2 – amaliy ish mavzu: Tarmoqlangan topologiyali tarmoqni qurish va uning ishlashini tekshirish



Download 283,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.06.2022
Hajmi283,05 Kb.
#645612
  1   2   3
Bog'liq
2-amaliy ish




2 – AMALIY ISH 
 
Mavzu: Tarmoqlangan topologiyali tarmoqni qurish va uning
ishlashini tekshirish.
 
Ishning maqsadi: 
1.
Turli qurilmalardan foydalanib tarmoqlangan tarmoqning tuzilishi va 
sozlanishi bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish.
2.
Uning ishlash printsipini o‘rganish.
Mashg’ulotini bajarilish tartibi 
1.
Boshlong‘ich ma’lumotlarni olish. 
2.
Mavzu bо‘yicha nazariy va umumiy ma’lumotlar bilan tanishish. 
3.
Berilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish. 
4.
Xisob ishlarini bajarish. 
5.
Tegishli xulosa chiqarish. 
Kerakli jixozlar 
1.
Kompyuter. 
2.
Cisco Packet Tracer dasturi. 
Umumiy ma’lumotlar 
Protokol – ma’lumotlarni uzatishda funksional bloklarning holatini aniqlovchi 
standartdir. 
Protokol bitta sathda joylashgan funksional bloklarning o‘zaro harakat 
qoidalari to‘plami hisoblanadi. Odatda protokol quyidagilarni tavsiflaydi:

xabarlar sintaksisi, ma’lumotlarni jo‘natishda ularni identifikatsiyalovchi 
mavjud usuli. Masalan, ma’lumotlar elementi va yuborilishi kerak bo‘lgan manzilni 
aks ettiruvchi tartib; 

uzatiluvchi axborot interpritatsiyasini ta'minlash imkonini beruvchi 
ma'lumotlar elementining nomi;




boshqarish va holat operatsiyalari.
Ma’lumotlarni uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlash fazalarining dinamik 
moslashuviga keladi. Tarmoqda rad etishlarning paydo bo‘lishi xodisalari uchun bu 
holatdan chiqish tartibi ko‘rilgan.
Ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa bazaviy etalon modeli. Ochiq tizimlarning 
o‘zaro aloqa (OTO‘A) sohasining 7 ta sathini aniqlaydi. Unga mos ravishda 
protokollarning 7 ta guruhi kiritiladi. Ular sathlar kabi nomlanadi. Protokollar bir-
birining ustida joylashib shtabelni hosil qiladi. Tizimga qo‘yilayotgan vazifadan 
kelib chiqib, uning shtabeli tarkibi hamma sathlarni yoki ularning ayrimlarini o‘z 
ichiga olishi mumkin. Shunday qilib, abonent tizimi 7 sathdan iborat bo‘lgan shtabel 
bilan, aniqlanadi, kommutatsiyalash maqsadi uchun retranslyatsion tizimi esa 
ko‘pincha ikki-uch sathdan iborat shtabelga ega bo‘ladi. 
Tarmoqning har bir sathida bir yoki bir nechta bir-biridan mustaqil bo‘lgan 
protokollar ishlashi mumkin. N-sathning har bir protokoli tarmoqning turli 
tizimlarida joylashgan shu sathdagi ob'yektlarning o‘zaro ishlashini ta'minlaydi.
Istalgan protokol boshqa protokollarning mavjudligini bilmaydi. Lekin, u 
pastki qo‘shni sathda joylashgan protokoldan servis (xizmat) oladi. Servisga kirish 
nuqtasi orqali o‘zaro ta'sirning abstrakt tavsifi 
primitiv
deb nomlanadi. Bazaviy 
etalon modelda primitivning 4 ta toifasi aniqlangan: so‘rov, belgi, javob va 
tasdiqlash.
Axborot tarmog‘ida ularning ilova nuqtalari bilan aniqlanuvchi 
protokollarning 2 tipi ajratiladi (2.1-rasm). 
2.1-rasm. Protokollar tiplari 



P-tipidagi protokollar abonent tizim obyektlarining bevosita o‘zaro ta’sirini 
yoki mos sath administrativ tizimlarini ta’minlab beradi. K-tipidagi protokollarga 
kelsak, ular qo‘shaloq juft tizimlarni o‘zaro ta’sirini tavsiflaydi. Bu protokollar 
kommunikatsion tizim xarakteristikalarini tavsiflaydi.
Tarmoqning oxirgi uchta sinflari ma’lumotlarni marshrutlashtirish tarmog‘ini 
hosil qiladi. Etib o‘tilganlarga mos ravishda, masalan, paket kommutatsiyasi 
tarmog‘ida 1-3 sath protokollari K-tipga (2.2-rasim), 4-7 stah protokollari esa P-
tipga tegishli. Bu yerda retranslyatsion tizim sifatida paketlarning uch sathli 
kommutatsiyasi ishtirok etadi.
2.2-rasm. Paketlar kommutatsiyasining tarmoq protokollari 
Protokol qurilmalar yoki dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Ikkala 
holatda ham protokollarni amalga oshirish haqida gapiriladi. Tabiiyki,turli ishlab 
chiqaruvchilar va dasturchilar ayni bitta protokolning turlicha amalga oshiriluvchi 
protokollarini ishlab chiqishmoqda. Shu sababli korrekt qulaylik muammmosi 
vujudga keladi – bu standart tilni dastur tilida aks etishidir. Ishni amalga oshirishni 
to‘g‘riligini aniqlash uchun protokolga mosligi tekshiriladi. Tekshirish qurilma yoki 
dasturni ishlab chiqishda ishtirok etmagan mustaqil tashkilot toomnidan o‘tkazilishi 
kerak.



Mazkur protokol berilgan vazifalarni bajarayotganini kafolatlash uchun, u 
verifikatsiya va sertifikatsiyadan o‘tkaziladi. 
Modelning har bir sathi alohida funksiyalarni bajaradi: 

Download 283,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish