Turkologiyada fonetika va fonologiyaga
oid dastlabki qarashlar arab filologiyasi va arab tilshunosligi ta'sirida
yuzaga kelgan deyish mumkin.
Ma'lumki , arab tilshunosligining shakllanishi va rivojlani-shida Markaziy Osiyolik
xalqlar vakillarining ulkan
hissasi bor: Abu Nasr Forobiy ( 873 - 950 ) , Abu Ali ibn Sino ( 980 - 1037 ) , Abu Rayhon Beruniy ( 973 - 1048 ) ,
Mahmud Koshg'ariy ( XI asr ) , Mahmud az-Zamaxshariy ( 1075 - 144 ) kabi olimlarning ilmiy faoliyati buning isbotidir
. Masalan , Abu Nasr Forobiyning " Beadad ziddiyatlar bir-birlarini almashtirib turadilar " ,
- degan fikri hozirgi
fonologiyaning poydevori bo'lgan oppozitsiyalar sistemasi haqidagi nazariyaga asos bo'lganligi shubhasizdir ; Abu Ali
ibn Sinoning " Asbobi xudud va xuruf " asarida tovushlarning fiziologik va akustik xususiyatlari o'rganiladi , ularning
(tovushlarning) o'xshash va farqli belgilari ochiladi ( k - g , + - g' , kabi ) , hozirgi fonologiyada
korrelyasiya deb
nomlanuvchi hodisaning ( bir farqlanuvchi belgi asosida oppoziyasiyalarning siste-maga uyushishining ) kashf etilishi ham
ibn Sinoga mansubdir ; Abu Rayhon Beruniyning " Saydana " asarida arab yozuvida noqisliklar bor ekanligi aytiladi ,
uni bartaraf qilish maqsadida arab alifbosiga ( forslardan foydalangan holda ) p , ch , j , g tovushlari uchun maxsus
harflar kiritiladi . Uning fors tilidagi b - v fonemalari talaffuzidagi yaqinlik xususida , bu tovushlarning bir - biri bilan
osongina almashinib kelishi haqida aytgan fikrlari ham fonologiya nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.
Bevosita turkiy tillarning fonetik tizimiga oid dastlabki ma'lumotlar Mahmud Koshg'ariyning " Devonu lug'otit turk
" asarida berilgan . Unda " Turkcha so'zlarning tuzilishida qo'llana-digan harflar haqida " nomli maxsus bo'lim
mavjud bo'lib , bu bo'limda turkiy tillarda qo'llanadigan tovushlarning miqdori va ma'no farqlash xususiyatlari ,
qo'llanish o'rinlari ,
yozuvda ifodala-nishi , arab harflari bilan turkiy til tovushlari o'rtasidagi munosabatlar xususida
qimmatli ma'lumotlar beriladi . Unda shunday deyiladi : " Turkiy tillarda qo'llanadigan asosiy harflar soni 18 ta . Turkcha
yozuvda shular qo'llaniladi
Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, "Devon"da tillarning
fonetik-fonologik tizimlari , ulardagi fonetik
hodisalar haqida ancha izchil va mukammal ma'lumot berilgan . Bu ma'lumotlar turkologiya fanining keyingi taraqqiyoti
uchun muhim manba bo'lib xizmat qilib kelmoqda .
Turkiy tillar , xususan , qipchoq tili fonetikasiga oid ma'lumotlar muallifi noma'lum bo'lgan
asar -
"Attuhfatuz zakiyatu fillug'atit turkiya” ( " Turkiy til haqida noyob tuhfa " ) da ham uchraydi .
Bu asar XІІІ - XІV asrlarda O'rta Osiyoda mo'g'ullar hukmronligi hukm surib turgan bir paytda
yuzaga kelgan . Uning yuzaga kelishi o'sha yillarda turkiy tillarga qiziqishning ortganligi-dan guvohlik beradi .
Asar arab tilida va arab tilshunosligi an'analari asosida yozilgan bo'lib , o'zbek tiliga filol. fanlari doktori ,
prof. S.M. Mutallibov tomonidan tarjima qilingan va 1968 yilda Toshkent-da nashr qilingan .
Asarda qipchoq tili fonetikasi va grammatikasiga oid quyidagi ma'lumotlar bor: " Qipchoq tilida
qo'llanadigan harflar 23 tadir . Ulardan quyidagi 19 ta harf asosiy harflardir .
23 ta harfdan quyidagi 4 tasi yuqoridagilarning bir o'zgacha takrorlanishi asosida hosil bo'lgan
harflardir :
4 - burun bo'shlig'idan chiqadigan ? - n dir . Buning mahraji tomoq - bo'g'iz yorig'idan
burun boshi
uchigacha boradi .
Asarda tovush tushishi haqida ham ma'lumot berilgan :
d : ichir ( asli ichdir deyiladi ) ;
b : agar ( asli arabcha abgar ekanligi ko'rsatiladi ) ;
r : bila ( asli birla , birlan ) ;
q : sichan ( sichqon ) , tashari ( tashqari ) , bashar ( bashqar ) ;
k : ichari ( ichkari ) ;
ng : aliz ( alingiz ) ;
Shuningdek , bo'g'in tushirilishiga ham misol keltiriladi : alman ( asli almazman )
XIX asrning ikkinchi yarmida rus va Yevropa sharqshu-nosligida turkiy xalqlarning etnogenezi , tarixi , tili
, adabiyoti va san'atini o'rganish ancha faollashadi . Ayni shu davrda turkiy tillar fonetikasiga oid maxsus ish ham
yuzaga keladi . Asr oxirrog'ida Urxun - Yenisey yozma yodgorliklari tilining turkiy ekanligi aniqla-nadi . Bu ixtiro
qadimgi turkiy tilning fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini o'rganish ishlarini ancha jadallashti-radi .
XX asrda qadimgi turkiy ( Vll - Xl asrlar ) , eski turkiy ( XI -Xlll asrlar ) , eski o'zbek ( XIV - XIX asrlar )
tillarining fonetik va grammatik
tizimlarini tadqiq qilishga , shuningdek hozirgi turkiy tillarning fonetik va grammatik
xususiyatlarini qiyoslashga , shu tillarning genealogik tasnifini yaratishga bag'ishlangan qator ishlar yuzaga keladi .
Qadimgi turkiy , eski turkiy va eski o'zbek tillarining fonetik-fonologik tizimlari haqidagi ma'lumotlar
o'zbek tilshunoslari asarlarida ham uchraydi .
Qadimgi turkiy til va eski turkiy tilning fonetik tizimlari o'zbek tilshunosligida ham anchagina yoritilgan .
Ayrim tilshunoslar ishida qadimgi turkiy til unlilari tilning vertikal ( tik ) harakatiga ko'ra uch guruhga
emas , ikki guruhga ajratiladi : 1)
keng unlilar - a , ? , o , ? ; 2) tor unlilar - o` , i , ? , u .
A.N. Kononov fikricha , turkiy run yozma yodgorliklari tilida unlilar miqdor belgisiga ko'ra qisqa va cho'ziq
tovushlarga bo'lingan , qisqa unlilar yozuvda ifodalanmagan , cho'ziq unlilar esa
yozuvda maxsus belgi bilan
ifodalangan .