dala - jala kabi ; t ( portlovchi ) - ch ( qorishiq fonema , affrikata ) - sh ( sirg'aluv- chi ) . Qiyos qiling : to'p - cho'p ;
ot - och - osh kabi ;
2) tovushlar guruhini birgalikda artikulyasiya qilish mumkin bo'lsa va talaffuz davomida asta-sekin susayish
yoki qisqarish ro'y bersa, bunday tovushlar guruhi bir mustaqil fonema sanaladi . Masalan , " dj " dagi birinchi
element ( " d " ) portlash bilan boshlanib , asta-sekin susayadi va sirg'aluvchi " j " ga ko'chadi . Demak , bu
fonemadagi ( affrikatadagi ) har ikki komponent ( element ) birlikda talaffuz qilinadi va shunga ko'ra dj ( ? ) bitta
fonema sanaladi . ( Bu qoida 1- qoidani to'ldiradi ) , qolgan affrikatalar ham shu qoidaga mosdir .
Yuqoridagi ikki qoidani ingliz tilidagi diftonglarga - ei , ou , ai , au , ?i , ?? ... kabi unli fonemalarga ham
tatbiq etsa bo'la-di , chunki ular ham ikki komponentdan tarkib topgan yaxlit fonemalardir ;
3) cho'ziqligi o'sha tildagi boshqa fonemalarning cho'ziqligiga to'g'ri kelgan tovush birikmalari bir fonemaning
vakili sifatida qaralishi mumkin . Odatda , diftonglarning cho'ziqligi o'sha tildagi ( masalan , ingliz tilidagi ) cho'ziq
unli fonemalarning cho'ziqligiga teng keladi ;
4) to'rtinchi qoida yuqoridagi uch qoidani o'z ichiga oladi va o'sha fonemalar uchragan holatda boshqa
fonemalar birikmasi uchramasligini hisobga oladi . Shu qodalar asosida o'zbek tilidagi [ i + y ] , [ o + a ] , [ a + y ] , [
u + y ] , [ o + v ] kabi tovush birikmalarini diftonglar sifatidagi mustaqil fonemalar deb bo'lmaydi , chunki ularning
har ikki elementi ba'zi so'zlarda ikki bo'g'inga ajraladi va artikulyasion jihatdan unli + undosh yoki yarim unli
birikmasi bo'lib , bir artikulyasiyaga ega emas. Ular uchragan holatda boshqa fonemalar birikmalari ham uchraydi .
Shu tufayli bu birikmalarning ba'zi so'zlarda bir bo'g'inda bo'lishini hisobga olib ( masalan , choy , loy , tiymoq ,
suymoq , tarnov kabi ) , ularni " aldamchi diftonglar " , " soxta diftonglar " ( " Lojno`ye diftongi " ) deb qarash
mumkin bo'ladi . Bunday " soxta diftonglar " da birinchi unli element emas , balki ikkinchi element ( undosh yoki
yarim unli - sonor tovush ) bo'g'in hosil qilish vazifani bajaradi ;
5) oddiy fonemalar mustaqil fonemalardir ;
6) birikmali fonemaning ( masalan , diftongning ) biror elementi boshqa fonemaning kombinator variantiga
to'g'ri kelsa , bunday birikma ma'lum fonemaning vakili deb qaralishi mumkin (bu qoida 3-qoidaning ta'rifi ) .
Izoh : 5 - 6-qoidalar avvalgi to'rt qoidaga zid bo'lib , nazariy jihatdan ahamiyatli emas , chunki tovushlar
birikmasidan tarkib topgan mustaqil fonemalarni " oddiy " emas , balki " murakkab " deyish to'g'riroq bo'ladi .
Tovushlar birikmasining bir elementi boshqa fonemaning biror komponentiga to'g'ri kelsa , uni o'sha fonemaning vakili
deyish to'g'ri bo'lmaydi , chunki gap bir element xususida emas , balki har ikki element xususida boryapti .
Masalaga bunday qarash barcha diftonglar mustaqil fonemalar emas , balki boshqa unli fonemaning vakilidir degan
xulosaga olib keladi . Aslida esa unli fonemalar va diftonglar alohida mustaqil fonemalardir , ular birgalikda tilning
vokalizm sistemasini tashkil etadi ;
7) bir tovush yoki tovushlar birikmasi yuqoridagi qoidalarga bo'ysunsa , ular bir-birlariga nisbatan fonemaning
fakul'tativ yoki kombinator variantlari munosabatida bo'lsa , bunda o'sha tovushlar guruhi yoki bir tovush o'sha
fonemalar birikmasining vakili bo'ladi . Bu qoida ham avvalgi qoidalarga ziddir , chunki 1 - 4-qoidalarda N.S.
Trubeskoy mustaqil fonemalarni aniqlashga uringan bo'lsa , endi o'sha qoidalarga bo'ysunuvchi tovushlar guruhi
yoki bir tovushni fonemalar birikmasining vakili sifatida qarashni taklif etmoqda .
Yuqoridagi kamchiliklarga qaramay , N.S. Trubeskoyning mustaqil fonema va fonemalar guruhini aniqlash
bo'yicha qoidalari har xil tillardagi xususiyatlarni aniqlashda katta ahamiyatga egadir .
N.S. Trubeskoy tilning fonologiya va morfologiya bosqichlari o'rtasida morfonologiya bosqichi o'rin olishini va
bu bosqich fonologik vositalarning morfologik jihatdan ishlatilishini tekshirishi zarurligini ta'kidlaydi .
Morfonologiyaning asosiy birligi deb , fonemalarda o'rin almashuvchi " kompleks obraz - morfonema " ni ko'rsatadi .
Masalan , rus tilidagi ruka - ruchka ( k G` ch ) , beregu - berech' ( g G` ch' ) kabi . Bulardagi k G`ch , g G` ch'
almashuvlari morfonemalar sanaladi . O'zbek tilida bunday misollar juda kam uchraydi : sust - susaymoq , o'qi -
o'quv , sez - seskan , ong - angla kabi .
Turkologiyada fonetika va fonologiya
Do'stlaringiz bilan baham: