A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


Gominidlar  evolyutsiyasi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Gominidlar 
evolyutsiyasi.
Odamning 
odamsimon 
maymunlardan 
ajratadigan belgi bosh miyya og`irligining 750 gr bo`lishi. Shu og`irlikdagi 
miyyaga ega yosh bola gapira oladi
Odam evolyutsiyasi olimlarning qayd etishicha 3 bosqichdan iborat. Eng 
qadimgi odam arxantroplar (Homo eructus) – bularga pitekantrop, sinantroplar, 
geydel‘berg odamlari misol bo`ladi. Qadimgi odamlar yoki paleoantroplarga - 
Neandertal odam misol bo`ladi. Hozirgi tipdagi odamlar neontroplar (Homo 
sapiens) lardir/ 
Eng qadimgi odamlar
– arxantroplar Homo habilisdan 1 mln. keyin, yer 
yuzida tikka yuruvchi odamlar – Homo eructus paydo bo`lgan. Bularga vakil 
sifatida – pitekantrop, sinantrop odamlarni olish mumkin. Dastlab 1891- yili
Gollandiya olimi E. Dyubua Yava orolida bir tomondan maymunga, ikkinchi 
tomondan odam belgilarini o`zida mujassamlashtirgan suyak qoldiqlarini topgan. 
Britaniya tadqiqotchisi Artur Keyil 1865 - yil anotomik belgilarini taqqoslab odam 


70 
bilan gorillaning 385, shimpanze bilan 369, orangutan bilan 359, gibbon bilan 117 
belgisi o`xshash deydi. Barcha odamsimon maymunlarning dumi yo`q, odamga 
o`xshash. Bosh miyyasi katta, rivojlangan, odam bosh miyyasiga qaraganda hajmi 
ikki marta kam 685 sm
3
, odamda esa 1200-1500 sm
3

Hayvonot olamida odamsimon maymunlarda shartli reflekslar hosil bo‗lishi 
yuqori sanaladi. Ular ko`p narsaga o`rganishi mumkin. Eshikni kalit bilan ochib 
yopishi, yashiklarni bir-birini ustiga qo`yish, shiftga osilgan mevalarni olish, arra, 
randa bilan ishlashga o`rgatish, qalam va cho‘tka bilan rasm solishni o`rgatish, 
pullarni ajrata olish, kerakli narsalarni olish uchun avtomatga pul solishni biladilar 
Pitekantropga (Pitikae – maymun, antrop – ya`ni maymun odam) deb nom 
qo`yilgan. Pitekantroplarning suyak qoldiqlarini izlab, Ejen Dyubadan keyin 1930 
va 1960-yillar davomida tadqiqotlarni qayta davom ettirish natijadasida 
pitekantrop – maymun odamlarning bir qancha suyak qoldiqlari topilgan. Ulardan 
9 tasi kalla suyaklari, qolganlari skeletini boshqa qismlariga tegishlidir. Topilgan 
suyak qoldiqlarining eng qadimgisi Yava pitekantropiga tegishli bo`lib,u 1,9-1,5 
mln. yoshda deb taxmin qilinadi. Homo habilisga nisbatan arxantroplarning bosh 
miyyasi nisbatan yahshi rivojlangan ular miyya hajmi 750 - 900 sm
3
hatto 
Vengriyada topilgan arxanropda 1300 - 1400 sm
3
bo`lgan. Bosh miyani taraqqiy 
qilishi umumiy rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib qolmay bo`yning o`sishiga ham 
olib kelgan. Yava orolida pitekantroplar bo`yi 165 - 170 sm bo`lgan. Lekin 
arxantroplar skeletini maymunlarga hos belgilari ham bo`lgan. Ularning jag`i katta 
bo`lib, iyakni oldinga chiqmaganligi, peshanasining qiya tuzilganligi, miyya yarim 
sharlarining chap bo`lagini o`ng bo`lagiga nisbatan kattaroq bo`lganligi bilan 
harakterlanadi. Bu ularning o`ng qo`lni ko`proq ishlatganligidan dalolat beradi. 
Ko`zlarining ustida yaxlit suyak bo‘rtmasi bo`lgan – qosh suyagidir. Pitekantrop 
biroz engashib yurgan. 


71 
11-rasm. Pitekantrop.
Pitekantroplar tayoq uchini o`tkir qilishni bilganlar, tosh qurollar yasaganlar, 
uchi o`tkir tayoq yordamida o`simlik ildizlarida kovlab olganlar. Eng qadimgi 
odamlar chidamli, ehtiyotkor ovchilar bo`lib, yovvoyi hayvonlarni pana joylarda 
poylaganlar, jamoa bo`lib ular kiyik hatto fillarni ham ovlaganlar. Ular hayvonlar 
davriy migrassiyasini kutib undan foydlanganlar. U ov qilish uchun o`zining 
yashaydigan joyidan uzoqlashib yana o`z joyiga yo`l topishni bilganlar. Ularning 
bosh miyyasi va bo`yin qismini tuzilishiga qarab olimlar ularda tovush organlari 
har-xil, murakkab ovozlarni tovushlarning chiqarilishga imkon bergan deyishadi.
Ular imo - ishoralar, aftlarini har xil qilib mimika va tovushlar orqali bir-
birlari bilan aloqada bo`laganlar. Jamoa bo`lib yashash faqat tovush, imo - ishora 
yuz qiyofasini o`zgartirish bilan bir qator ijtimoiy munosabatlari ham 
rivojlanishiga, erkaklarini ov qilib, ayollar esa ozuqaga boy o`simlik va uning 
organlarini yig`ishga sababchi bo`lgan. 
1927-1937 yillarda Xitoyning Pekin shahri yaqinidan Xitoy pitekantropi – 
eng qadimgi odam sinantropni suyak qoldiqlari topilgan. 
13-rasm. Sinantrop.


72 
Sinantrop tashqi ko`rinishi bilan ko`p jihatdan pitekantroplarga o`xshasa ham, 
lekin miyya hajmini undan biroz katta 850-1220 sm
3
gacha bo‘lganligi bilan farq 
qilgan. Uning ham bosh miyya yarim sharlarini chap bo`lmasi, o`ng bo`lmasiga 
qaraganda bir muncha yaxshi rivojlangan. Sinantrop ham o`ng qo`lini ko`p 
ishlatgani sababli chap miya anchagina rivojlangan. U olovdan foydalanishni va 
saqlashni bilgan. Chunki ular yashagan yerlardan 6-7m qalinlikdagi kul qatlamlari, 
yirik hayvonlarning nayzasimon suyaklari, kalla suyaklari, toshlardan, suyakdan, 
novdalardan yasalgan qurollar topilgan.
1907 – yili Germaniyaning Geydelberg shahri yaqinidan ili pastki jag` 
suyagi topilgan bo`lib, uning iyak do‘mbog‘I bilinmagan bo`lsa ham, tishlari 
hozirgi odamlarning tishlariga o‘xshash bo‘lgan

Olovdan foydalanish yeyiladigan ozuqani tez hazm bo`lishiga sababchi 
bo`lgan. Olovda pishgan go`shtni chaynash ham qulay bo`lgan, bu o`z navbatida 
qadimgi odamlarning tashqi qiyofasi, ya`ni jag` suyaklarining va tishlarning 
kichrayishiga olib kelgan. Oqibatda pastki jag`ning oldinga bo`rtib chiqishi, pastki 
jag`larni ushlab turuvchi muskullarini rivojlanishi bir muncha rivoj topmagan va 
bu eng qadimgi odamlarning yuz qismi hozirgi odamlarnikiga nisbatan o`xshash 
bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Olov faqat ovqat bir necha marotaba tez hazm qilishiga 
sababchi bo`lishidan tashqari, eng qadimgi odamlarni sovuqdan va yovvoyi 
hayvonlar hujumidan ishonchli himoya qilgan va qadimgi odamlarni iqlim 
omilidan mustaqil bo`lishiga, sovuq joylarda ham yashashga imkon bergan. 
Gulxan atrofida odamlar qurollar yasash, uxlash, bir – birlari bilan aloqada 
bo‘lishga imkon bergan va ularni yanada bir – biri jipislashtirgan. Odam olovdan 
foydalanishni o‘rgangan bo‘lsada hali eng qadimgi odamlar olovni qanday yo‘l 
bilan hosil qilishni bilmaganlar. Ularni yashagan joylarida qattiq kremniy toshlari, 
toshko‘mir, oltingugurt, margimush va boshqa moddalar bilan birikkan bir qancha 
minerallar topilgan. 
Eng qadimgi odamlar evolutsiyasida hali tabiiy tanlanish o‘z tasirini saqlab 
qolgan, odamlarga ko‘p belgilarni xususan bosh miyani, tik turish bilan bo‘liq 
xususiyatlarga o‘z tasirini ko‘rsatgan. Lekin shu bilan bir qatorda ijtimoiy omillar 


73 
ham tasir odam evolutsiyasiga ta‘sir ko‘rsatadi. Jamao bo‘lib yashashga extiyoj 
bolalarni boqish va tarbiyalash imkonini beradi.
Odamning dastlabki vatani Janubiy Sharqiy Afrika sanaladi. Bunday 
xulosaga kelishga asosiy sabab avstalopiteklarning, homo habilisning suyak 
qoldiqlari va eng qadimgi odamlar yasagan qurollari Afrikada topilgan. Odamga 
yaqin antrapoidlar shimpanze va gorilla ham Afrikada yashaydi, shunga binoan 
Afrikani odamning dastlabki vatani deb hisoblash mumkin. Osiyo va Yevropada 
primatlar evolyutsiyasiga bog‘liq to`liq qazilma holdagi primatlar va qadimgi 
odamlarning suyak qoldiqlari topilmagan. Shunga binoan janubiy sharqiy Osiyo 
shimoliy Afrika odamning dastlabki vatani hisoblanadi. 
Shimoliy Afrika Janubiy Osiyo odamning dastlabki vatani ekanligini 
isbotlovchi dalillar ko‘p bo`lib driopitek, ramapitek maymunlarning suyak 
qojdiqlari Hindiston va Pokistonda, odamsimon maymunlar va avstralopiteklarning 
suyak qoldiqlari hamda pitekantrop, sinantroplarning suyak qoldiqlarini Yava 
orolidan, Xitoydan topilishi ashyoviy dalil sanaladi. Antropologlar tomonidan eng 
qadimgi odamlarning vatani Afrikaning keng xududi hamda Janubiy Sharqiy 
Osiyoning joylari deb etirof etiladi. 
Keyingi yillarda Arxantroplarning suyak qoldiqlari Kerano (1982) va 
Keniyadan ham topilgan. Ular yerning 2 – 1.6 mln yoshli qatlamlaridan topilgan. 
Arxantroplarning suyak qoldiqlari va qurollari Janubiy Sharqiy Afrika va Sharqiy 
Osiyo hamda Markaziy Yevropadan topilgan. Bu hududlardan ularning suyak 
qoldiqlari va qurollarini topilishi xilma xil tabiiy iqlim sharoitiga moslashib 
yashaganliklaridan dalolat beradi. 
O‘zbekiston xududida eng qadimgi odamlar 700-500 ming yillar oldin 
yashagan. Olimlarning fikriga ko‘ra bular sinantroplarning yaqin qarindoshlari 
bo‘lgan. O‘zbekistonda eng qadimgi tosh qurollar Farg‘ona vodiysidagi seling‘ur 
manzilgoxidan, Toshkent voxasining Ko‘lbuloq mavzesidan (Angerenga yaqin 
joy) topilgan. Bu tosh qurollar qo‘pol daryo toshlari bo‘lib bir tomoni 
o‘tkirlashtirilgan. Bunday toshlarni arxeologlar chopqir deb ataydilar. Qadimgi 
odamlar – paleantroplar Neandertallarning dastlabki bosh suyagi 1948 y 


74 
Gibraltarda topilgan bo‘lsada unga yetarlicha ahamiyat berilmagan. 1856 yili esa 
Germaniyaning Dyusseldorf yaqinida uning yaxlit skelet suyagi topilgan

Avvalo 
qadimgi odamlar odamni ajdodi ekanligi tan olinmagan. Lekin keyinchalik bunday 
suyaklar Yevropaning ko‘p qismida Afrikada Aljirdan Keniyagagha, oldingi va 
markaziy Osiyo hamda Xitoydan topildi. Ular bundan 150 ming yil ilgari muzlik 
davrida yashagan. Neandertallarni tashqi qiyofasi bir xil bo‘lmagan. Ularda 
turg‘un belgilar bilan birga rivojlanayotgan belgilari bo‘lgan. Hozirgi paytda bir-
biridan bir qancha farq qiladigan neandertallarning bir necha guruhi e‘tirof etiladi. 
Neandertallarni ko‘pchiligini bo‘yi 135-158sm tanasi biroz engashgan bo‘lgan. 
Peshonasi qiya, qosh usti suyaklari kuchli rivojlangan pastki jag‘I iyak do‘mbog‘I 
yoki iyak suyagi sust rinojlangan do‘mboqchalidir. Miyaning hajmi taxminan 
1400sm va undan ortiqroq bo‘lsada, ammo pushtalari kamroq. Umurtqa pog‘onasi 
bel sohasidagi bukilma hozirgi odamlarnikidan kamroq. Tana muskullari yaxshi 
rivojlangan. Neandertallarning evolutsiyasi ikki yo‘nalishda bo‘lgan. Birinchi 
yonalish nendertallarning kuchli jismoniy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib ularning 
peshonasi qiya gardani, ensasi, bo‘yni past, qosh yoylari tekis iyak do‘mboqchasi 
ilinear bilinmas, tishlari yirik gavda uzunligi 155-165 sm bo‘lib tana muskullari 
kuchli rivojlangan. Bosh miyasi 1500g bo‘lgan.
14-rasm. Neandertal. 


75 
Neandertallarning ikkinchi yo‘nalishida peshonasi kamroq qiya bo‘lgan, qosh 
yoylari birmuncha rivoj topgan. Jag‘lari kichik iyagi bir muncha oldinga chiqqan. 
Umuman jismonan qaraganda ular birinchi yo‘nalishdagi neandertallarga 
qaraganda kuchliroq bo‘lgan. Bularing o‘rnida ularda bosh miyasi yarim sharlari 
ko‘proq rivoj topgan. Bu yo‘nalishdagi neandertallar jismonan kuchli bo‘lishi 
xisobiga emas balki jamoa ichidagi aloqasini kuchaytirish (ov, dushmanlardan 
ximoyalanish, noqulay sharoitdan saqlanish) kuchlarni birlashtirishi xisobiga 
yanada rivojlangan. Neandertallar muzlik davrida yashaganligi sababli ustiga teri 
yopinib yurishgan. Ular olovni saqlashni va olov hosil qilishni bilihsgan, ozuqa 
sifatida hayvon va o‘simliklardan foydalanishgan. Kannibalizim bilan ham 
shug‘ullanishgan. Neandertallar tosh suyak qurollar yasashgan. Chamasi yog‘och 
qurollar ham bo‘lgan. 
Bosh skeleti va yuz suyaklarining qoldiqlariga qarab neandertallar o‘zaro 
muomila qilganda imo - ishoralar aniq ma‘no bermaydigan tovushlardan, dastlabki 
ma‘noli nutqdan foydsalanishgan. Ular 50-100 tadan iborat bo‘lib yashashgan. 
Klassik neandertallar bundan 60 - 50 ming yil muqaddam yashagan. Olimlarning 
bir guruxi ilgari surgan farazlariga muvofiq, klassik neandertallar hozirgi 
odamlarning ajdodi bo‘lgan yon tarmoq hisoblanadi. 
15-rasm. Neandertallarning hayot tarzi. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish