2 – amaliy ish mavzu: Tarmoqlangan topologiyali tarmoqni qurish va uning ishlashini tekshirish



Download 283,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.06.2022
Hajmi283,05 Kb.
#645612
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy ish

Fizik sath (Physical layer)
– fizik zatish kanallari orqali bitlarni uzatish bilan 
ish ko‘radi, masalan, koaksial kabel, vital, para (o‘ralgan juftlik), optik tolali kabel 
yoki raqamli hududiy kanal kabi. Bu sathga (o‘tkazish polosasi, halaqitlardan 
himoyalanganligi to‘lqin qarshiligi va boshqa shu kabi) ma’lumot uzatish 
muhitining fizik xarakteristikalari kiradi. 
Shu sathda diskret sathlarni uzatuvchi elektr signal xarakteristikalari 
aniqlanadi, masalan, impuls frontlarining aylanishi, uzatilayotgan signal kuchlanishi 
yoki tokining darajasi, kodlanish tipi, signal uzatish tezligi. Bundan tashqari bu 
yerda raz'yomlar tipi va har bir kontakt (ulanish)ning vazifasi standartlashtiriladi.
Fizik sath funksiyalari (vazifalari) tarmoqqa ulangan barcha qurilmalarda 
amalga oshiriladi. Kompyuter tomonidan fizik sath funksiyalari (vazifalari)ni 
tarmoq moslashtirgich (adapter) yoki ketma-ket port tomonidan amalga oshiriladi. 
Fizik sath protokoliga misol sifatida Ethernet texnologiyasining 10 Base-T 
spetsifikatsiyasini keltirish mumkin. U kabel sifatida to‘lqin qarshiligi 100 Om, RS-
45 raz'yomi, fizik segmentining maksimal uzunligi 100 m bo‘lgan 2 kategoriya 
(toifa)li ekranlashtirilmagan vitaya para (o‘ralgan juftlik)ni ishlatadi. 
Asosan aynan mana shu sath tarmoqning bir tomonidan jo‘natilgan bit boshqa 
tomonda qabul qilib olinishiga kafolat beradi.
Kanal sath (Data link layer)
– fizik sathda shunchaki bitlar jo‘natiladi. Bunda 
o‘zaro ma’lumot almashinuvchi bir nechta juft kompyuterlar aloqa liniyalarini 
almashib foydalanadigan ba'zi tarmoqlarda fizik uzatish muhiti band bo‘lishi 
mumkin ekanligi hisobga olinmaydi. Shu sababli kanal sathining vazifalaridan biri 
uzatish muhitiga chiqish mumkinligini tekshirish hisoblanadi. Kanal satxining yana 
bir vazifasi xatolarni topish va korrektlash mexanizmini amalga oshirishdir.
Buning uchun kanal sathda bitlar kadrlar (frames) deb ataluvchi to‘plamlarga 
guruhlanadi. Kanal sathi har bir kadrning boshi va oxiriga maxsus ketmag‘ket bitni 
joylashtirish orqali har bir kadrning to‘g‘ri (korrekt) uzatilishini ta’minlaydi, 



shuningdek kadrning hamma baytlarini ma'lum usul bilan qayta ishlash va kadrga 
nazorat summasini qo‘shish orqali nazorat summasini aniqlaydi. Tarmoq bo‘ylab 
kadr kelganida, qabul qilib olgan olingan ma’lumotlarning nazorat summasini qayta 
hisoblaydi va natijani kadrdagi nazorat summasi bilan solishtiradi. Agar ular mos 
kelsa, kadr to‘g‘ri hisoblanadi va qabul qilinadi. Agarda nazorat summalari mos 
kelmasa, u holda xatolik qayd etiladi. Kanal sathi nafaqat xatolarni topa oladi, balki 
shikastlangan kadrlarni qayta jo‘natish hisobiga ularni to‘g‘irlaydi. Shuni ta’kidlab 
o‘tish kerakki, xatolarni to‘g‘irlash funksiyasi kanal sathi uchun zaruriy 
hisoblanmaydi, shu sababli bu sathning ayrim protokollarida u bo‘lmaydi, masalan, 
Ethernet va Frame relay da. 
Lokal tarmoqlarda ishlaydigan kanal sathi protokollarida kompyuterlar 
orasida va ularni adresatsiyalash usullarida ma’lum bir aloqa strukturasi qo‘yilgan. 
Kanal sath lokal tarmoqning ikki tuguni orasida kadrni yetkazib berishni 
ta'minlasada, u buni faqat aynan qaysi topologiya uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa 
aloqaning aniq topologiyali tarmog‘ida qiladi. Lokal tarmoqlarning kanal sath 
protokollarini qo‘llovchi bunday namunaviy topologiyalarga umumiy shina, xalqa 
va yulduz, hamda ko‘prik va komutatorlar yordamida olingan strukturalari kiradi. 
Kanal sathi protokollariga misol bo‘lib: Ethernet, Token Ring, FDD, 100VG-Any 
LAN protokollari kiradi.
Lokal tarmoqlarda kanal sath protokollari kompyuter, ko‘prik kommutator va 
marshrutizatorlarda ishlatiladi. Kompyuterlarga kanal sath funksiyalari tarmoq 
adapter (moslashtirgich) lari va ularning drayverlari yordamida amalga oshiriladi. 
Kamdan-kam doimiy topologiyaga ega bo‘lgan global tarmoqlarda kanal sathi 
ko‘pincha individual aloqa liniyalari bilan bog‘langan ikki qo‘shni kompyuter 
orasida xabar almashinuvini ta'minlaydi. “Nuqta-nuqta” protokollariga misol bo‘lib 
PPP va LAP-B keng tarqalgan protokollar xizmat qilishi mumkin. Bunday hollarda 
ikki chekki tugun orasida habarlarni butun tarmoq bo‘ylab yetkazib berish uchun 
tarmoq sathi vositalaridan foydalaniladi. Aynan shunday X25 tarmoqlari tashkil 
topgan. Ba’zan global tarmoqlarda kanal sath funksiyalarini ajratish qiyin, sababi 
bitta protokolning o‘zida ular tarmoq sathi funksiyalari bilan birlashadi. Bunday 



yondashuvga misol bo‘lib ATM va frame relay texnologiya protokollari xizmat 
qilishi mumkin.
Umumiy holda kanal sathi tarmoq tugunlari orasida xabarlarni jo‘natish 
(uzatish) bo‘yicha ancha quvvatli va tugallangan funksyailar to‘plamini o‘zida aks 
etadi. Ba’zi hollarda kanal sathi protokollari yetarlicha transport vositasi bo‘la oladi 
va tarmoq hamda transport sath vositalarini jalb qilmasdan amaliy sath protokollari 
yoki ilovalardan bevosita ular ustida ish olib borish imkonini beradi. Masalan, garchi 
standartga ko‘ra IP tarmoq protokoli va UDP transport protokoli ustida boshqarish 
protokoli ishlamasa ham, Ethernet ustidan bevosita SNMP tarmoqni bu protokolni 
amalga oshirish mavjud. Tabiiyki, buni amalga oshirish chegaralangan bo‘ladi - u 
turli texnologiyani tarmoqlarning tarkibi uchun mos kelmaydi, masalan, Ethernet va 
X25 va xatto barcha segmantlarida Ethernet qo‘llaniluvchi tarmoqlarga ham, biroq 
segmentlar orasida zanjirsimon aloqa mavjud. Ko‘prik bilan qo‘shilgan ikki 
segmentli Ethernet tarmoqlarida esa SNMP ni kanal sathida amalga oshirsak 
yetarlicha ishlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. 

Download 283,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish