Ishdan maqsad: Sath bo’yicha kvantlashda raqamli rostlash tizimlarini tadqiq qilish, vaqt va sath bo‘yicha kvantlash usullarini qo’llash. Nazariy ma’lumot. Signal
2 – TAJRIBA ISHI
SATH BO’YICHA KVANTLASHNI HISOBGA OLGAN HOLDA RAQAMLI ROSTLASH TIZIMLARINI TADQIQ QILISH
Ishdan maqsad: Sath bo’yicha kvantlashda raqamli rostlash tizimlarini tadqiq qilish, vaqt va sath bo‘yicha kvantlash usullarini qo’llash.
Nazariy ma’lumot. Signal – deb, biror bir fizik jarayonning bir yoki bir nechta parametrlarini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Uzluksiz signal vaqt va sath bo‘yicha diskret signalga aylantirilishi va uning har bir kΔt vaqtdagi oniy qiymati mos ravishda nΔu sath qiymatlari bilan almashtirilishi, sath qiymatlari raqamlar bilan belgilanishi o‘z navbatida raqamlar tegishli kodlar kombinatsiyasi bilan almashtirilishi asosida xosil bo‘lgan signal raqamli signal deb ataladi.
Vaqt va sath bo‘yicha diskret signallar:
a) vaqt bo‘yicha diskret signal; b) sath bo‘yicha diskret signal Uzluksiz signal Sath va vaqt bo‘yicha diskret signallar Sath bo‘yicha diskret, vaqt bo‘yicha uzluksiz signal Sath bo‘yicha uzluksiz, vaqt bo‘yicha diskret signal Uzluksiz signalning kΔt diskret vaqtdagi oniy qiymatlari o‘rnatilgan sath qiymati-ga teng bo‘lmasa bu oniy qiymat eng yaqin o‘rnatilgan sath qiymati bilan almashtiriladi. Bunda signal oniy qiymatini o‘rnatilgan sath qiymati bilan almashtirishdagi xatolik εx, sathlar oraliq qiymatining yarmidan oshmaydi, ya’ni εx=Δu/2 bo‘ladi. Bu xatolik aloqa kanalida kvantlash shovqini shaklida paydo bo‘ladi. Signalni sath bo‘yicha diskretlash kvantlash deb ataladi.Hozirgi paytda RT larda impuls kodli modulyatsiya juda keng tarqalgan. IKM da signalning vaqt bo’yicha ajratilgan bo’laklari kodli guruhlarga o’zgartiriladi. Ular 1 va 0 lar ketma-ketligidan iborat ikkilik simvollar deyiladi. IKM(impulsli-kodli modulyat-siya)ni amalga oshirish uchun 3ta operatsiya amalga oshiriladi:
Vaqt bo’yicha signallarni diskretizatsiyalash
Olingan impulslarni amplituda bo’yicha kvantlash
Amplituda bo’yicha kvatlangan impulslarni kodlash.
Bundan so’ng, olingan ko’p kanalli signalni sath bo’yicha kvantlash lozim. Bu jarayon sonlarni o’zgartirish protsedurasi bilan bir xil.
Ikkita qo’shni uzatish sathlari orasida farq kvantlash qadami (∆)deyiladi. Agar signalning vaqt bo’yicha ajratilgan bo’lagining amplitudasi ikkita ruxsat etilgan sathlar orasida yarim qadamdan oshsa (∆/2), uning qiymati katta tomonga, agar kvantlash qadamining yarmidan kichik bo’lsa,kichkina tomonga yaxlitlanadi.
Bunday yaxlitlashlar farqlar bilan kuzatiladi . Signalning vaqt bo’yicha ajratilgan bo’lagining haqiqiy qiymati va uning kvantlash qiymati orasidagi farq kvantlash xatoligi yoki kvantlash shovqinlari deyiladi.
Radioaloqa kanali radioaloqa liniyasining qismi deb tushuniladi, bu qismiga radiouzatgich va radioqabulqilgich, uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar, radioto‘lqin tarqalish muhiti qiradi. Uzatuvchi yakunlovchi qurilma axborotlar manbaidan kelgan habarlarni foydali birlamchi quyi chastotali elektr signallarga o‘zgartiradi, va radiouzatuvchi qurilmaga uzatadi.
Radiouzatuvchi qurilmada radiouzatgich chastota diapazoniga qarab kerakli yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr tokini ishlab chiqaradi va u bilan uzatuvchi antennani oziqlantiradi. Yuqori chastotali tebranishning yuzaga kelishi va uni chastotali diapazonga o‘zgartirish uchun mikrotarh, yoki lampalarda yig‘ilgan ko‘zg‘atuvchi generator xizmat qiladi.