farqlanadigan eng kichik tovush birligidir . " Bunday qarashda , - deydi R.I. Avanesov ,
- tovush birliklarining bir
tomondan , kuchli pozitsiyadagi funksiyalari , ikkinchi tomondan esa kuchsiz pozitsiyadagi funksiyalari o'rtasidagi
tafovutlar hisobga olinmay qoladi ... Bunday holat mazkur konsepsiyaning jiddiy kamchiligidir , zero , tildagi kichik
tovush birliklarining so'z va morfemalar qobig'ini farqlash funksiyasini izchil o'rganishgina fonologiyani an'anaviy
fonetikadan yuqori bosqichga ko'taradi " .
1955 yilda R.I. Avanesovning
" Voproso` grammaticheskogo stroya " nomli kitobi nashrdan chiqadi . Bu
kitobda " So'z va morfemalar tarkibidagi eng kichik tovush birligi " ( " Kratchayshaya zvukovaya yedinitsa v sostave slova
i morfemo` " ) nomli maqola mavjud bo'lib , unda " Til strukturasida fonetik sistemaning o'rni " , " Fonetika va fonologiya
" , " Eng kichik tuvush birligi tushunchasi " , " Kuchli va kuchsiz fonemalar tushunchasi " , " Fonema qatori tushunchasi " ,
" Fonetik sistemaning til strukturasiga munosabati " kabi masalalar yoritiladi .
Til strukturasida fonetik sistemaning o'rni haqida R.I. Avanesov shunday deydi : L.V. Shcherba fonemaning
so'z ma'nosini farqlash xususiyati uning asosiy belgisi ekanligini aytgan bo'lsa-da ,
biroq bu belgining , ya'ni " so'z
ma'nosini farqlash xususiyati " ning xarakteri hozircha mavhum bo'lib qolmoqda. Chunonchi, fonemaning ma'nosiz birlik
ekanligi barchaga ma'lum . Shunday ekan , u qanday qilib ma'nolarni farqlaydi? Qanday qilib, ma'no bilan assotsiyalanadi
? Demak , bu o'rinda fonemaning so'z yoki formalar ma'nosini emas , balki shu so'z yoki formalarning tovush qobig'ini
farqlash xususiyati haqida gapirish to'g'riroqdir . Fonema so'zning tovush qobig'ini farqlash orqali so'z ma'nosiga ishora
qiladi , fonema bilan ma'no o'rtasidagi aloqa bevosita emas , bilvosita sodir bo'ladi . So'zlardagi ma'no farqlari esa , shu
so'zlarning mustaqil birlik ekanligidan , turli grammatik
kategoriyalarga mansubligidan , turli tushunchalarni
ifodalaganligidan , borliqdagi turli hodisalarni anglatganligidan kelib chiqadi . Ayrim so'zlarda ma'no bilan tovush o'rtasida
bevosita aloqa bordek ko'rinishi mumkin . Masalan , vlez ( " vlez vo chto-nibud' " ) va slez ( " slez s chego-nibud' "
) so'zlarining ma'nolari so'z boshidagi " v " va " s " tovushlari vositasida farqlangani kabi . Ammo bu o'rinda " v " va " s
"lar
faqat fonemalargina emas , balki shu ikki so'z boshida qo'llangan morfemalar ( ma'noli qismlar ) ekanligini
unutmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: