan tizimlar sifatida qaraladi. Vertikal hamda gorizontal
aloqalarning mavjudligi ierarxik tashkil etish natijasi hisoblanadi. Vertikal aloqalar
tashkil etishning turli darajadagi, gorizontal esa bitta darajadagi kichik tizimlarning
o‘zaro ta’sirini ko‘zda tutadi. Tizimning ierarxik tashkil etish tamoyili turli darajadagi
kichik tizimlarni nisbatan alohidaligi tushunchasi bilan bog‘liqdir. Kichik
tizimlarning nisbatan alohidaligi – bu shunday kichik tizimlarni ierarxik qatorning
yuqori va past turgan kichik tizimlariga nisbatan bir muncha mustaqillikka (avtonom
holga) egaligini, ularni o‘zaro ta’siri esa kirish va chiqish bo‘yicha amalga
oshirilishini bildiradi. YUqori turgan tizimlar pastda turgan tizimning kirishiga signal
13
berish yo‘li bilan ta’sir etadilar hamda chiqish bo‘yicha ular holatini kuzatadilar, o‘z
navbatida, pastda turgan kichik tizimlar ular signaliga etibor berganlari holda yuqori
turgan tizimlarga ta’sir ko‘rsatadilar.
Ilmiy–texnik rivojlanish boshqarish sohasidagi tadqiqotlarning yangi obyektini
vujudga keltirdi. U “yirik tizimlar” (KT) nomini oldi. Uning muhim tavsiflari
quyidagilar hisoblanadi [23, 74 b]:
-tizimni maqsadli yo‘naltirilganligi va boshqarilishi, barcha tizimda undan ancha
yuqori darajalarda beriladigan va to‘g‘rilanadigan maqsad va mohiyatlarning
mavjudligi;
-markazlashgan boshqarishni uni avtonom qismlari bilan birlashishini ko‘zda
tutadigan tizimni tashkil etadigan murakkab ierarxik tarkib;
-tizimni yirik o‘lchami, ya’ni yirik miqdordaligi qismlar va elementlar, kirish va
chiqishlar, rang–barang bajariladigan funksiyalar va boshq;
-holatning yaxlitligi va murakkabligi. Teskari aloqani qo‘shgan o‘zgaruvchilar
o‘rtasidagi murakkab bog‘lanib ketgan o‘zaro munosabatlarning bittasini uzgarishi
boshqa ko‘p sonli o‘zgaruvchilarni o‘zgarishiga olib keladi.
Yirik tizimlarga odatda yirik ishlab-chiqarish-iqtisodiy tizimlar, shaharlar,
qurilish va ilmiy-tadqiqot majmualari va boshqalar kiradi. Ko‘pgina iqtisodiy va
boshqaruv masalalari aynan shunday xarakterga ega, qachonki yirik tizimlar bilan ish
olib borayotganligimizni hech ikkilanmasdan oldindan aytish mumkin. Muammolarni
tizimli tahlil qilishda maxsus usullar ko‘zda tutiladi. Ular yordamida tadqiqotchi
qarab chiqishi qiyin bo‘lgan yirik tizimlarni bir qator kichik o‘zaro bog‘liq tizimlarga
ajratish mumkin bo‘ladi. Demak, yirik tizim deganda odatda kichik tizimlarsiz tadqiq
qilib bo‘lmaydigan tizim tushuniladi.
Yirik tizimlar bilan bir qatorda iqtisodiyotni boshqarish masalalarida murakkab
tizimlar (MT) ham ajratiladi. Ular ko‘p maqsadli, ko‘p qirrali masalalarni echishda
tuziladi. Boshqarish tizimini loyihalash va tahlil qilish uchun murakkab tizim
konsepsiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishda quyidagi omillarni hisoblash talablari
bajariladi:
-murakkab maqsad mavjudligi, turli maqsadlarni parallel mavjud bo‘lishi yoki
maqsadlarni birin-ketin almashishi;
-bitta tizimda bir vaqtning o‘zida turli tarkibni mavjud bo‘lishi (masalan,
texnologik, ma’muriy, funksional va boshq.);
-bitta tilda tizimni izohlash mumkin bo‘lmasligi, uni alohida kichik tizimlarini
loyihalash va tahlil qilish uchun turli tillardan foydalanish zaruriyati, masalan,
mahsulot tayyorlashning texnologik sxemasi, huquq va majburiyatlartaqsimotini
belgilovchi me’yoriy–huquqiy hujjatlar, hujjatlar aylanish sxemasi va majlislar
dasturi, reja loyihasini ishlab chiqishda xizmatlar va bo‘limlarning o‘zaro
aloqalarning tartibi.
14
Yirik murakkab tizim (YMT)larni o‘rganish faqatgina zaruriy tartibda tashkil
etilgan tadqiqot tizimi yordamida amalga oshirilishi mumkin. Iqtisodiy tizim (IT)larni
har tomonlama o‘rganish hamda uni boshqarishni bilish uchun o‘zining murakkabligi
bo‘yicha iqtisodiy tizim (IT)ga teng keladigan tadqiqot tizimini yaratish zarur;
boshqarishning oddiy tizimi yordamida yirik tizim (KT)ni samarali boshqarish
mumkin emas, u murakkab boshqaruv mexanizimini talab qiladi. Hal qilinadigan
masalalar murakkabligining oshishi bilan ushbu masalalarni hal qilishni boshqarish
tizimining imkoniyatlari oshishi zarur. Yirik tashkilotlar murakkab, ko‘p tomonli
rejalarni talab qiladi.
Tizimni boshqarishning prinsipial tushunchalaridan biri–bu teskari aloqa
tushunchasidir. Teskari aloqa–bu tizimning to‘g‘ridanto‘g‘ri o‘zi bilan, yoki uning
boshqa elementlari orqali amalga oshiriladigan kirish va chiqishlar o‘rtasidagi
bog‘liqlikdir. Odatda ijobiy va salbiy teskari aloqalar ajratiladi. Teskari aloqaning
asosiy vazifalari quyidagilar [23,77 b.]:
-belgilangan chegaradan chiqqan taqdirda tizimning o‘zi qilayotgan harakatga
teskari ta’sir (sifatni pasayishi va hok.);
-o‘rnini qoplash hamda tizimni barqaror holatini ushlab turish;
-tizimni barqaror holatdan chiqarishga xarakat qiladigan tashqi va ichki
yo‘qotishlardan sintezlash, ushbu yuqotishlarni bir yoki bir necha boshqariladigan
qiymatlarga keltirish;
-yomon formallashuv qonuni bo‘yicha boshqaruv obyektiga boshqariluv ta’sirini
ishlab chiqish.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardagi teskari aloqaning
buzilishi og‘ir oqibatlarga olib keladi.
Murakkab iqtisodiy tizim (MIT) larning xususiyati shundan iboratki, ular
yordamida har doim ham teskari aloqalarni aniq yoritib bo‘lmaydi hamda ular
yordamida boshqariladigan miqdorlar parametrlariga qo‘yiladigan ko‘pgina
chegalarni belgilash mushkuldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |